Microsoft Word oyisha ziyouz com doc
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
httpssiyrat.uzstoragebooksojkJTA4CDHKhQpMrhLDZQ5hHHwnijn6cPLdEBW25.pdf
oxiratdagi zavjangdir”, deydi (Termiziy rivoyati). Nabiy alayhissalomning avvalgi
zavjalari Xadicha roziyallohu anho vafot etganidan keyin Alloh taolo bu muborak nikohni muvofiq ko’rdi. Xadicha onamiz hijratdan uch yil burun vafot etgandi. Nabiy alayhissalom ikki yil yoki shunga yaqinroq vaqtdan keyin Oishani olti yoshida nikohlab Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz www.ziyouz.com kutubxonasi 6 oldilar. Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: “Xadicha onamiz qazo qilganidan keyin Xavla binti Hakim Nabiy alayhissalom oldilariga kirib: “Uylanmaysizmi, ey Rasululloh?”, deydi. U zot: “Kimga?”, deb so’raydilar. Xavla binti Hakim aytadiki: “Bokira qizgami, yoki juvongami?” U zot yana so’raydilar: “Bokira qiz kim, juvon kim?” Xavla binti Hakim: “Bokira qiz sizga eng sevimli bo’lgan kishining qizi Oishadir. Juvon esa sizga iymon keltirgan va sizning yo’lingizga ergashgan Savda binti Zam’a”, deydi. Rasuli Akram aytadilar: “Ikkisini ham so’rab ko’r-chi”. U xotin darhol onam Ummu Ruvmonning oldiga borib: “Ey Ruvmon, Alloh sizlarga baraka va xayr ato qilsin”, deydi. Ummu Ruvmon bundan hayron bo’ladi va xushxabarni eshitganidan so’ng: “Biroz kutib tur, erim Abu Bakr kelsin”, deydi. Abu Bakr uyga qaytganida buni bildirishadi. Abu Bakr roziyallohu anhu bu mujdadan biroz taraddudlanib: “Birodar bo’lsak qizim unga munosib bo’larmikin”, deydi. Bu gap Rasul alayhissalomga yetkazilganda: “Men uning birodariman, u ham mening birodarim, qizi menga munosib bo’ladi”, deydilar”. Oisha roziyallohu anho nubuvvat uyiga darhol ko’chib o’tmadi. Nabiy alayhissalom nikohlab olsalar ham u bilan qovushishga shoshilmadilar. Ehtimol hali uning yosh ekani yoki hijratdan oldin Nabiy alayhissalomning boshiga tushgan musibatlar haddan tashqari kuchaygani buning orqaga surilganiga sabab bo’lgandir. Balki hijrat va undan keyin birin-ketin kelgan ulug’ ishlar bu borada biroz sabr qilib turishni taqazo etgandir. Nabiy alayhissalom Madinaga hijrat qilganda Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalom oilasi bilan Makkada qoldi. Rasuli akram Madinada qo’nim topganlaridan keyin olib kelishga bir kishini jo’natdilar. Oisha roziyallohu anho hijrat safarini shunday ta’riflaydi: “Nabiy alayhissalom Madinaga hijrat qilganlarida bizni va qizlarini uyda qoldirdilar. Madinaga borganlaridan keyin olib ketish uchun Zayd ibn Horisa bilan Abu Raf’ini yuboradi. U ikkisiga ikki tuya va Abu Bakrdan olgan besh yuz dirhamni beradi. Ikkovi bu pulga yo’l uchun kerakli ulov sotib olishadi. Abu Bakr Abdulloh ibn Urayqitga ikki yoki uch tuya berib, shu ikkisiga qo’shib jo’natadi. Shuningdek, Makkada turgan o’g’li Abdullohga xat yozib, onam Ummu Ruvmonni, meni va opam Asmoni jo’natishni tayinlaydi. Qudayd degan joyga yetib kelishganda Zayd bu pulga uchta tuya sotib oladi. Shundan so’ng Makkaga yo’l oladilar. Makkadan jo’nash hijrat uchun chiqqan Talxani ham qo’shib oldilar. Hammamiz birga yo’lga tushdik. Zayd va Abu Rof’i Fotima, Ummu Kulsum, Savda, Ummu Ayman va Usoma bilan birga chiqdi. Shahardan uzoqlashganimizda bir yalang joyda men mingdan tuya hurkib qochdi. Kimningdir jilovni tashla degani qulog’imga chalindi. Darhol jilovni qo’yib yubordim. Shunda tuyaning tagida birov turgandek bir joyda aylanib qoldi. Oldinda onam borardi. U meni “Ey qazimo, ey kelino”, deb chaqirgani hamon esimdan chiqqan emas. Shu tarzda Madinada yangi qurilgan masjid oldiga kelib tushdik”. Hijrаtning ikkinchi yili Rаmаzоn оyining 17 - kunidа Bаdr jаngi bo’lib o’tаdi. Bu jаngdа qurаysh mushriklаri shаrmаndаlаrchа yеngildi. Ulаrdаn аyrimlаri qаtl qilindi, bоshqаlаri esа аsir оlindi. Bаdr islоm tаriхidа eng ulug’ sаnаlаrdаn biri bo’lib qоldi. Nаbiy аlаyhissаlоm bu g’аlаbаdаn bеhаd quvоndilаr. Bu хursаndlik vа quvоnchli vоqеа musulmоnlаrning ko’nglini ko’tаrdi. Bаdr kuni o’zidаn kеyin хursаndlik vа sururli kunlаrni birin-kеtin ergаshtirib kеlаvеrdi. Nаbiy аlаyhissаlоm o’shа kunlаrdа eng sеvimli zаvjаsi Оishа rоziyаllоhu аnho bilаn qоvushishni munоsib dеb tоpdilаr. Shundаy qilib Nаbiy Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling