Microsoft Word oyisha ziyouz com doc
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
httpssiyrat.uzstoragebooksojkJTA4CDHKhQpMrhLDZQ5hHHwnijn6cPLdEBW25.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ikki bog’ich egasi”
- Bakrul G’amod
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 tayyorgarlik ko’ra boshladi. Nabiy alayhissalom unga: “Shoshmay turing, albatta menga izn beriladi, deb umid qilaman” dedilar. Otam u zotga izn berilishi va bu yo’lda hamroh bo’lishni intizorlik bilan kutdi. Kelajak mana shu kun uchun ikki tiyasini yem berib boqdi. Bir kuni biz peshin chog’ida uyda o’tirgan edik. Payg’ambar alayhissalom uyimizga nihoyatda bezovta holda keldilar. Ma’lum bo’lishicha, ul zotga hijrat uchun izn berilgan ekan. Otam Nabiy alayhissalomga boqilgan ikki tuyasidan birini tanlab olishlarini taklif etdi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunga rozi bo’lmadilar. Ul zot tuyalardan birini o’zining puliga sotib olishini aytdilar. Biz shoshilinch ravishda tayyorgarlik ko’rdik. Ikkovlari uchun yo’l xaltasiga ozuqa soldik. Onam Asmo o’z kamarini ikkiga bo’lib xaltalarning og’zini bog’ladi. Shu ish tufayli u “ikki bog’ich egasi” degan laqabga sazovor bo’lgan. Shundan keyin ular tunda yo’lga tushdilar va Savr tog’idagi bir g’orda uch kun yashirinib yotishadi. Abdulloh ibn Abu Bakr kechalari xabar olib turadi. Otamning quli Omir ibn Fuhayro qo’ylarni toqqa haydab borib, g’orda o’tirganlarga sut sog’ib berib turgan”. Shunday qilib, bu oilaning har bir a’zosi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hijratlarida o’z hissalarini qo’shdi. Ibn Ishoq keltirgan rivoyatda Asmo aytadiki: “Rasul alayhissalom hijrat qilib chiqqanlarida Abu Bakr ham birga yo’lga otlandi. Shunda Abu Bakr hamma besh ming yoki olti ming dirham boyligini o’zi bilan olib jo’nadi. Buni payqab qolgan bobom Abu Kuhofa roziyallohu anhu oldimizga kirdi. U kishining ko’zlari ko’rmasdi. Bobom aytdiki: “U bor-budini o’zi bilan olib ketib, sizlarni qiynab qo’ydi, deb o’ylayman”. Men bobomning nima demoqchiligini tushundim-da, mayda toshlarni xaltachaga yig’ib, otamning puli turadigan tokchaga qo’ydim. So’ng bobomning qo’lidan ushlab: “Bobojon, bunga qo’lingizni qo’ying”, dedim. U qo’li bilan xaltani paypaslab: “Buni sizlarga qoldirgan bo’lsa, yaxshi qilibdi. Shunisi ham sizlarga yetadi”, dedi. Allohga qasamki, otam bizga hech narsa qoldirmagan edi. Lekin shu tadbir bilan bobomning ko’nglini xotirjam qilgan edim”. Oisha roziyallohu anho risolat davrida tug’ilib voyaga yetdi. U Fotima onamizdan sakkiz yosh kichik bo’lgan. U esini tanigan paytlarini xotirlab: “Ota-onamni faqat musulmon bo’lgani holidan bilaman”, degan. Zarkoshiyning aytishicha, Payg’mbar alayhissalom Oisha onamizdan boshqa otasi ham, onasi ham muhojir bo’lgan ayolga uylanmaganlar. Oisha onamizning afzallik tarafi shundaki, otasi ham, bobosi ham ulug’ sahobiy bo’lishgan. Abu Bakr ibn Haysamaning so’ziga qaraganda, u juda yoshligidan islomni qabul qilgan. Ungacha o’n sakkiz kishi islomni qabul qilgan edi. Oisha roziyallohu anho hijratdan yetti yil ilgari dunyoga kelgan. Oisha onamizning o’zidan keltirilgan rivoyatda ta’kidlanadiki: “Rasul alayhissalom meni olti yoshga to’lganimda nikohlab olganlar va men bilan to’qqiz yoshimda qo’shilganlar” (Buxoriy rivoyati). Bundan ko’rinadiki, Nabiy alayhissalom u bilan Badr g’azotidan keyin hijriy ikkinchi yili shavvol oyida qovushadilar. Oisha roziyallohu anhoning bolalik yillarida kishilarni islomga da’vat qilish juda qiyin kechdi. Musulmonlar turli azob va qiynoqlarga duchor bo’ldilar. Bu davrda hech bir musulmon bundan chetda qolgan emas. Oisha onamiz din yo’lida otasi boshidan kechirgan ba’zi uqubatlarni keyinchalik esalb aytib beradi. Uning aytishicha, otasi Abu Bakr roziyallohu anhu o’sha kunlari Makkadan Habashistonga tomon ketishga majbur bo’ladi. U Bakrul G’amod degan joyga yetganda qabila raisi Ibn Dug’una degan kishini uchratib qoladi. U Abu Bakrning muddaosini Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling