TAMAGIR KAMPIR
Bir kampirning bittagina go‘zal tovug‘i bor edi. Bu tovuq har ikki kunda bir marta tuxum qilardi. Kampir bir kun:
— Tovug‘imning qornida tuxum xazinasi bor bo‘lsa kerak. Har ikki kunda bir tuxum olishdan ko‘ra, uning qornidagi tuxum xazinasida saqlangan hamma tuxumni birato‘lasi ola qolay,— deb darhol tovug‘ini bo‘g‘izladi. Afsuski, tovuq qornida tuxum xazinasi u yoqda tursin, bir dona ham tuxum topolmadi, buning ustiga serdaromad tovug‘idan ham ayrildi.
Xulosa: Inson hech vaqt tamagir bo‘lmasdan, qo‘lida boriga qanoat qilishi kerak. Tamagirlik insonga hech narsa hosil etmaydi, balki har vaqt hosil berib turgan narsasini ham g‘oyib etadi.
Tamagirlik haqida Alisher Navoiy aytadi: Chunki tama bo‘ldi gadolar ishi, Bilki gadodir tama etgan kishi. Ulki etib tarki qanoat shior, Aylab ani ul ta’ma el ichra xor.
Do'stlaringiz bilan baham: |