Microsoft Word o'zimga Qishlоq іo`jаligining rеspublikа ijtimоiy iqtisоdiyotidа tutgаn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1391033
Bog'liq
Eminov Dilshodbek Qishloq Iqtisodiyoti mustaqil ishi



FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI 
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 

“Qishloq xo’jaligi Iqtisodiyoti ” 
FANIDAN 
MUSTAQIL ISHI 
Mavzu: 
« Qishlоq хo`jаligining rеspublikа ijtimоiy iqtisоdiyotidа tutgаn o`rni. » 
Bajardi: 20.116- guruh talabasi Eminov Dilshodbek 
Qabul qildi: O.Tursunov.
Farg’ona - 2023 


Qishlоq хo`jаligining rеspublikа ijtimоiy iqtisоdiyotidа tutgаn o`rni. 
Reja: 
I.Kirish 
1. Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning 
o`ziga 
xos xususiyatlari
2. Qishloq xo`jaligining iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyati 
3. Shirkat xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
4. Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
5. Dehqon xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
II.Xulosa 
III.Foydalanilgan adabiyotlar 
Kirish 
Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq 
bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda 
o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar 
munosabatlar deyiladi. 
Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan 
iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib 
ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, 
o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat 
ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish 
ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, 
uning unumdorligi yaxshi bo’ladi. 
Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini qishloq xo`jaligi tashkil etadi. 
Agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlar aynan qishloq xo`jaligi 
bilan bog`langan. Ularning ayrimlari qishloq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish 
vositalari ishlab chiqarib, yetkazib bersa, boshqalri qishloq xo`jaligida 
yetishtirilgan mahsulotlarni tayyorlaydi, ularni qayta ishlaydi va tayyor 


mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazib beradi. Ko`plab sohalar esa shu 
tarmoqlarning bir me`yorda ishlashi uchun xizmatlar ko`rsatadilar. 
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog`i qishloq 
xo`jaligidir. U, eng avvalo, aholining oziq-ovqatga bo`lgan talabini 
qondirishga xizmat qiladi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi qishloq 
xo`jaligi juda katta yutuqlarga erishdi. Respublika qishloq xo`jaligi oziq –
ovqat mahsulotlarining deyarli asosiy qismini aholimiz uchun yetarli 
muqdorda yetishtiradi. Qishloq xo`jaligi sanoatni xomashyo bilan 
ta`minlaydi. Bugungi kunda mamlakat yengil va to`qimachilik sanoatda 
ishlatilayotgan tolaning 60 foizidan ortiqrog`i o`zimizda ishlab chiqarilgan 
paxta tolasidir. 
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, 
shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq 
ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon 
shakllarida bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq 
sharoitlaridan foydalanish asosida olib boriladi. 
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar 
(traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik 
daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil 
qiladi. Aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi 
hayvonlar, 
yem-xashak
, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati 
bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invertarlar, 
yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat bo’ladi. Kapital doiraviy aylanib 
turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga 
o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi. 
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti 
kunlar bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni 
mavsumliyligi bilan xususiyatlidir. Masalan, kombaynlar, turli ekish 
asboblaridan qisqa vaqtda foydalaniladi. Aholini nisbatan zichligi, qishloq 
xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy 
mulkchilik joriy qilinadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. 
Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning o`ziga 
xos xususiyatlari 
Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo`jaligi o`ziga 
xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq 
xo`jaligini farqlab turadi va ishlab chiqarishni tashkil etishda o`z talablarini 
qo`yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
1. Qishloq xo`jaligi tabiiy omillarning ta`siri katta. Ular ishlab chiqarishning 
mavsumiyligidan kelib chiqaradi. Bu esa, ishlab chiqarishni tashkil etishda 
mavjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni hisobga olishni 


talab etadi. Qish oylarida aholining vaqtinchalik bekor qolishi ayrim ijtimoiy 
muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalalar olimlar, mutaxassis va 
ishbilarmonlar oldiga qator vazifalarni qo`yadi. 
2. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar 
qatnashadi. Bu, o`z navbvatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy 
qonuniyatlarnigina emas, balki bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab 
chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi. Qishloq 
xo`jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko`p jixatdan o`simlik va 
chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bog`liq. 
3. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan foydalanishning 
o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga 
olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi. 
4. Qishloq xo`jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat 
natjasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o`rtasida farq katta. 
Boshqacha qilib aytganda, yil davomida faqat xarajatlar qilinadi. Chunki 
yerni ekishga tayyorlash, urug`lik, o`g`itlar, yoqilg`i-moylash materiallari 
xarid qilish va sarflash, mehnatga haq to`lab borish kabi xarajatlar har oyda 
qilinadi. Ekin turlari hosili esa ma`lum davrlada pishadi. Yetishtirilgan hosil 
sotiladi va undan keyin pul darmodlari kelib tushadi. Albatta, amaliyatda 
shartnomalar asosida qishloq xo`jalik korxonalariga avanslar berish, 
kreditlardan foydalanish yoki ayrim xizmatlarni tashkil etish natijasida 
ma`lum miqdoridagi pul tushumlari bo`lishi mumkin. Lekin, umuman 
olganda, yil davomida xarajat sarflanishi, daromadlarning esa ayrim 
davrlardagina tushishi o`ziga xos obyektiv talablarni keltirib chiqaradi. Agrar 
siyosat bu xususiyatni hisobga olgan holda yuritilish zarur. 
5. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. 
Bu, o`z navbatida, ishlab chiqarishni, aholi punktlarini joylashtirishda 
ma`lum talablarni keltirib chiqaradi, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika 
bazasini shakllantirishda hisobga olishni talab qiladi. 
6. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining bir qismni o`zi 
urug`lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte`mol qiladi. 
7. Qishloq xo`jaligi maxulotlarining ko`p turlarini uzoq saqlash mumkin 
emas. Bu muammo qishloq xo`jaligi mahsulotlarning deyarli bir davrda 
pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu, o`z navbatida, 
yetishtirilgan mahsulotni tayrlovchi, qayta ishlovchi tashkilotlarning bir 
me`yorda 
tinmasdan ishlashini
, bk esa ayrim davrlarda juda katta 
quvvatlarning bo`lishini talab qiladi. Yilning qolgan darvlarida esa bu 
quvvatlarning nisbatan bo`sh qolishi kuzatiladi. Bu xolat qayta ishlash 
tarmoqlarining katta omborxonalari bo`lishini talab etadi. Bunday holat, o`z 
navbatida, mahsulotning tannarxiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 


Bu kabi o`zga xosliklarni, albatta, chuqur o`rganish va doimo hisobga olgan 
holda ishlab chiqarishni tashkil etish qishloq xo`jaligining samarali ishlashini 
ta`minlaydi. Shubhasiz, fan, texnika taraqqiyoti o`sgan borgan sari qishloq 
xo`jaligining bu xususiyatlari ta`siri nisbatan kamayib boradi, lekin butunlay 
yo`q bo`lib ketmaydi. 
Qishloq xo`jaligining iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyati 
Qolgan qismi jun, kanop, pilla va kimyoviy tolalarga to`g`ri keladi. Meva, 
sabzavot va poliz mahsulotlprini qayta ishlovchi sanoat to`liq mahalliy 
xomashyo mahsulotlari evaziga ishlaydi. Sut va go`shtni qayta ishlash sanoati 
ham mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlar hisobiga faoliyat ko`rsatadi. Yog` 
– moy sanoatining xomashyolari asosan o`zimizda yetishtiriladi. Faqatgina 
o`simlik moyining ayrim turlarini xorijdan keltirilgan xomashyo hisobiga 
ishlab chiqariladi. Masalan, mamlakat aholisi iste`mol qilayotgan yog` – 
moylarning sifati, assortimenti boy bo`lishi uchun chetdan soya keltirmoqda. 
Albatta, bu jami yetishtirilayotgan yog`-moyning juda kam qismini tashkil 
etadi. 
Qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yirik 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda qishloq xo`jaligining 
mamlakat iqtisodiyotdagi o`rni judda katta. Mamlakatda ishlab 
chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 26-30 foizi shu tarmoqning ulishiga 
to`g`ri keladi. 2004 yilda mamlakat jami yalpi ichki mahsulotining 26,8 foizi 
shu tarmoqda yaratildi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo`lgan erkin 
harakatdagi qattiq valyuta tushumining yarimidan ko`prog`i shu tarmoq 
mahsulotlarini eksport qilishdan olinadi. Aholining 60 foizidan ortiqrog`i 
qishloq joylarda yashaydi. Halqimizning turmush darajasi, inson 
resurslarining katta bir qismining ish bilan ta`minlanishi qishloq xo`jaligi 
bilan bog`liq. Bugungi kunda iqtisodiyotda band bo`lgan mehnat 
resurslarining 28 foizdan ko`prog`i qishloq va o`rmon xo`jaligida faoliyat 
ko`rsatadi. Shu boisdan ham qishloq xo`jaligiga e`tibor, ayniqsa keyingi 
mustaqillik yillarida, xaqli ravishda katta bo`lmoqda. 


Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari 
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki qishloq xo`jaligi O`zbekiston 
Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog`i hisoblanib, yildan yilga 
uning ulushi kamayib bormoqda. Bu borada shuni ta`kidlash lozimki 2000-
2004 yillarda qishloq xo`jaligida barqaror qsish yuz berdi. Mamlakat 
iqtisodiyotida sanoatning, xizmat ko`rsatish tizimining nisbatan tez rivojlanib 
borishi tufayligina qishloq xo`jaligining ulushi kamaygan. Bu juda ijobiy 
jarayon hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti jadal o`sib borgan sari unda 
qishloq xo`jaligining ulushi kamayib boradi. Natijada rivojlangan 
sanoatlashgan, xizmat ko`rsatish sohalari taraqqiy topgan mamlakatga 
aylanishimiz ta`minlanadi. 
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning 
muvaffaqiyati ko`p jihatdan qishloq ho`jaligining rivojlanish darajasiga 
bog`liq. Chunki qishloq ho`jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham 
iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo`lib, u quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 

mamlakatmizni oziq ovqat fondini shakllantiradi; 

yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini ta`minlaydi; 



qishloq ho`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun hom 
ashyo yetkazib beradi; 

aholini ish joylari bilan ta`minlaydi. 
O`zbekiston Respublikasi qishloq ho`jaligi o`simlikchilik va chorvachilik 
tarmoqlaridan iborat. O`simlikchilik tarmog`ida paxta, donli ekinlar (asosan 
bug`doy), kartoshka, sabzavot, poliz, tamaki, yem-xashak ekinlari, o`simlik 
yog`i beradigan ekinlar (masxar, kungaboqar), bog`dorchiik va 
uzumchilikdan iborat. Chorvachilikda qoramolchilik, qo`y va echkichilik, 
parrandachilik, otchilik (yilqichilik), kuyonchilik, tuyachilik, cho`chqachilik 
tarmoqlari shakllangan va rivojlangan. Bundan tashqari respublika qishloq 
xo`jaligida 
pillachilik
, asalarichilik va baliqchilik sohalari ham yaxshi 
rivojlanib kelmoqda. Respublikada hozirda 6,2 mln. bosh qoramol, 11,1 mln. 
bosh qo`y va echkilar bor. 
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 
tarkibi, (% da) 
O`ganilayotgan davrda qishloq xo`jaligi mahsulotlari tarkibida katta 
o`zgarishlar yuz bermagan. 2000 yilda o`simlikchilik tarmog`ining ulushi 
52,6 foiz bo`lgan bo`lsa 2004 yilga kelib 53,7 foizni tashkil etgan yoki 1,1 
punktga oshgan. Shu yillarda chorvachilik mahsulotlarining qishloq xo`jaligi 
yalpi mahsulotdagi ulushi 47,4 foizdan 46,3 foizga tushib qolgan. Buning 
asosiy sababi 2004 yil qishloq xo`jaligi uchun juda qulay kelishi sababli 
o`simlikchilik tarmog`i yalpi mahsulotining chorvachilik yalpi mahsulotining 
o`sishidan tez sur`atlarda bo`lganligidadir. 
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi yer-suv, asosiy aktivlar (asosiy 
fondlar), mehnat resurslari va boshha ishlab chiqarishni tashkil etish va olib 
borish uchun zarur resurslarga ega. 
O`zbekiston Respublikasining yer fondi va uning foydalanuvchilar bo`yicha 
taqsimlanishi 



Ердан 
фойдаланувчилар
1996 йил
2000 йил
2004 йил
минг га
%
минг га
%
минг га
%
Жами ер фонди 
Шундан
44405,0
100,0
44405,0
100,0
44410,3
100,0
1.
Қишлоқ хўжалиги 
корхоналари 
фойдаланаётган ерлар
25317,8
57,0
25112,6
56,6
24819,4
55,8
2.
Ўрмон хўжалик 
корхоналари ерлари
8695,5
19,7
8446,3
19,1
8402,6
18,9
3.
Саноат, транспорт, 
мудофаа, алоқа ва 
бошқа ташкилотлар 
ерлари
1868,9
4,2
1926,3
4,4
2264,3
5,2
4.
Аҳоли яшаш жойлари
226,4
0,5
231,2
0,5
238,7
0,5
5.
Заҳирадаги ерла
7492,1
16,8
7472,5
16,8
7432,8
16,7
6.
Гидротехника ва 
бошқа сув хўжалиги 
ташкилотлари ерлари
793,8
1,7
804,6
1,8
822,4
1,8
7.
Табиат муҳофазаси, 
соғломлаштириш ва 
10,5
0,02
70,8
0,1
74,3
0,1


маданий аҳамиятга эга 
ерлар
8.
Бошқа ерлар
-
-
340,7
0,7
430,1
0,9
Jadvaldan ko`rinib turibdiki 2004 yil ma`lumotlariga qaraganda Respublika 
yer fondining asosiy qismi, 55,8 foizi qishloq xo`jaligi tarmog`iga berilgan. 
Agarda o`rmon xo`jaligi, qisman gidrotexnika va boshqa suv xo`jaligi 
tashkilotlari (oz miqdorda bo`lsada qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqaradi) va mudofaa vazirligiga qarashli ayrim xo`jaliklarda ham qishloq 
xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishini hisobga olsak yuqoridagi raqam 
yanada kattaroq ulushni egallashini anglash mumkin. 
2004 yilning yanvariga bo`lgan ma`lumotga ko`ra 3691, ming gektardan 
ko`proq sug`orilib haydaladigan yer, 230 ming gadan ortiqroq bog` va 
uzumzorlar bor. 
Respublika qishloq xo`jaligining ishlab chiqarish tarkibida mustaqillik 
yillarida keskin o`zgarishlar yuz berdi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga 
jalb etilgan yer resurslari bugungi kun talabidan kelib chiqib asosan paxta va 
g`alla ekinlari uchun ajratilmoqda. 
O`zbekiston Respublikasida ekin maydonlari tarkibining o`zgarishi (barcha 
turdagi xo`jaliklar bo`yicha ming gektar) 
2003 йил
2004 йил
Барча 
турдаги 
хўжали
к 
ларда
Ширка
т 
ларда
Фермер 
хўжали
к 
ларида
Деҳқон 
хўжали
к 
ларида
Барча 
турдаги 
хўжали
к 
ларда
Ширка
т 
ларда
Фермер 
хўжали
к 
ларида
Деҳқон 
хўжали
к 
ларида
Жами 
экин 
майдони
3790,1
1967,0
1401,9
421,2
3691,5
1497,1
1761,6
432,8


Донли 
экинлар 
Шундан:
1790,9
912,1
680,3
198,5
1666,5
661,4
805,2
199,9
Буғдой
1507,56
766,6
581,3
159,7
1469,7
593,5
715,1
161,1
Шоли 
(гуруч)
121,0
67,3
47,8
5,9
65,9
22,7
40,0
3,2
Макка дон 
учун
34,7
7,3
7,8
19,6
34,5
5,4
8,5
20,6
Техника 
экинлари 
Шундан:
1445
847,2
590,0
7,8
1516,8
690,8
815,6
10,4
Пахта
1393
820
573
-
1455,7
662,9
792,8
-
Картошка, 
сабзавот 
ва полиз
237,7
47,4
36,7
153,5
226,9
31,2
37,5
158,2
Картошка
49,2
3,4
2,2
43,6
52,4
3,8
3,3
45,3
Сабзавот
145,6
34,1
17,5
94
137,6
21,3
19,1
97,2
Полиз
41,3
8,5
17
15,8
35
5,3
14,6
15,1


Мевали 
боғлар
201,5
108,7
27,3
65,6
198,9
97,1
37,8
64
Узумзорла
р
118,2
76,5
10,6
31,1
116,1
67,7
16,3
32,1
Ем-хашак 
экинлари
316,5
160,2
94,9
61,4
281,3
113,7
103,3
64,3
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki Respublika ekin maydonlari yildan 
yilga qisqarib bormoqda va bu kamayish 2004 yilda 2003 yilga nisbatan 98,6 
ming gektarga yoki 2,7 foizga kamaygan. Ushbu kamayish asosan yem-
xashak ekinlari, sabzavot, poliz, mevali bog`lar va uzumzorlar hamda g`alla 
ekinlari hisobiga yuz bergan. Shu bilan birgalikda aholining, mamlakat 
iqtisodiyotining manfaatlaridan (xalqaro bozorda paxta xomashyosi 
konyukturasining o`zgarishini hisobga olib) kelib chiqib paxta ekin maydoni 
2004 yilda 2003 yildagidan 62,7 ming gektarga yoki 4,5 foizga oshgan. 
Respublika qishloq xo`jaligining chorvachilik tarmog`i ham jadal rivojlanish 
uchun katta resurslarga ega. 
O`zbekiston Respublikasida chorva mollari va parrandalar bosh soni (barcha 
muklk shakllari bo`yicha, ming bosh) 
Chorva molari va 
parrandalar
2000
2001
2002
2003
2004
O`sish(+) 
kamayish (-)
Qoramollar
5353,4
5416,1
5477,6
5878,8
6232,6
879,2
Shundan: sigirlar
2343,4
2361,8
2393,2
2549,9
2708,8
365,4
Sigirlarning 
salmog`i,%
43,7
43,6
43,7
43,3
43,4
х


Qo`y 
va echkilar
8932,5
9022,6
9233,9
9928,6
11181,9
2249,4
Cho`chqalar
85,8
81,6
75,4
89,9
83,8
-2,0
Parrandalar
14510
14828,7
15354,9
17675,7
18822,6
4216,9
Otlar
146,3
144,7
143,4
147,3
149,4
3,1
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki Respublikada deyarli barcha 
turdagi chorva mollari (cho`chqalardan tashqari) va parandalar bosh soni 
ko`payib bormoqda. 2004 yilda 2003 yilga qaraganda qoramollar bosh soni 
879,2 ming, sigirlar 365,4 ming, qo`y va echkilar 2249,4 ming, parrandalar 
bosh soni 4216,9 ming boshga oshdi. O`rganilgan davrda faqatgina 
cho`chqalar bosh soni 2 minga kamayib ketgan. 
Qoramolchilikning tarkibi ham ijobiy tomonga o`zgargan. Agarda 
mustaqillikkacha (1990 yilda) jami qoramollar tarkibida sigirlarning salmog`i 
32,6 foizni tashkil etgan bo`lsa 2000 yildan boshlab bu ko`rsatkich 43 
foizdan oshib ketda va shu holat saqlanib qolmoqda. Bu Respublika 
Prezidenti I.Karimovning va hukumatining olib borgan oqilona siyosatining 
natijasida yuz berdi. “Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish bo`yicha chora tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martida qabul qilingan 
137 sonli qarori bilan Respublikamizdagi 1499 ta jamoa chorvachilik 
fermalari yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirilib, 489,1 ming 
bosh qoramollar, shu jumladan 96,3 ming bosh sigirlar chorvadorlarga 
xususiylashtirilib berildi. Keyinchalik ushbu qarorda belgilangan vazifalarni 
bajarish maqsadida aholiga 600 ming bosh zotli buzoqlar sotildi. Natijada 
chorvachilikning asosiy qismi aholi qo`liga o`tdi. Qoramollarning katta 
qismining aholi qo`liga o`tishi uning tarkibini yaxshilanishiga (jami 
qoramollar sonida sigirlarning ulushining ortishiga), ijobiy tabiiy 
tanlanishning yuzaga kelishiga, yem-xashak ekin maydonlari yildan yilga 
qisqarib boriga qaramasdan yem-xashak muammosini qisman xal etilishiga 
olib keldi. 
Mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar natijasida O`zbekiston 
Resublikasi dinamik holda rivojlanib borayotgan murakkab iqtisodiy tizimga 


ega bo`ldi. Qishloq xo`jaligi Respulika iqtsodiyotining yirik va muhim 
tarmog`i sifatida saqlanib qoldi. 
Qishloq xo`jaligi O`zbekiston xalqlarining eng qadimdan shug`illangan 
asosiy sohalardan biri bo`lib, bir necha ming yilliklardan asta-sekin rivoj 
topib kelmoqda. Respublika hududida avvalo chorvachilik keyinchalik 
dehqonchilik madaniyati tarkib topdi. Chorvachilikning asosan qo`ychilik, 
qoramolchilik, otchilik (yilqichilik), asalarichilik, tuyachilik va ipakchilik, 
dehqonchilikning donchilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog`dorchilik va 
paxtachilik tormoqlari yaxshi rivojlandi. Qishloq xo`jaligi Respublikamiz 
hududida yashaydigan xalqlarning asosiy turmush tarziga aylangan. Uning 
rivoji yurtimiz hududida qishloq xo`jaligi bilan bog`liq mehnat qurollari 
ishlab chiqarishning o`sishiga sabab bo`ldi. Natijada asta sekin bo`lsada 
madaniyat, ilm-fan, kosibchilik rivoj topdi. 
XX asrda dunyo mamlakatlari taraqiyotining tez rivojlanishi yurtimizning 
iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatdi. Respublikaning 
qishloq xo`jalik yalpi mahsuloti 1913 yildan 1990 yilga (mustaqillikkacha) 
qadar bo`lgan davrda 188 marta o`sdi. 1913 yildan 1940 yilgacha qishloq 
xo`jaligi yalpi mahsuloti 1,8 marta, 1960 yilda 51 marta, 1970 yilda 100 
marta va 1980 yilda 170 martani tashkil etdi. Ma`lumotlardan ko`rinib 
turibdiki o`sish sur`atlari 1960-1980 yillar ichida tez bo`lgan. Shu davrda 
qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining o`sishining asosiy sabablari narxdagi 
o`zgarishlar, yangi yerlarni o`zlashtirish hisobiga, nisbatan ekstensiv yo`l 
bilan amalga oshirilgan. Ushbu davrda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini 
natural holda ishlab chiqarishning o`sishi bunga isbot bo`ladi. 1913 yilda 89 
ming tonna go`sht (so`yilgan vaznda) ishlab chiqarilgan bo`lsa 1990 yilda 
419,9 ming tonna ishlab chiqarilgan yoki 4,7 martaga oshgan. Sut ishlab 
chiqarish shu davrda 11,4 marta, tuxum yetishtirish 30,1 marta, sabzavot 21,1 
marta, don ishlab chiqarish 1,9 marta, paxta yetishtirish esa 11,1 marta, 
o`simlik yog`i yetishtirish 8,4 martaga o`sdi. Raqamlarga e`tibor berilsa 
ushbu davrda qishloq xo`jaligining yalpi mahsulotining o`sishi 
mahsulotlarning natural miqdordagi o`sishidan solishtirib bo`lmaydigan 
darajada yuqori sur`atlarda o`sganligini ko`rish mumkin. O`sish mahsulotlar 
narxining o`sishi hisobiga yuz berganini aslida esa salkam 1 asrda o`sish 15-
20 martadan yuqori bo`lmagini ko`ramiz. 
Sobiq sho`rolar davrida O`zbekistonda bir tomonlama bo`lsada qishloq 
xo`jaligida katta o`zgarishlar yuz berdi. SHo`rolar davlatining asosiy siyosati 
O`zbekistonning boy tabiiy iqlim sharoitidan umumdavlat manfaatlari uchun 
foydalanishga qaratildi. Natijada Respublika va uning xalqining manfaatlari 
umumdavlat manfaatlariga bo`ysindirildi. Bunday siyosat respublika 
iqtisodiyotida juda katta muammolarni keltirib chiqardi. Olib borilgan 
siyosatning natijasida qishloq xo`jaligi ishlari bilan band bo`lgan respublika 


aholsiining katta qismi past malakali mehnat resurslariga aylandi. 
Umummamlakat manfaatlaridan kelib chiqib O`zbekiston asosan paxta ishlab 
chiqarishga ixtisoslashtirildi. Uning natijasida xalqimiz asrlar mobaynida 
shug`illanib kelgan qishloq xo`jaligining ko`plab sohalariga e`tibor kamaydi, 
ularning ayrimlari mutloq yo`qolib ketdi. Jumladan, XX asrning 80 - yillariga 
kelib respublikada yetishtirish uchun tarvuz urug`lari Rossiyaning Astraxan 
o`lkasidan keltirildi. Paxta ishlab chiqarishni ko`paytirish respublikada oziq-
ovqat mahsulotlari yetishtirishni keskin kamayishiga olib keldi. Birgina misol 
o`tgan asrning 70-80- yillarida, mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda 
respublika uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining 80 foizidan ko`prog`i 
import qilinar edi. Dunyoning rivojlangan katta bir qismida oziq-ovqat 
keragidan ortiqcha bo`lib uni sotish muammo bo`lgan bir paytda 80-
yillarning oxiriga kelib respublikada barcha oziq-ovqat mahsulotlarini xarid 
qilish talon yoki me`yor tizimiga o`tkazildi. Aholi jon boshiga bir oyga 2 
kgdan un, 1kg dan shakar, go`sht, yog` va boshqa mahsulotlar sotiladigan 
bo`ldi. Paxta ishlab chiqarishni ko`paytirish maqsadida respublika qishloq 
xo`jaligiga katta kapital qo`yilmalar sarflandi. Qishloq xo`jaligi 
korxonalarining moddiy texnik ta`minoti yaxshilandi, qishloq infratuzilmasi 
rivojlantirildi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo 
viloyatlarida katta cho`l massivlari o`zlashtirildi. Ushbu jarayonlar aholini 
qisman ish bilan ta`minlashni yaxshilash, turmush darajasini nisbatan 
o`stirish imkonini berdi. Shu bilan birgalikda katta iqtisodiy, ijtimoiy va 
ekologik muammolarni ham yuzaga keltirdi. Yangi cho`l massivlarini 
o`zlashtirishda yo`l qo`yilgan hatolar hamda qanday bo`lmasin paxta 
yetishtirishni ko`paytirish hohishi yerlarning unumdorligining pasayishiga, 
ularning meliorativ holatining asta-sekin yomonlashuviga, yer osti 
suvlarining ko`tarilishi, katta ekin maydonlarini sho`rlanishining ortishiga 
olib keldi. Respublika qishloq xo`jaligi rivoji asosan paxtachilik bilan 
bog`lab qo`yildi. Respublikada tarkib topgan va rivojlantirilgan sanoat ham 
ustun darajada paxtachilikka qaratildi. Bir so`z bilan aytganda, sobiq 
sho`rolar davridan bir tomonlama rivojlangan, asosan 
xomashyo 
yetishtirishga moslashtirilgan
, paxtachilikka chuqur 
ixtisoslashtirilgan, katta iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik kasallik va 
muammolarga ega qishloq xo`jaligi meros bo`lib qoldi. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq juda ko`plab kechiktirib 
bo`lmaydigan masalalarni yechish hayotiy zarurat, vazifa sifatida davlat 
oldida turar edi. Ulardan ayrimlarini eslash foydadan holi emas. Eng avvalo 
oholi uchun zarur bo`lgan oziq-ovqat masalani ijobiy hal etish kerak bo`ldi. 
Xalq manfaati uchun zararat bo`lgan bu muammoni amalga oshirish oson 
kechmadi. Mustaqil Respublika qishloq xo`jaligi davlat mulkchiligiga 
asoslangan asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan yirik xo`jaliklardan 


(sovxoz va kolxozlardan) hamda aholining yordamchi xo`jaliklaridan iborat 
edi. 1940 yilda 81 ta sovxozlar bo`lgan bo`lsa 1990 yilga ulaning soni 1034 
taga yetdi. Shu yillarda kolxozlar mos ravishda 1106 ta va 855 tani tashkil 
etdi. Yirik xo`jaliklar yuqori organlar tomonidan tasdiqlangan reja asosida 
faoliyat yuritar, ularni moddiy resurslar bilan ta`minlash markazlashgan 
holda olib borilar edi. Yirik xo`jaliklarni boshqarish xarajatlari ham katta 
bo`lib ularning eng asosiy kamchiligi o`z ishlab chiqarish yo`nalishini tezda 
o`zgartira olmas edi. Masalan, paxta ishlab chiqarish uchun ixtisoslashgan 
xo`jalikning barcha texnikalari asosan paxtachilik uchun mo`ljallangan bo`lib 
don yoki sabzavotchilik uchun deyarli mos kelmas, qolaversa urug`lik, 
mineral o`g`it, yoqilg`i moylash materiallari bilan ta`minlashni bir mavsumda 
o`zgaritish imkoni yo`q edi. Yirik xo`jaliklarni texnika va modiy resurslar 
bilan ta`minlaydigan ko`plab sohalar bashqa respublikalarda joylashgan edi. 
Mustaqil davlatlarning vujudga kelishi yagona bir tizimga aylangan 
iqtsodning barbod bo`lishiga olib keldi. Respublika hududida joylashgan 
zavod va fabrikalarning ham aksariyat qismining to`xtab qolishiga sabab 
bo`ldi. Shunday holda sho`rolar davrida maxsus sharoit va tamoyillar asosida 
tashkil topgan yirik xo`jaliklarni saqlab qolish va ularning faoliyatini davom 
ettirish imkoniyatlari keskin pasaydi, keyinchalik esa deyarli mumkin 
bo`lmay qoldi. 
Yuqoridagi holatlarni inobatga olib Priyezidentimiz I.Karimov tomonidan 
mamlakat siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, jumladan qishloq xo`jaligini 
isloh qilishning konsepsiyalari ishlab chiqildi. Mustaqilikning dastlabki 
kunlaridayoq oziq-ovqat havfsizligini ta`minlash ustivor yo`nalish sifatida 
belgilandi va eng avvalo chuqur islohotlar qishloq xo`jaligida amalga 
oshirala boshlandi. Natijada paxta yakkaxokimligiga baham berilib g`alla 
mustaqilligiga erishish maqsadida sayi xarikatlar qilindi va tarixan qisqa 
muddat ichida ushbu maqsadga erishildi. 1996 yilga kelib O`zbekiston 
Respublikasi g`alla mustaqilligiga erishdi. Ba`zan g`allaga nisatan paxtaning 
foydasi, iqtisodiy samarasi ko`proq, shu sababli paxta shlab chiqarishga 
asosiy e`tiborni berish kerak degan fikrlarni uchratamiz. Bu fikr umuman 
olganda to`g`ri ekanligini inkor etmoqchi emasmiz. Lekin sovetlar 
davlatining parchalanishi eski aloqalarning deyarli izdan chiqishiga olib 
kelgan, traditsion g`alla ishlab chiqarishga ixtisoslashgan respublikalar 
Rossiya, Ukraina, Qozoqistonlarning o`zlari o`z xalqini g`alla bilan 
ta`minlashi murakkab bo`lib qolgan sharoitda oziq-ovqatsiz, uning asosi 
bo`lgan g`allasiz taraqqiyotni, umuman hayotni tasavvur qilish qiyin. Shu 
sabali o`tish davrining dastlabki kunlaridanoq g`alla mustaqiligiga intilish, 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti uning hukumati o`ta salohiyatli 
ekanligini va to`g`ri yo`l tanlaganligini hayotning o`zi isbotlamoqda. 


Bizga meros bo`lib qolgan iqtisodiyotning, jumladan qishloq xo`jaligining 
oldida xal etilishi lozim juda ko`plab og`ir maqsadli vazifalar turar edi. Bu 
vazifalarni shartli ravishda quyidagicha ifodalash mumkin. 
Birinchidan, xalq farovonligi, mamlakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 
qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni miqdor jihatdan ko`paytirish. 
Bu borada ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish 
zarur edi va bu vazifa xozir va kelajakda ham dolzarb bo`lib qoladi. Xozirda 
aholi iste`moli uchun zarur bo`lgan don ishlab chiqarishga yerishildi. Ammo 
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish borasida katta muammolar 
mavjud. 2000-2004 yilarda aholi jon boshiga o`rtacha go`sht ishlab chiqarish 
34 kg, sut ishlab chiqarish 164 kgni tashkil etdi. U tibbiy me`yordagidan ikki 
martaga yaqin kam. Shu sababli qishloq xo`jaligi mahsulotlarini miqdor 
jihatdan ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish asosiy maqsadli vazifalardan 
biri hisoblanadi va bu muammo Respublika Prezidenti va hukumatining 
diqqat e`tiborida turibdi. 
Ikkinchidan qishloq xo`jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati va 
assortimentini yaxshilab borish zarur. Ma`lumki O`zbekiston Respublikasi 
paxta ishlab chiqarishda dunyoda beshinchi o`rinda, paxta tolasini sotish 
bo`yicha esa ikkinchi o`rinda turadi. Paxta tolasini sotish mamlakat 
eksportning 18-19 foizini tashkil etmoqda. Mamlakatda yetishtirilayotgan 
paxta tolasining sifatini keskin yaxshilash iqtisodiyotga juda katta iqtisodiy 
samara keltiradi. Dunyo davlatlari va Respublikamiz to`qimachilik sanoati 
talab qiladigan tipdagi tolalar yetishtirishni ko`paytirish zarur. Sifatni va 
qishloq xo`jaligi mahsulotlari assortimentini yaxshilash zarurati respublika 
qishloq xo`jaligini rivojlantirishning eng asosiy yo`nalishi sifatida 
belgilangan. 
Uchinchidan, qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligini oshirish doimiy 
zarurat hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish mamlakat qishloq 
xo`jaligini raqobatbordoshligini kuchaytiradi, aholining turmush sharoitini 
yaxshilaydi, mahsulot ishlab chiqarishni ko`payishiga va uning sifatining 
talab darajasiga yetishini ta`minlaydi. 
To`rtinchidan, qishloq xo`jaligi mahslotlari yetishtirishni nisbatan 
orzonlashishiga yerishish lozim. Albatta bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq 
xo`jaligi o`ziga kerakli texnika, yoqilg`i,mineral o`g`it, boshqa tovar va 
xizmatlarni bozor bahosida sotib oladi. O`z mahsulotini esa o`zi uchun 
foydali narxlarda xamisha ham sota olmaydi. Lekin aholining 
daromadlarining o`sishi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`sishidan 
kattaroq bo`lishini ta`minlash kerak. Xozirda respublika aholisi o`z 
daromadlarinig 51-52 foizini oziq-ovqat uchun sarflayotgan bo`lsa kelajakda 
bu ko`rsatkich kamayib borishi (aholining oziq-ovqat bilan ta`minlanishi 
yaxshilanib borishi asosida) kerak. 


Beshinchidan, qishloq joylarni, hududlarni imkon darajasida bir me`yorda 
rivojlanishini ta`minlashga e`tiborni kuchaytirish vazifasi ham juda dolzarb 
hisoblanadi. Qishloq hududlarini ijtioiy taraqqiyot darajasini yanada 
yuksaltirish, ish joylarin tashkil etish ko`plab salbiy holatlarning oldini oladi. 
Prezidentimizning qishloq aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta`minlash 
to`g`risidagi farmon va qarorlarining qabul qilinishi, maxsus dasturlar ishlab 
chiqarilishi qishloqni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga e`tiborning kuchli 
ekanligini ko`rsatadi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy siyosat natijasida qishloq xo`jaligida 
chuqur tarkibiy
, ijtimoiy va 
mulkiy munosobatlar o`zgarishi yuz berdi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotni 
jumladan, qishloq xo`jaligini tubdan isloh qilishning nazariy asoslari 
Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Prezidentimiz asasrarida 
iqtisodiy rivojlanishning turli xil konsepsiyalari tahlil etildi. 
Birinchi konsepsiya – Asosiy ehtiyojlar konsepsiyasiya – aholi eng kam 
tirikchilik ehtiyojini kafolotli tarzda ta`minlash va ish bilan band qilish 
muammosini hal etishga qaratilgan; 
Ikkinchi konsepsiya – Maqbul yoki tegishli texnologiya konsepsiyasi – 
aholining mehnatga layoqatli qismining bandligini ta`minlaydigan va 
mahalliy xomashyoni, avvalo qishloq xo`jaligi xomashyosini birlamchi va 
chuqur qayta ishlashga qaratilgan. Bu konsepsiya eng ilg`or texnologiyalarni 
rivojlantirish zarurligiga asoslanadi; 
Uchinchi konsepsiya – O`z kuchiga jamoa bo`lib ishonish konsepsiyasi – 
mavjud zahiralardan to`liqroq foydalanishga va mamlakat iqtisodiyotini 
boshqa davlatlarga qaramligiga barham berishga qaratilgan; 
To`rtinchi konsepsiya – Yangi xalqaro iqtisodiy tartib konsepsiyasi – 
rivojlanayotgan yurtimizning iqtisodiy qoloqligini tugatish va boshqa 
davlvtlar bilan teng huquqli sheriklar sifatida faoliyat yuritishiga qaratilgan. 
Olib borilgan rejali ishlar natijasida tarmoqda ma`lum ijobiy yutuqlarga 
erishildi. 
Birinchidan, mamlakat iqtisodiyoti, jumladan qishloq xo`jaligi bozor 
iqtisodiyoti talablari sharoitida faoliyat ko`rsatishlari uchun kerakli huquqiy 
asos yaratildi. Tarixan qisqa davrda umuman iqtisodiyotga tegishli 100 dan 
ortiq qonunlar ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Ular qatoriga 
O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Fermer xo`jaligi to`g`risida, 
Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida, Dehqon xo`jaligi 
to`g`risida, Qishloq xo`jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to`g`risida kabi 
qishloq xo`jaligi tarmog`iga oid qator qonunlarni kiritish mumkin. 
Mustaqillik yillarida bevosita qishloq xo`jaligiga oid 140 dan ortiq Prezident 
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi hamda turli 


me`yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bu qonun va me`yoriy hujjatlar qishloq 
xo`jaligi korxonalarining xatti – xarakatlarini belgilab beradi. Natijada qonun 
doirasida iqtisodiy munosabatlarni tarkib toptirish imkoni yaratildi. Qishloq 
xo`jaligida boshqaruvning ma`muriy buyruqbozlik, iqtisodiy va sotsial 
pisixologik usullaridan foydalanilganda qonunga asoslanish imkoniyati 
yaratildi. 
Ikkinchidan, qishloq xo`jaligida ham amalda ko`p ukladli iqtisod tarkib topdi. 
Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talabiga ko`ra olib borilgan iqtisodiy siyosat 
natijasida, turli mulkchilikga asoslangan xo`jalik yurituvchi subyektlar 
vujudga keldi. Natijada qishloq xo`jaligi korxonalarining asosiy qismi 
nodavlat mulkga asoslangan bo`lib, bu davlat mulkiga asoslangan 
korxonalarning kamayishiga sabab bo`ldi. 1991 yilda qishloq xo`jaligi 
korxonalarining deyarli asosiy qismi (kolxoz kooperativ mulkga asoslangan 
bo`lganligi bilan amalda davlat mulkiga asoslangan sovxozlardan deyarli 
farqi yo`q bo`lib qolgan edi) davlat mulkiga asoslangan xo`jaliklar edi. 
Bugungi kunga kelib qishloq xo`jaligida 406 ta shirkatlar, 55 ta davlat, 135 
mingdan ko`proq fermer xo`jaliklari, 564 ta xususiy chorvachilik fermalari va 
4481,7 mingta dehqon xo`jaliklari faoliyat ko`rsatib turibdi. 2000 yilda 
qishloq xo`jaligida yetishtirilgan maxsulotning 98,4% foizi nodavlat mulk 
shakliga asoslangan xo`jaliklar hissasiga to`g`ri keldi. 2004 yil 
ma`lumotlariga ko`ra qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 59,7 foizi 
aholining dehqon, 20,4 foizi fermer va 19,9 foizi yirik shirkat hamda davlat 
xo`jaliklarida yaratildi. Xususiy mulkchilikka asoslangan fermer xo`jaliklari 
mustahkamlanib, kuchayib bormoqda. Agarda 1995 yilda bir fermer 
xo`jaligiga 10,4 gektar yer to`g`ri kelgan bo`lsa 2004 yilda bu ko`rsatgich 
28,2 gektarni tashkil etdi yoki 2,7 marotaba kattalashgan. Fermer va dehqon 
xo`jaliklarining ko`payib borishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyotining uchta 
ustunidan biri hisoblangan xususiy mulkchilik ham qishloq xo`jaligida qaror 
topayotganidan va rivojlanayotganidan dololat beradi. Fermer xo`jaligi 
tarixan qisqa muddat ichida ishlab chiqarshni tashkil etishning samarali 
shakli ekanligini oqladi. Femer xo`jaliklari o`z mohiyatiga ko`ra resurslarni 
tejashni ta`minlaydi. Bu xo`jaliklada moddiy manfaatdorlik yuqori. Natijada 
mehnatning samaradorligi yuqori bo`lib barcha faoliyat ko`proq foyda 
olishga qaratilgan. Shu bilan birgalikda fermelikni rivojlantirishda hali juda 
ko`plab muammolar mavjud. Jumladan, fermer xo`jaliklari hajmining 
kichikligi, iqtsodiyotining zaifligi, ularga xizmat ko`rsatish tizimining yetarli 
daajada rivojlanmaganligi, mini texnikalarning yetishmasligi, yetishtirgan 
mahsulotlarini sotish kanallarining takomilashmaganligi bunga misol bo`lshi 
mumkin. Bular yechsa bo`ladigan muammolar bo`lganligi sababli hamda 
fermerlik ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali shakli ekanligini 
hisobga olib, fermerlik qishloq xo`jaligini rivojlantirishning asosiy yo`nalishi 


deb haqli hisoblanmoqda. Hozirda yurtimizda fermer xo`jaliklarini 2004-
2006 yillarga mo`ljallangan rivojlantiish konsepsiyasi qabul qilingan va u 
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Zarar ko`rib ishlayotgan, istiqboli 
bo`lmagan shirkatlar tugatilib ularning hududida konkurs asosida fermer 
xo`jaliklari tashkil etilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida Respublika qishloq 
xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklarining ulushi ortib bormoqda. Bir 
so`z bilan aytganda, qishloq xo`jaligida bugungi kun talabidan kelib chiqib 
ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari vujudga kelmoqda va ular 
takomillashib bormoqda 
Respublika qishloq xo`jaligi mahsulotlarida turli mulk shakllarining va 
tarmoqlarining ulushi, (% da) 
3.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida 
shirkatlarning salmog`i, %
28,6
27,9
28,1
22,2
19,9
4.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida 
fermer xo`jaliklarining salmog`i, %
10,3
11,4
12,1
14,8
20,4
5.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida 
dehqon xo`jaliklarining salmog`i, %
61,1
60,7
59,8
63,0
59,7
6.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti, % 
Shundan:
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
7.
O`smlikchilik tarmohlari salmog`i, %
52,6
51,6
50,6
51,6
53,7
8.
Chorvachilik mahsulotlari salmog`i, 
%
47,4
48,4
49,4
48,4
46,3
Uchinchidan, bozor iqtisodiyotida rivojlanishni ta`minlovchi to`rt 
omildan 
biri
, ishbilarmonlik, o`z o`rnini topa boshladi. Qishloq xo`jaligida 135 
mingdan ko`proq fermer, 4481,7 ming dehqon xo`jaliklarining va 564 ta 
xususiy chorvachilik fermalari hamda minglab qishloq xo`jaligiga xizmat 
qiladigan va uning mahsulotlarini qayta ishlaydigan xususiy kichik 
korxonalarning mavjudligi hozircha ko`p bo`lmasada mulkdorlar, 


ishbilarmonlar guruhi vujudga kelganligini ko`rsatadi. Bu omil bozor 
iqtisodiyotida hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Ishbilarmonlik rivojlanib u bilan 
shug`illanuvchilar soni va sifati oshib borgan sari bozor iqtisodiyoti 
kuchayadi va xalqning turmush sharoiti yaxshilana boradi. 
Qishloq xo`jaligida olib borilgan islohotlarning natijasida qishloqda kichik 
tadbirkorlik subyektlari soni ortib ularning iqtisoddagi ulushi ko`payib 
bormoqda. Agarda 2000 yilda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarishda kichik tadbirkorlikning ulushi 71,4 foiz bo`lgan bo`lsa 2003 yilda 
bu ko`rsatkich 78,1 foizga 2004 yilda esa 80,9 foizga yetgan. 
To`rtinchidan, bugungi kun hayot talabidan kelib chiqgan holda xo`jalik 
yuritishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi va tadbiq qilindi. 
Mustaqillikning dastlabki davrlarida xo`jalikning mineral o`g`itlarga, yoqilg`i 
moylash materiallariga, elektr energiyasiga hamda ish haqiga bo`lgan talabini 
qondirish uchun olinadigan qismi uchun hisob – kitoblar maxsus schet orqali 
amalga oshiriladigan qilindi. Natijada qishloq xo`jaligi korxonalarini texnika, 
yoqilg`i –moylash materiallari, elektr energiyasi, miniral o`g`itlar bilan yil 
davomida uzluksiz ta`minlab turish imkoniyati yaratildi. Sanoat va qishloq 
xo`jaligi mahsulotlari baho paritetining o`zgarishi o`zgacha yo`l tutish 
imkonini bermaydigan bir paytda amaldagi mexanizm o`zining ijobiy rolini 
o`ynadi. Bu mexanizm bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan, barcha 
qishloq xo`jalik korxonalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun kerakli 
bo`lgan moddiy resurslar bilan ta`minlash imkonini berdi. Ikkinchidan, 
qishloq xo`jaligiga mineral o`g`it, yoqilg`i – moylash matteriallari, elektr 
energiyasi ishlab chiqaradigan va yetkazib beradigan tarmoqlarni 
garantiyalangan holda o`z mahsulotlari uchun haq olishini ta`minldi. 
Uchunchidan, inflyatsiyani kuchayishiga yo`l qo`ymaydigan katta 
makroiqtisodiy ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki bu mexanizm bo`yicha 
moliyaviy resurslarni turli yo`llar bilan naqd pulga aylantirish imkoniyati 
yo`qqa chiqarildi. Albatta bu mexanizm ma`lum kamchiliklarga ham ega. 
Eng asosiy kamchiligi xo`jaliklarning moddiy manfaatdorlik va javbgarligini 
qisman susaytirdi. Sog`lom raqobatni kuchini kamaytirdi, ayrim hollarda 
yo`qqa chiqaradi. Bu mexanizm iqtisodiy kamquvvat yoki zarar bilan 
ishlaydigan korxonalar uchun foydali, yaxshi ishlayotgan va katta samara 
olayotgan xo`jaliklar uchun esa aksincha. Umuman qishloq xo`jaligi 


tarmog`ining manfaati uchun yaxshi bo`lgan bu mexanizm bo`yicha iqtisodiy 
baquvvat, katta foyda oladigan xo`jaliklarning o`zi ishlab topgan 
mablag`laridan samarali foydalanish imkonini susaytiradi. Natijada yaxshi va 
yomon faoliyat ko`rsatayotgan qishloq xo`jaligi korxonalari ma`lum darajada 
bir xil sharoitga (holatga) qo`yilmoqda. Bu o`z navbatida yaxshi ishlayotgan 
qishloq xo`jalik korxonalarida samaradorlikni yanada oshirish uchun 
manfaatdorlikni susaytiradi. Resurslarni tejashga qaratilgan mexanizmni 
yaratish bu sxemada o`z ifodasini topmayapdi. Shu sababli respublika 
hukumati bu kamchiliklarni vaqtinchalik yumshatish imkoniyatini qidirib 
topdi. Ma`danli o`g`it, yoqilg`i – moylash materiallari, elektr energiyasi 
yetkazib beruvchi sohalardan hamda ish haqidan qarzi bo`lmagan iqtisodiy 
baquvvat qishloq xo`jaligi korxonalarini mavjud sxemadan chiqarib ularning 
mablag`larini o`zlarining hisob raqamlariga tushirib berish maqsadga 
muvofiq deb topildi. 2005 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq xo`jaligi 
korxonalari o`z joriy harajatlari uchun zarur mablag`ni banklardan kredit 
tariqasida oladigan bo`ldi. Bu samarali ishlashga qiziqishni kuchayishiga, 
ishlab chiqarishni foyda bilan yakunlashga intiluvchi korxonalarning 
ko`payishiga olib keladi. 
Beshinchidan, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda qishloq xo`jaligida 
chuqur tarkibiy o`zgarishlar yuz berdi. Natijada oziq ovqat mahsulotlari 
yetishtirish keskin ko`paydi. Tarixan qisqa davrda g`alla mustaqilchiligiga 
erishildi. Agarda 1990 yilda 1808,2 ming tonna don ishlab chiqarilgan bo`lsa 
bu ko`rsatkich 2000 yilga kelib 4,1 mln. tonnani tashkil etdi. 1990 yilda jami 
donda bo`g`doyning salmog`i 32,7 foizni yoki 592,2 ming tonnani tashkil 
etgan bo`lsa 2000 yilga kelib bu ko`rsatkichlar mos holda 82,9 foizni va 3,4 
mln. tonnani tashkil etdi. 2004 yilda 6017,1 ming tonna don, shundan 5502,5 
ming tonna bug`doy ishlab chiqarildi. Paxta ishlab chiqarish 2000 yildan 
keyin biinchi bor 3,5 mln. tonnadan oshib ketdi. 
Aholiga tomorqa yerlarining berilishi ularning turmush sharoitini 
yomonlashib ketishiga yo`l qo`ymadi. Mustaqillik yillarida aholiga 682,5 
ming gektardan ortiqroq yer uy – joy qurish va tomorqa uchun berildi. 
Bugungi kunda qishloq xo`jaligi mahsulot turlarning 60-85 foiziga yaqini 
dehqon xo`jaliklarida ishlab chiqarilmoqda. 
Oltinchidan, qishloq aholisining ichimlik suv va gaz bilan ta`minlanish 
darajasi keskin oshib bormoqda. 2000 yilda qishloq aholisining ichimlik suv 
bilan ta`minlanish darajasi 67,8 foizga, gaz bilan ta`minlanishi 56,7 foizga 
yetdi. 2004 yilga kelib aholining markazlashgan ichimlik suv bilan 
ta`minlanishi 76,2 foizga, tabiiy gaz bilan ta`minlanish daajasi 86,5 foizga 


yetdi. Mustaqillik yillarida qishloq joylarda maktab va maktabgacha bo`lgan 
muassasalar, sog`liqni saqlash tizimiga tegishli poliklinika, shifoxonalar va 
ko`plab sport inshoatlari qurildi. Albatta bu sohada hali qilnadigan ishlar juda 
ko`p. Yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bu to`xtovsiz jarayon 
bo`lib to`xtovsiz rivojlantirilib borladi. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi 
aholining turmush darajasini yaxshilashga loib kelmoqda. 
Yettinchidan, qishloq xo`jaligi ichki va tashqi bozor talablariga tez 
moslashadigan bo`ldi. Bir yilning o`zida paxta maydoni ko`payib, boshqa 
ekin maydonlari qisqarishi yuz bermoqda. Mustaqillikkacha bu jarayonlarni 
orzu qilish mumkin emas edi. 
Sakkizinchidan, bizning fikrimizcha mustaqillik yillarida erishilgan 
yutuqlarning eng muhimi aholining dunyoqarashi iqtisodiy qonuniyatlar 
talabida o`zgarib borayotganligidadir. Aholining, jumladan, qishloq 
aholisining asosiy qismi qiyinchilik bilan bo`lsada boqimandachilik 
kayfiyatidan xalos bo`lmoqda. 
Sakkizinchidan qishloq xo`jaligi ichki va tashqi bozor talablariga tez 
moslashadigan bo`ldi. Bir yilning o`zida paxta maydoni ko`payib, boshqa 
ekin maydonlari qisqarishi yuz bermoqda. Oldin buni orzu qilish mumkin 
emas edi. 
Mamlakat qishloq xo`jaligini izchil rivojlantirish maqsadida ko`rilgan chora 
– tadbirlar bugun o`z samarasini bermoqda. Eng muhimi qishloq xo`jaligiga 
e`tiborning kuchayganligidir. Qishloq xo`jaligini boshqaruv tizimini 
rivojlantirish maqsadida O`zbekiston suv va qishloq xo`jalik vazirligi, 
“O`zmevasabzavotuzumsanoat – xolding” xolding kompaniyasi, Dehqon va 
fermer xo`jaliklari 
uyushmasi
, “O`zbek ipagi” pillachilik uyushmasi tuzildi. 
Respublikada qorako`lchilikni rivojlantirish maqsadlarida hukumat hujjatlari 
tayyorlandi. 
Qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatadigan infratizilmani rivojlantirmasdan 
islohotlardan ko`zda tutilgan natijalarga erishish mumkin emasligini anglab, 
bu soha imkon darajasida rivojlantirilmoqda. Natijada “O`zagrolizing” lizing 
kompaniyasi “O`zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, O`zbekiston qishloq 
xo`jalik ilmiy ishlab chiqarish markazi, “O`zqishloqxo`jalikmash–xolding” 
xolding kompaniyasi, “O`zagrokimyota`minot” birlashmasi, 
“O`zagrosug`urta” kompaniyasi, ixtisoslashgan tijorat banklari kabi xizmat 
ko`rsatuvchi tizim tashkil etildi. 
Qishloq xo`jaligini rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ko`rsatilgan 
amaliy yordamning biri, iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan xo`jaliklar 
xukumat tomonidan sanatsiya qilindi. Bu korxonalarining barchasida tashqi 
boshqaruvchi tayinlandi. Yilning 1 yanvar xolatiga ko`ra budjetga 
to`lanmagan to`lovlar va ular bo`yicha penyalar, Pensiya jamg`armasi, Ish 


bilan ta`minlash jamg`armasi, Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi va yo`l 
jamg`armasidan penya qo`shilgan holdagi qarzlarini to`lash ma`lum yilgacha 
kechiktirildi. Ularning debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish 
bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belglandi. Albatta xozirda qishloq xo`jaligi 
korxonalarini sanatsiya qilish to`tatildi. Lekin 1998-2002 yillarda ushbu 
tadbir o`z samarasini berdi. Masalaning muhim tomoni shundaki bugungi 
kunda iqtisodiyotimizda bozor instrumentlari ishlamoqda. Davlat iqtisodiy 
nochor ahvolga tushib qolgan ammo zarur bo`lgan xo`jaliklarni davolovchi 
funksiyasini bajarmoqda. 
Amalga oshirilayotgan muhim ishlardan yana biri urug`chilikni yaxshilashga 
juda katta e`tibor berilayotganidir. Ayniqsa, paxtachilikda urug`chilikni 
rivojlantirish maqsadida xorijiy mutaxassislar va xamkorlar bilan katta ishlar 
amalga oshirilmoqda. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qoshida paxta loyihalari bo`yicha maxsus agentlik faoliyat 
ko`rsatmoqda. Bug`doyning yangi serhosil “ Karlik 85 “, “ Dobraya” navlari 
sinovdan o`tmoqda. Daslabki 3 yillik sinov natijalariga ko`ra ular 
hosildorligi, sifati jihatidan xozirgi rayonlashtirilgan bug`doy navlariga 
qaraganda 15-20 foizga yuqori. Pillaning Yaponiya, Janubiy Quriyadan 
sermahsul urug`lari olib kelinib ko`paytirilmoqda. Yer resurslarning 
cheklanganligi, turli sabablarga ko`ra aholi jon boshiga to`g`ri keladigan 
qishloq xo`jaligi ekin maydonlarining kamayib borishi sohani intensiv 
rivojlantirishni talab etadi. Qishloq xo`jaligini intensivlashtirish uning 
moddiy texnika ta`minotini, ekinlarning serhosil navlari va sermag`sul zotli 
chorva mollarining bo`lishini, ma`danli o`g`itlar va kimyoviy vositalar bilan 
ta`minlanishini yaxshi bo`lishni talab qiladi. Shu maqsadda mamlakatimizga, 
o`z sohasi bo`yicha, dunyoning eng nuffuzli kompaniya va 
korporatsiyalarining unversal va maxsus qishloq xo`jaligi texnikalari kirib 
kelmoqda. 
Bir so`z bilan aytganda qishloq xo`jaligida katta iqtisodiy salohiyat 
(imkoniyatlar) vujudga keltirilmoqda. Endigi vazifa qishloq xo`jaligining 
iqtisodiy quvvatini yanada oshira borgan holda uning mavjud quvvatlaridan 
maksimal foydalanishdir. 
Bugungi kunda qishloq xo`jaligini rivojlantirishda bizning nazarimizda 
quyidagilarga e`tiborni kuchaytirish ko`proq samara bergan bo`lar edi. 
Jamiyatni rivojlantiradigan asosiy kuch manffatdir. Shu sababli barcha 
qilinayotgan ishlar mumkin qadar manfaatdorlikga asoslanishi kerak. Shu 
o`rinda iqtisodiy manfaatni ustin qo`yish zarur. Mamlakatimiz 
bozoriqtisodiyotiga o`tishni o`ziga xos yo`li Prezidentimiz tomonidan ishlab 
chiqildi. Uning asosini 5 tamoyil tashkil qilib ularning birinchisi 
iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligidir. Aynan shu tamoyil iqtisodiy 
manfaatni, iqtisodiy rivojlanishning birinchi darajali omili ekanligini 


ifodalaydi. Shu borada bugungi kunda tarkib topgan o`zaro hisob-kitob 
(o`g`it, yoqilg`i, elektr energiyasi va texnika uchun) larni asta sekinlik bilan 
o`zgartirish lozim bo`ladi. Har bir xo`jalik o`zi sarflagan xarajatlaridan olgan 
tushim bilan qoplab foyda olishi ham zarur. Bu tamoyil xo`jalikning eng 
birlamchi bo`g`inlarigacha yetib borish kerak. Bugungi kunda xo`jalikda 
mavjud oila, zveno, brigada pudratlarida ishlayotganlarning 90 foizi 
belgilangan vazifani uddalagan holda, qolgan 10 foiz pudratchilarning o`z 
ko`rsatkichlarini bajarmasligi natijasida xo`jalik bo`yicha topshiriq 1 foizga 
bajrilmay qolsa ham, topshiriqni bajargan 90 foiz pudratchilar moddiy 
manfaatdorlikdan yetarli darajada to`liq foydalana olmaydilar. Bu o`z 
navbatida moddiy manfaatdorlik tomoyilining buzilishiga, samaradorlikni 
pasayishiga olib keladi. Shu sababli ham, birining yomon ishlashi hisobiga 
ikkinchisi manfaatdorlikdan mahrum bo`lmasligi kerak. 
Asosiy e`tiborni sifat ko`rsatgichlarga qaratish lozim bo`ladi. Iqtisodiyotni 
ko`plab resurslar sarflash evaziga emas balki cheklangan resurslardan unimli 
foydalanib samaradorlikni oshirishga qaratish maqsadga muvofiq. Intensiv 
rivojlanishgina mamlakatni orzu qilgan darajaga olib chiqa oladi halos. 
Masalan, 1,5 mln. gektarga boshoqli don ekilgan bir paytda hosildorlikni 40 
sentnerga yetkazsak 6,0 mln. tonna don bo`ladi. Andijon viloyati 1 ga yerdan 
67 sentnerdan olgan holda respublika bo`yicha 40-50 sentnerdan don 
yetishtirish mumkin emasmi? Xuddi shunday paxta ham 1,5 mln. ga yerga 
ekilmoqda. Hosildorlikni 30 sentnerga yetkazish 4,5 mln. tonna paxta 
demakdir. Hosildorlikni oshmasa bu hajmdagi mahsulotni yetishtirish uchun 
bugungi kunda qo`shimcha 1,8-2,0 million gektar qo`shimcha yer talab 
qiladi. Yerning cheklanganligi, aholi sonini ko`payib borishi, sanoatning 
rivojlanishi, qurilishning ko`payishi bir jon boshiga to`g`ri keladigan yer 
birligini kamayishiga olib keladi. Shu sababli ham qishloq xo`jaligini 
intensivlashtirish obyektiv zarurat bo`lib, bundan boshqa yo`l yo`q. 
Xo`jalik rahbarlari xo`jalikda mavjud bo`lgan mulkni saqlash, uni 
ko`paytirish uchun javobgarlikni aniq xis qilishlari kerak. Hissadorlik, 
paychilikga asoslangan xo`jaliklarda hissodorlar rahbarlardan o`zlariga 
tegishli mulkni saqlashni va ko`paytirishni talab qilishlari kerak. 
Hissadorlarning shunday darajaga ko`tarilishi iqtisodiyotni yangi bosqichga 
olib chiqadi. 
Dehqon va fermer xo`jaliklarini yanada rivojlantirish talab qilinadi. Qishloq 
xo`jaligining kelajagi aynan shu turdagi xo`jaliklar bilan bog`liq. Chunki 
yuqorida qayd etilgan iqtisodiymanfaatdorlik Dehqon va Fermer 
xo`jaliklarda boshqa turdagi ishlab chiqarish korxonalaridagidan yuqori. 
Joylardagi rahbar mumaxassislar buni qancha tez anglab yetsa shuncha 
rivojlanish yaxshi bo`ladi. 


Dehqonga faqatgina yer, mulk bergan bilan yetarli natijaga yerishib 
bo`lmaydi. Uzoq muddatga yerni ijaraga berish bilan bir qatorda 
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf qilish imkonini ham bnrish kerak. 
Yetishtirilgan mahsulot faqat ixtiyoriy shartnomalar asosida sotilishi kerak. 
Albatta davlat manfaati, buyurtmalar asosida amalga oshirilib boradi. Chunki 
yerga egalik (ijara shartnomasi asosida) masalaning yarim yechimi. 
Yetishtirilgan mahsulotga ega bo`lish huquqi ikkinchi yarim yechimidir. 
Qishloq xo`jaligining o`ziga xos xususiyatlaridan biri uning moliyaviy 
imkoniyatlarining shakllanishi o`zgachadir. YA`ni yil davomida asosan faqat 
xarajat daromad esa yil oxirida shakllanadi. Demak qishloq xo`jaligining 
yaxshi ishlashidan manfaatdor tarmoqlar (qishloq xo`jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlovchi tarmoqlar) yil davomida qishloq xo`jaligini moddiy qo`llab 
turish imkoniyatlari ustida ishlashlari kerak. Buning yo`llaridan biri fyuchers 
shartnomalari asosida ishlashdir. Bu qayta ishlovchi tarmoq uchun ham 
yaxshi. Chunki qaysi turdagi mahsulot qancha va qanday sifatda kerakligiga 
qarab shartnomalar tuzadi. Bozor sharoitida zarar bilan ishlaydigan har bir 
korxona alohida tahlil qilinishi va bir to`xtamga kelinishi ma`qul. Bonkrot 
holatiga kelgan, shu shaklda tiklanishi mumkin bo`lmagan korxonalar 
tugatilish va yeri aholiga ijara shprnomasi asosida taqsimlanib berilishi 
maqsadga muvofiqligini Prezidentimiz juda to`g`ri belgilab berdi. 
Ba`zan, barcha rivojlangan davlatlar qishloq xo`jaligiga dotatsiya beradi 
bizda ham buni tezroq joriy qilish lozim degan fikrlar paydo bo`ladi. Albatta 
bu fikr ijobiy bo`lib, qishloq xo`jaligini o`ziga xos xususiyatlaridan kelib 
chiqadi. Ammo biz endigina mustaqil bo`lganimizni, iqtisodiyotimizning bir 
tomonlama rivojlangan bo`lganligini,eski iqtisodiy aloqalar uzilib qolganligi 
natijasida yuzaga kelgan qator masalalarni va shunga o`xshash ko`plab 
muammolarni hal qilishga duch kelayotganimizni unitmasligimiz kerak. 
Iqtisodiy rivojlangan, qio`loq xo`jaligiga dotatsiya berayotgan davlatlarda 
qishloq xo`jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulishi 1-5 foizdan oshmasligini 
e`tiborga olsak masalaning ayrim tomonlari oydinlashadi. Masalan, 1996-
2001 yillari Germaniya va AQShning yalpi ichki mahsulotida qishloq va 
o`rmon xo`jaligi hamda baliqchilik tarmoqlarining salmog`i atigi 1,1-2,36 
foiz atrofida bo`lgan. Bu raqamlardan ko`rinib turibdiki iqtisodiy rivojlangan 
davlatlarda davlat budjeti sanoat va boshqa xizmat ko`rsatadigan 
tarmoqlardan tushadigan mablag` hisobiga shakllanadi. natijada qishloq 
xo`jaligini davlat tomonidan dotatsiyalab turish imkoniyatlari katta. Bizning 
mamlakatimiz mustaqillikga erishgan 1991 yilda jami yalpi ichki 
mahsulotning 36,8 foizi qishloq xo`jaligida ntishtirilgan edi. 2000 yilda bu 
ko`rsatkich 30,4 foizni tashkil qildi. 2004 yilga kelib 26,8 foizni tashkil etdi. 
Demak, qishloq xo`jaligining yalpi ichki 
mahsulotdagi ulishi kamayib
, sanoat 
va boshqa tarmoqlarning hissasi oshib bormoqda. Bugungi kunda sanoatni, 


xizmat ko`rsatish tarmoqlarni rivojlantirishda qishloq xo`jaligining ahamiyati 
katta. Mamlakat sanoatlashib borgan sari qishloq xo`jaligiga amaliy iqtisodiy 
yordam qilish imkoniyatlarimiz ortib boradi. Bu o`zgarishlar 
mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat uzoqni o`ylab 
qilinayotganidan dalolat beradi. 
Qishloq xo`jaligi ijtimoiy masalalar chuqurlashib ketishga yo`l qo`ymadigan 
tarmoqlarning asosiylaridan biridir. Chunki aholini ish bilan ta`minlashda 
uning o`rni beqiyos. Aholining iqtisodiy faol qismining 44 foizidan ko`prg`i 
qishloq xo`jligida band. Kelgusida sanoat va xizmat ko`rsatish 
tarmoqlarining rivojnishi uchun zaur mehnat resuslarini yetkazib berishda 
qishloq xo`jaligi eng katta imkoniyatlarga ega. Umuman olganda, mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi turmushi darajasining ortirish, 
sanoat va xizmat ko`rsatish saholarining rivojlanishi qishloq xo`jaligi 
tarmog`i bilan bog`liq. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi nisbatan 
ko`p moliyaviy resurslarni talab qilmasdan katta samara berishi mumkin 
bo`lgan tarmoqlardan biriga kiradi. Bu esa o`tish davri iqtisodiyoti uchun 
juda katta muhim omillardan biridir. 
Hozirda O`zbekiston qishloq xo`jaligi nisbatan rivojlangn tarmoq hisoblanadi 
va undan iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda. 2002 yilda O`zbekiston qishloq 
xo`jaligi yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 3257,2 mlrd. so`mlikni tashkil 
etadi. Barcha turdagi xo`jaliklar tomonidan 5792,5 ming tonna don, 3,16 mln. 
tonna paxta, tirik vaznda 864,7 ming tonna go`sht, shungdek 1367,1 mln. 
dona tuxum yetishtirildi, 3719,4ming tonna sut sog`ib olindi. 
O`zbekiston qishloq xo`jaligini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. 
Bu, eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini bozor talablari asosida 
rivojlantirishga harakat qilinayotganida ifodasini, zarur huquqiy bazaning 
yaratilishda o`z yechimini topmoqda. Mustaqilik yillarida qabul qilingan 
qonunlar, qarorlar, va boshqa me`yoriy xujjatlar qishloq xo`jaligi bozor 
talablari asosida rivojlanishi uchun zarur huquqiy sharoitlarni yaratib beradi. 
Qishloq xo`jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni 
rivojlantirish borasida ham katta ishlar qilinadi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti 
erkin xususiy mulksiz rivojlanishi mumin emasligiga e`tibor kuchaytiriladi. 
Bu borada qilinayotgan katta ishlardan biri qishloq joylarda mulkdorlar 
sinfini shakllantirishdir. Asta –sekinlik bilan bo`lsada, xususiy mulkka 
asoslangan tadbirkorlar sinfi shakllantirilyapti. Qishloq joylarda 
shakllanayotgan tadbirkorlar sinfi qishloq xo`jaligida mehnatni tashkil 
etishining barcha shakllari bilan bevosita birgalikda rivojlomoqda. Bugungi 
kunda tadbirkorlar sinfi shirkatlarda, asosan fermer va dehqon xo`jaligi 
shaklida vujudga kelmoqda. Shu bilan birgalikda qishloq joylarda qishloq 
xo`jaligi ishlab chiqarishi bilan bog`liq bo`lmagan sohalarda ham tadbirkorlik 
rivojlanmoqda. Hunarmandchilik, kosblik, novvoylik va boshqalar bunga 


misol bo`ladi. Ularning rivojlanishi qishloq xo`jaligining, qolaversa, 
mamlakat iqtisodiyotining o`sishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Qishloq joylarda 
mulkdorlik sinfini shakllantirishning asosiy yo`nalishlarini 2-chizmada 
ko`rish mumkin. 
Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha 
sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lеkin ulardagi 
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar 
ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol 
namoyon bo’ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik 
organizm (hayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning uchun 
bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar 
sohada namoyon bo’ladigan o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqiladi. 
Ushbu bobda dastlab agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, kеyin 
e’tibor yer rеntasiga qaratiladi. Yer rеntasining vujudga kеlishi va 
taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning 
qisqacha tavsifi bеriladi. Agrosanoat intеgratsiyasi va agrosanoat 
majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to’xtalib o’tilib, bob 
so’ngida agrobiznеs va uning turlari bayon etiladi. 
13.1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq 
xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari 
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo’lib, unda insoniyat hayoti 
uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun istе’mol 
buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. 
Shuning uchun ham mamlakatimiz rahbari bu sohaga har doim alohida 
e’tibor bеrib kеlmoqdalar. 
«Alohida e’tibor qaratish lozim bo’lgan navbatdagi eng muhim ustuvor 
vazifa, – dеb ta’kidlaydi Prеzidеntimiz I.Karimov, – qishloqda turmush 
darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan 
uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq kеng ko’lamli chora-
tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini 
rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik 
biznеsning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fеrmеr 
xo’jaliklari rivojini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iboratdir»1. 
Bu vazifalarni bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog’liq bo’lgan 
sanoat tarmoqlari, xizmat ko’rsatish va infratuzilma sohalarini har 
tomonlama rivojlantirish zarurdir. 
Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham kishilar o’rtasida iqtisodiy aloqa 
va munosabatlar sodir bo’ladi. 


Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga 
egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan 
munosabatlar agrar munosabatlar dеyiladi. 
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim 
xususiyatlaridan biri 
shundaki
, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bеvosita tirik mavjudotlar – yer, 
o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy 
qonunlar bilan bog’lanib kеtadi. Bunda yer mеhnat quroli va mеhnat 
prеdmеti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan 
farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. 
Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. 
Yerning hosil bеrish qobiliyatiga tuproq unumdorligi dеyiladi. U tabiiy yoki 
iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hеch qanday 
aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik 
«oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kеlishi yerning 
tabiiy unumdorligi dеyiladi. 
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq 
tarkibi va dеhqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan (masalan, yerni 
organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mеxanizatsiyalash, ilmiy 
asoslangan holda sug’orish, irrigatsiya va mеlioratsiya kabi ishlab chiqarish 
usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, 
bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. 
Yerdan olinadigan hosil ko’proq mana shu yerning tuproq unumdorligini 
saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli 
mеhnatning yerga faol ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining 
bеvosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo’lib, asosiy 
rolni o’ynaydi. Qishloq xo’jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab 
chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. 
Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha 
a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo’lida foydalaniladi. Hozirgi 
paytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fеrmеr va 
dеhqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli 
iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil 
traktorlar, 
mashinalar
, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik 
daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdеk, xizmat 
muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi. 
Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan 
baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, kapital qiymati 
tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy 


kapitalning ayrim turlari, masalan, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, 
ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida 
bo’lmaydi. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish 
inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir 
o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir 
o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligida kapitalning tarkibida turli 
inshootlar, binolar, uzatma mеxanizmlar va boshqalarning hissasi ko’proq. 
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital 
ham qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma kapital 
quyidagilardan tashkil topadi: 
yosh va boquvdagi hayvonlar
, yem-xashak, 
urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan 
turli xil ishlab chiqarish vositalari – invеntarlar, yoqilg’i va moylash 
matеriallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida 
aylanma kapitalning ko’pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish 
shaklida bo’ladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni 
sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidеk doiraviy aylanib turadi, 
ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana 
pul shakliga qaytib kеladi. Shuni ham ta’kidlash kеrakki, qishloq xo’jaligida 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning 
sifatiga bеvosita bog’liq bo’ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va 
tеxnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan 
kapitalning doiraviy aylanishiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu 
omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir. 
Tabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bеvosita ko’payishiga ta’sir 
etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. 
Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu 
yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga 
nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli 
ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish 
vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari 
mеhnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi. 
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan 
xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mеhnat 
vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan 
foydalanish vaqtiga bеvosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu 
mеhnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan 
vaqtda esa ular bеkor turadi. Masalan, sеyalkadan 
ekish davomida 
foydalanilsa
, g’alla o’rish kombaynlari, paxta tеrish mashinalari esa yiliga 
20-30 kun yig’im-tеrim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham 
qishloq xo’jaligida mеhnatning kapital va enеrgiya bilan qurollanish darajasi 


moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini 
taqozo qiladi, lеkin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. 
Bulardan tashqari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va mеhnat 
jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag’larning 
sarfi bir mе’yorda bo’lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan 
aylanma mablag’lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish 
mavsumida aylanma mablag’larning ko’pgina qismi (urug’lik, yem-xashak, 
turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa 
tugallanmagan ishlab chiqarish, tеxnikaning butlash qismlari, nеft 
mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni hisobga 
olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim 
ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va 
qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning chеklanganligini hisobga olib, yerga 
xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lеkin, 
bozor iqtisodiyoti talablaridan kеlib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga 
oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda. 
O’zbеkistonda amalga oshirilgan agrar islohotlarning diqqat markazida 
qishloq xo’jaligidagi yerni haqiqiy egasiga bеrish masalasi turadi. Shunga 
ko’ra, bu borada olib borilgan chora-tadbirlar natijasida «eng muhimi, 
qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo bo’ldi, uning mеhnatga 
munosabati, o’z ishining natijalaridan manfaatdorligi butunlay o’zgarmoqda. 
Kеyingi yillarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan, 
birinchi navbatda
, paxta va 
g’alladan eng yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi kеskin 
ko’paygani dеhqonchiligimizdagi tub sifat o’zgarishlarining samarasidir 
dеsak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. O’tgan yili paxta xomashyosi 
yetishtirish 3 million 650 ming tonnadan, yalpi g’alla hosili esa 6 million 250 
ming tonnadan oshib kеtgani buning yaqqol tasdig’idir»2. 
2008 yilda ham qishloq xo’jaligi tarmog’ida muhim ijobiy natijalar qo’lga 
kiritilib, o’tgan yilga nisbatan 4,5 foiz o’sishga erishildi. 3 million 410 ming 
tonna paxta xomashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g’alla, 
shu 
jumladan
, 6 million 145 ming tonna bug’doy etishtirildi3. Aksariyat 
qishloq xo’jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo’yicha o’sishga 
erishildi (13.1-jadval). 
Jadvaldan ko’rinadiki, 2008 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari tarkibida 
kartoshka (117,7%), poliz mahsulotlari (116,8%), sabzavotlar (111,7%) 
yetishtirish nisbatan ahamiyatli darajada o’sgan bo’lsa, faqat uzum o’tgan 
yilga taqqoslaganda 89,9% darajasida yetishtirilgan. 
O’zbеkistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi 
sababli yerga bo’lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish 
masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. 


Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga 
tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida bеlgilangan 
tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik dеganda avvalo 
yerga bo’lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan rеalizatsiya qilish 
ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor (bizda davlat) amalga 
oshiradi. O’zbеkiston Rеspublikasining yer kodеksida ta’kidlanganidеk «Еr 
uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish 
hamda ulardan foydalanish uchun bеrilishi mumkin»1. 
Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda 
undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo’lishi shart 
emas. Rеal xo’jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni 
ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan 
dеhqon va fеrmеr xo’jaliklari amalga oshiradi. 
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ham to’rt omil – 
yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer 
muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval 
aytganimizdеk, ishlab chiqarish jarayonida hamma 
ishlab chiqarish 
vositalarini
, jumladan, yerni harakatga kеltirib, undan unumli 
foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil – ishchi 
kuchidir. 
Agrar munosabatlarni o’rganishda ham ishchi kuchining, jonli mеhnatning 
faol rol o’ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga 
kеltiruvchi rolini tushunmaslik go’yo kapital foyda yoki foiz, yer esa rеnta 
yaratadi, dеgan ko’pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg’on tasavvurlarga olib 
kеladi. Bu masalalarni to’g’ri tushunishda rеnta munosabatlarini o’rganish 
muhim rol o’ynaydi. 
13.2. Rеnta munosabatlari 
Agrar munosabatlarning asosini rеnta munosabatlari tashkil qiladi. Rеnta 
nazariyasi hozirgacha to’liq yoritib bеrilmagan nazariyalardan hisoblanadi. 
Iqtisodchilar o’rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha turlicha 
yondashuv va qarashlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari noaniqligicha 
qolmoqda. Shu sababga ko’ra rеntani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini 
tushuntirish bo’yicha asosiy va ko’pincha bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan 
nazariyalarga duch kеlamiz. 
Rеnta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kеne va 
A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko’rib chiqilgan. Ular rеntaning vujudga 
kеlish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning 
qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha 
mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar. 


Kеyinchalik rеnta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Pеtti, 
J.Andеrson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada 
takomillashtirilgan. Jumladan, Andеrson diffеrеntsial rеnta to’g’risidagi 
qarashlarni ilgari surgan, biroq rеntaning tovar qiymatining bir qismi 
ekanligini tushuntirib bеrolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o’laroq, 
rеntaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida 
qarab, rеnta nazariyasini qiymatning mеhnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan 
bog’lagan. 
Rеnta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.CHеrnishеvskiy 
va N.I.Zibеrlar salmoqli hissa qo’shganlar. 
Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha chop etilgan 
qator o’quv qo’llanma va darsliklarda ham yer rеntasi munosabatlari kеng 
bayon etilmoqda. 
D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, rеsurslarning 
turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog’ida rеnta daromadlarining 
turli ko’rinishlari paydo bo’ladi, jumladan: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarishda vujudga kеluvchi yer rеntasi; foydali qazilmalarni qazib 
olish chog’ida vujudga kеluvchi rеnta; o’rmon rеsurslaridan foydalanishda 
hosil bo’luvchi rеnta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi rеnta va h.k. Barcha 
turdagi tabiiy rеsurslar yer bilan uzviy bog’liq bo’lganligi sababli ulardan 
foydalanishda rеntaning vujudga kеlishi uchun bir-biriga o’xshash shart-
sharoitlar mavjud bo’ladi. Qishloq xo’jalik ekinlaridan foydalanishning 
iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan rеnta munosabatlarini 
tahlil qilish uslubiyoti rеntaning barcha turlariga tеgishli bo’ladi, shunga 
ko’ra ularni yer rеntasiga kiritish to’g’ri bo’ladi. Haydaladigan yer, qurilish 
uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o’rmon va boshqalardan to’lanishidan qat’iy 
nazar, rеnta ko’rinishidagi mazkur pul summasi yer rеntasi dеb ataladi4. 
Yer rеntasi – yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (rеalizatsiya 
qilish)ning shaklidir. Yer rеntasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. 
Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab bеrish), obrok (natural soliq) va 
pul solig’i shakllaridagi fеodal rеntalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda 
turli mamlakatlarda mavjud rеnta vujudga kеlish sabablari va shart-
sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rеntasi, 
diffеrеntsial (tabaqalashgan) rеnta I va II, 
monopol rеnta
, qazilma boyliklar, 
qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan rеnta. 
Rеntaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida 
qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadni vujudga kеlishi shart-
sharoit va sabablarining ochib bеrilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga 
kеlishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan 
yerlarning chеklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. 


Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy rеsurslarga mulkchilik ob’еkti 
yoki xo’jalik yuritish ob’еkti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi 
hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi 
kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi kapital 
o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. 
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida 
vujudga kеladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi rеnta shaklini 
oladi hamda u diffеrеntsial rеnta dеb ataladi. 
Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va 
sifatini tabiatning o’zi chеklab qo’ygan, uni inson ko’paytirishga qodir emas. 
Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o’rtacha 
unumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan chеklanish mumkin emas. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab ko’p bo’lganligi uchun yomon, kam 
unumli yerlarda ham ishlab chiqarishni tashkil etish zarurdir. Agar ishlab 
chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo’lsa, yerning 
mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik 
tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit 
hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab 
chiqaruvchilar ustama qo’shimcha mahsulot va binobarin qo’shimcha foyda 
oladilar. 
Dеmak, diffеrеntsial rеnta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori chеklangan 
yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi 
esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda 
mustaqil xo’jalik yuritishdir. 
Diffеrеntsial rеnta o’zining kеlib chiqish sharoitlarga qarab diffеrеntsial rеnta 
I va diffеrеntsial rеnta II ga bo’linadi. 
Diffеrеntsial rеnta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat 
markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan sеrunum yer 
uchastkalarida vujudga kеladi.
Misolimizdagi uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy 
qiymati bir xil, ya’ni 10000 so’mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A 
uchastkasida 20 tonna, B va D uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. 
Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan 
mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo’lib chiqadi. 
Ya’ni, A uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so’m bo’lsa, 
B uchastkasida 400 so’m, D uchastkasida esa 333 so’mni tashkil qiladi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan 
mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so’m). Natijada yomon yer 
uchastkasi (A) o’zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda 


olish imkoniga ega bo’ladi. O’rtacha (B) va yaxshi (D) yer uchastkalarida esa 
yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so’m miqdorda 
qo’shimcha daromad olinadi. 
Bu olingan qo’shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq 
bo’lgan diffеrеntsial rеnta I ni tashkil qiladi. 
Diffеrеntsial rеnta II xo’jaliklarni intеnsiv rivojlantirish, yerning 
hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni 
qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning mеliorativ 
holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mеxanizatsiyalash va elеktrlashtirish 
darajasi bilan bog’liq holda vujudga kеladi. 
«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi davlat tomonidan eng ko‘p boshqariladigan 
iqtisodiyot tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Katta yirik qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqaruvchilari — dehqonlarning mulk huquqi juda zaif himoyalangan. 
Ularning faoliyatini tartibga solish usullari aslida sovet o‘tmishidan olingan, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘p turlari, ishlab chiqarish resurslari va 
sektor uchun xizmatlar ishlab chiqilmagan. Qishloq xo‘jaligi sektori 
islohotga muhtoj bo‘lib qolmoqda», — deydi 
iqtisodchi Yuliy Yusupovning 
CABAR.asia
gazetasida chop etilgan 
maqolasida. 
Qishloq xo‘jaligi — O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. 
2018 yilda qishloq xo‘jaligining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 
28,8 foizni tashkil qildi (bu va boshqa joylarda, agar boshqa ilova 
keltirilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
ma'lumotlari). 
1-surat. O‘zbekiston YaIMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi 2018 yilda. 


2018 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 53,2 foizi o‘simlik 
mahsulotlarini, 46,8 foiz chorvachilik mahsulotlarini tashkil etdi. 2017 yilda 
qishloq xo‘jaligida 3,7 million kishi ish bilan ta'minlandi (jami ish bilan 
ta'minlanganlarning 27,2 foizi). Mamlakat aholisining deyarli yarmi qishloq 
joylarida yashaydi (2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 
33,25 mln. kishi, shu jumladan, qishloq joylarda 16,45 mln kishi (aholining 
49,5 foizi) yashaydi). 
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng ko‘p boshqariladigan 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Katta yirik qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqaruvchilari, dehqonlarning mulk huquqi o‘ta himoyasiz, ularning 
faoliyatini tartibga solish usullari, de fakto sovet o‘tmishidan olingan, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari va ishlab chiqarish resurslari hamda sektor uchun 
xizmatlar bozori ishlab chiqilmagan. Qishloq xo‘jaligi sektori islohotga 
muhtoj bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston ikki yil davomida tizimli iqtisodiy 
islohotlar kursini aniqlagan bo‘lsada, qishloq xo‘jaligida deyarli o‘zgarish 
yo‘q. 
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining 
asosiy toifalari 
Sobiq sovet ittifoqining boshqa respublikalari singari O‘zbekiston 1980-yillar 
oxiridan boshlab bozor iqtisodiyotiga, shu jumladan qishloq xo‘jaligiga 
o‘tishni boshladi. 1989 yildan buyon sobiq qishloq va fermer xo‘jaliklaridan 
qishloq aholisi uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining ko‘p qismi alohida fermer 
xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratildi. 1994 yilga kelib barcha kollektiv 
va fermer xo‘jaliklari kooperativ fermer xo‘jaliklariga yoki shirkat 
xo‘jaliklariga aylantirildi. 2000-yillarning boshida shirkat xo‘jaliklari qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning asosiy sub'yektlari sifatida 
fermer xo‘jaliklariga almashtirildi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining ko‘pchiligi ular tomonidan emas, balki kichik dehqon 
xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqariladi. 
1-jadval. 2017 yilda qishloq xo‘jaligi yerlarining yer egalari tomonidan 
taqsimlanishi, ming gektar 


2018 yilgi ekin maydonlari, bog‘lar va uzumzorlar uchun ajratilgan 
yerlarning 85,2 foizini fermer xo‘jaliklari tashkil etadi (2017 yildagi 
ma'lumotlar). 2018 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 
70,0 foizi dehqon xo‘jaliklari hisobiga amalga oshirilib, ekin maydonlari, 
bog‘lar va uzumzorlar uchun ajratilgan yerlarning atigi 11,3 foizini tashkil 
etadi. Vaziyat sovet o‘tmishini eslatadi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
katta qismi katta xo‘jaliklarda (kollektiv va fermer xo‘jaliklarida) emas, balki 
shaxsiy yer maydonlarida ishlab chiqarilgan. 
2-surat. 2017 yilda dehqon xo‘jaliklarining ulushi foiz hisobida. 
Biroq dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hajmi 
bo‘yicha ma'lumotlari ishonchliligi borasida katta shubha bor, chunki 
ma'lumotlar sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan olingan. Bu 
ko‘rsatkichlarning ba'zilari muntazam ravishda soxtalashtirilgan, masalan, 
sut 
sog‘ilishi
. Bundan tashqari, paxta va g‘alla davlat tomonidan fermer 
xo‘jaliklaridan arzon narxlarda sotib olishni hisobga olish kerak (quyida 
batafsilroq), bu tabiiy ravishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining umumiy 
qiymatida ularning ulushiga ta'sir qiladi. 


Fermerlar ijaraga olgan yerlardan foydalanish huquqi juda cheklangan va 
yaxshi himoyalanmagan: 
· Fermerlar paxta va bug‘doy yetishtirilishi uchun ajratilgan yerdan 
(paxta va g‘alla fermer xo‘jaliklari uchun bu yerning katta qismi) paxta va 
g‘alla sotish bo‘yicha rejani bajargan yoki bajarmaganliklaridan qat'i nazar 
boshqa maqsadlar uchun foydalanishlari mumkin emas. 
· Fermerlarning yer uchastkalari osongina olib qo‘yilishi mumkin. 
Mahalliy hokimiyat idoralari tashabbusi bilan (rejalashtirilgan maqsadlarni 
bajarmaganlik, yerdan samarasiz foydalanish yoki «ixtiyoriy-majburiy 
tartibda» yerdan foydalanish huquqidan voz kechish shaklida), yoki 
Toshkentdan chiqqan tashabbus tarzda fermer xo‘jaligining «kengayishi va 
ajratilishi» oqibatida. 
Natijada fermerlar o‘zlarini yerning haqiqiy egalari, deb his qilmaydilar va 
uning unumdorligini oshirishga uzoq muddatli investitsiyalarni jalb 
qilishmaydi. 
Qishloq xo‘jaligida davlat buyurtma tizimi 


O‘zbekiston agrar sektorining asosiy xususiyati shundaki, ikki qishloq 
xo‘jalik ekinlarini (paxta va bug‘doy) ishlab chiqarish asosan davlat 
ehtiyojlari uchun yetishtiriladi. 
So‘nggi yillarda majburiy ravishda paxta uchun ajratilgan yerlarning bir 
qismi meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish foydasiga qisqardi. 
Shu bilan birga, 2017 yilda ekin maydonlari, bog‘lar va tokzorlar uchun 
ajratilgan barcha yerlarning uchdan ikki qismidan ko‘pini paxta va bug‘doy 
ekinlari tashkil etdi. 2017 yilda paxta va bug‘doy ekin yerlari barcha ekin 
uchun ajratilgan yerlarning (meva bog‘lari va uzumzorlarni hisobga 
olmaganda) 82,2 foizini tashkil etdi. 
3-surat. Ekin maydonlari, bog‘lar va uzumzorlar uchun ajratilgan qishloq 
xo‘jalik yerlarini taqsimlanishi, ming ga va foiz. 
Davlat buyurtmasini shakllantirish va narxlash tizimining mavjud 
mexanizmlari fermerlarning ko‘pchiligiga paxta va g‘alla yetishtirish orqali 
foyda ko‘rishni qiyinlashtiradi [4]. Misol uchun, 2005-2013 yillarda davlat 
xaridlari va bug‘doyning ichki bozor bahosi o‘rtasidagi farq. (2-jadvalga 
qarang). Bir necha yillar mobaynida ushbu farq 3 martaga oshgan. 
Bundan tashqari, fermerlar uchun majburiy bo‘lgan ekinlar uchun ajratilgan 
yer uchastkalari mavjud tizimda yerning tuproq xususiyatlari va iqlimi, suv 
mavjudligi, xodimlar malakasi va boshqalarni hisobga olgan holda ishlab 


chiqarish tuzilmasini optimallashtirishga imkon bermaydi. Ko‘pincha boshqa 
yerlar paxta va bug‘doy uchun ajratilgan yerlardan samaraliroq bo‘ladi. 
Biroq dehqon paxta va bug‘doy uchun ajratilgan yerga o‘xshab ishlab 
chiqarish tuzilmasini optimallashtirishga qodir emas, boshqa maqsadlarda 
foydalanish esa taqiqlanadi. 
2-jadval. 2005-2015 yillarda davlat xaridlari bahosining va ichki bozordagi 
bug‘doy narxlarining dinamikasi (1 tonna uchun ming so‘m). 
Misol uchun, mamlakatdagi iqlim sharoiti tufayli non mahsulotlari uchun 
mo‘ljallangan bug‘doyni yetishtirish qiyin. Davlat bu muammolarni 
mamlakat va hatto har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitlariga 
moslashtirilgan yangi navlarini tanlashga sarflash orqali hal qilishga 
urinmoqda, ammo bu uzoq va ko‘p mablag‘ sarflanadigan jarayondir. Shu 
bilan birga, ko‘plab fermer xo‘jaliklari don ekinlariga nisbatan ko‘proq 
tabiiy, tarixiy, texnologik va malakali afzalliklarga ega bo‘lgan meva-
sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashishi ancha 
foydaliroq 
bo‘lar edi

Yana bir misol. Chorvachilik mahsulotlari majburiy davlat buyurtmalari 
amaliyotidan zarar ko‘radi: 1992–1997 yillarda chorva mollari sonining 
sezilarli darajada o‘sishi bilan bir vaqtda yem-xashak 
ekiladigan yerlarning miqdori 
3,7 marta kamaydi

Paxta va bug‘doy uchun davlat buyurtmasi amaliyoti natijasida: 
· ko‘plab fermer xo‘jaliklari achinarli moliyaviy ahvolda; 
· fermerlar yangi axborot va agrotexnologiyalar, shu jumladan, suv 
tejashni joriy qilish uchun rag‘batlantiruvchi va moliyaviy resurslarga ega 
emas; 
· fermerlarning tuproq unumdorligini saqlab qolish va yaxshilash uchun 
rag‘batlantiruvchi va moliyaviy resurslari yo‘q (bu mulk huquqlarining zaif 
muhofazasi bilan ham bog‘liq); 
· qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy salohiyati potensialdan 
past (mavjud tizim qiyosiy ustunliklarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish 
tarkibini optimallashtirishga imkon bermaydi). 
Bularning barchasi tarmoqni rivojlantirish, qishloq aholisi va aholi 
farovonligini oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. 


Bundan tashqari, majburiy davlat buyrug‘i tizimi — fermerlarning yerni 
ijaraga berish bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan huquqlarini doimiy ravishda 
buzishining asosiy sababidir. Davlat buyurtmasini bajarish uchun ko‘pincha 
yerni yo‘qotish va qayta taqsimlash amalga oshiriladi. 
Mahsulot va resurs bozori 
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy 
turlarini (paxtadan tashqari) ishlab chiqarish yil sayin ortib bormoqda. Bu 
ayniqsa meva va sabzavot mahsulotlariga tegishli, ishlab chiqarish bilan birga 
uni qayta ishlash va eksport qilish ham o‘sib bormoqda. Chorvachilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. 
(Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi fermer xo‘jaliklarida ishlab 
chiqilganini va ularning statistik hisobotlari o‘ziga xos tarzda olib borilishini 
hisobga olib, ushbu ko‘rsatkichlar ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqilishi kerak). 
3-jadval. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish 
hajmi, ming tonna 
1992 yildan keyin bug‘doy yetishtirishning sezilarli darajada o‘sishiga ta'sir 
etgan omillar — bu ekin maydonlarining kengayishi hamda bu bug‘doyning 
hosildorligi sezilarli darajada oshganidir. Shunday qilib, 1991–2014 yillar 
oralig‘ida hosildorlikning qariyb to‘rt barobar 12,8 sentner/ga’dan 48,6 
sentner/gektarga o‘sdi. Biroq, bug‘doyning hosildorligi va hajmi sezilarli 
darajada oshirilganga o‘xshaydi, bunga sabab statistik hisobot usullari. 
Fermerlar davlatga bug‘doyning 40 foizini topshirishga majburlar, ammo ular 
bajarishi shart bo‘lgan rejalashtirilgan vazifalar ham mavjud. Statistik hisob-
kitoblarga ko‘ra, agar davlat buyurtmasi fermerlar tomonidan yetishtirilgan 
hosilning 40 foizini tashkil qilsa, fermerlar davlat buyurtmasi bo‘yicha 


rejadan ko‘ra 2,5 barobar ko‘proq bug‘doy o‘stirishi kerak. Boshqacha 
aytganda, statistik ma'lumotlarga ko‘ra, fermerlar tomonidan bug‘doy 
yetishtirish hajmlari 2,5 ga ko‘paytiriladi. Haqiqiy ishlab chiqarish miqdori 
noma'lum. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 
sezilarli darajada oshishiga qaramasdan hozirda mavjud bo‘lgan davlat 
buyurtmalar tizimi va eksportni boshqarish amaliyoti qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari uchun erkin bozorlarni shakllantirishga imkon bermaydi. 
Paxta bozori erkin emas, chunki davlat monopolist va faqatgina davlat 
xomashyoni sotib oladi. Keyin esa paxta eksport uchun va ichki 
iste'molchilar uchun taqsimlanadi. Bugungi kunda tajriba sifatida «agrosanoat 
majmuasi» joriy etilmoqda, unda fermerlar paxtani davlatga emas, balki 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri klasterdagi qayta ishlash korxonalariga sotishlari kerak 
bo‘ladi. Ammo bunday model paxta bozorining paydo bo‘lishini 
anglatmaydi, balki «krepostnoy qaramlik»ni yaratadi, faqat fermerlar 
hozirgidek davlatga emas, balki paxtani qayta ishlovchi fermerlarga tobe 
bo‘ladi. 
Davlat uzoq vaqt davomida (ehtimol, 2019 yil davomida ham) meva va 
sabzavotlarni eksport qilishni markazdan turib tartibga solishga harakat 
qilmoqda. O‘tgan yillarda bunday tartibga solishning asosiy vositalari sifatida 
quyidagilar xizmat qildi: 
- mahsulotlarni eksport qilish uchun kvotalar ajratish (O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oylik qarorlar), 
- davlat savdo kompaniyalari orqali majburiy eksport, 
- minimal eksport narxini belgilash (mahsulot sotish taqiqlangan), 
- 100 foiz oldindan to‘lov talabi, 
- valuta tushumini kechiktirilgani uchun jarima (100 foiz oldindan to‘lov 
talabini bartaraf etish mumkin bo‘lgan hollarda) va h.k. 
2017-2018 yillar mobaynida meva va sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha 
ma'muriy to‘siqlarning ko‘pi yo‘q qilindi. Biroq yangi mexanizm 2019 yildan 
boshlab qanday ishlashi, bu tizim ma'muriy aralashuvlardan qanchalik ozod 
bo‘lishi hozircha aniq emas. 
Maqola nashrga tayyorlanayotgan vaqtida, meva-sabzavot va to‘qimachilik 
mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish bo‘yicha hukumat 
qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatning mohiyati shundaki eksportchilar 
o‘z mahsulotlarini Tashqi savdo va Investitsiyalar vazirligi tomonidan 
belgilangan narxlardan ko‘ra arzonroq narxda sotmasliklari 
zarur
. Ya'ni, 
mansabdor shaxslar yana meva va sabzavotlarni eksport qilishni nazorat 
qilmoqchi ekanliklari tasdiqlandi. 


Sanoatni ma'muriy tartibga solish tizimi resurs bozorlariga ham taalluqli. 
Qishloq xo‘jaligi texnikasi, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘itlar, ozuqa, 
urug‘lar, biologik va kimyoviy o‘simliklarni himoya qilish mahsulotlari va 
boshqa mahsulotlar fermerlarga davlat monopolistlari tomonidan yetkazib 
beriladi. Ba'zi mahsulotlar narxlari ko‘pincha subsidiyalanadi. Past 
(subsidiyalangan) narxlarda sotib olinishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar 
miqdori cheklangan va ular paxta va bug‘doyning ekin maydonlari miqdori, 
ularning kutilayotgan rentabelligi bilan belgilanadi. 
Fermerlar yoqilg‘i, o‘g‘itlar va urug‘larni faqat davlat tomonidan ochilgan 
punktlarda olishlari mumkin. Yetkazib beruvchilar o‘rtasida raqobat yo‘q, bu 
ularning sifatsiz xizmat ko‘rsatishiga olib keladi. Hukumat buyurtmalariga 
bo‘ysunmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqaruvchilar 
moddiy resurslarni bozorda mavjud narxlarda o‘zlari sotib olishlari kerak. 
Bundan tashqari, davlat korxonalari qishloq xo‘jaligi texnikasi xizmatlarini 
ko‘rsatishadi (traktorni haydash, kombaynda yig‘ib olish, hosilni yetkazib 
berish va hokazo), mashina-traktor parklari tarmog‘i mavjud. Nihoyat, davlat 
ishlab chiqarishni avans orqali amalga oshiradi: fermerlar ko‘pincha paxta va 
bug‘doy sotishdan keladigan daromadlarni hisobga olib resurslarni avans 
to‘lovi orqali oldindan sotib oladi. Shu bilan birga, dehqon, ma'lum bir 
vaziyat yoki mahalliy sharoitga qarab, avans qilib olingan naqd pulni erkin 
tarzda sarflay olmaydi. Fermer pul emas, balki davlat narxlarida to‘langan 
resurslarni oladi, bu esa fermerning moliyaviy mustaqilligini cheklaydi. 
Shunday qilib, paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasini bajarayotgan 
fermerlar o‘z mahsulotlarining bahosini yoki resurslar narxini nazorat qila 
olmaydi. 
1996 yildan buyon amalga oshirilayotgan 
import o‘rnini
bosish siyosati 
doirasida qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning mavjud 
tizimi jadal industrializatsiya qilish vazifalari doirasida shakllantirildi. 
Qishloq xo‘jaligi sektori iqtisodiyotning «strategik 
tarmoqlari»ni rivojlantirishga (Stalin sanoatlashtirish yillarida ham shu 
usuldan foydalanilgan) yirik moliyaviy inʼeksiya donorlari rolini 
topshirdi. 
Ushbu siyosat muvaffaqiyatsizlikka uchradi
, O‘zbekiston kuchli 
sanoat davlatiga aylanmadi, ammo iqtisodiy rivojlanishda sezilarli darajada 
orqada qoldi. 2017 yilda boshlangan tizimli islohotlar samarasiz iqtisodiy 
modelni tark etishni nazarda tutadi. Biroq, qishloq xo‘jaligi sohasidagi 
ma'muriy tartibga solish mexanizmlariga hali ham muhim o‘zgarishlar 
kiritilmagan. 
Sektor radikal islohotga muhtoj, uning asosiy mazmuni quyidagilardan 
iborat: 


- ayrim ekinlar uchun yerni majburiy kvotalashni bekor qilish (agar davlat 
buyurtmasi saqlanib qolsa-da, fermerlarga ishlab chiqarish tarkibini 
optimallashtirish uchun yerlardan erkin foydalanish imkoniyati 
berilishi 
kerak
). 
- paxta va g‘alla ishlab chiqarish bo‘yicha rejalashtirilgan maqsadli dasturlar 
amaliyotidan voz kechish (agar bir vaqtning o‘zida bo‘lmasa, keyinchalik 
rejalashtirilgan maqsadlarni kamida bosqichma-bosqich, yillik qisqartirish). 
- paxta va bug‘doy uchun erkin va raqobatbardosh bozorlarni shakllantirish 
va rivojlantirish. 
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha barcha ma'muriy 
to‘siqlarni bartaraf etish. 
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun resurslar va 
xizmatlar uchun erkin va raqobatbardosh bozorlarni shakllantirish va 
rivojlantirish. 
- qishloq xo‘jaligi yerlarini xususiy mulkka egalik qilish imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda yer lizing huquqlarini mustahkamlash, mavjud lizing 
shartnomalarini himoya qilish. 
Yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqaruvchilarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yerlardan samarali 
foydalanishni rag‘batlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
diversifikatsiya qilish, shu jumladan meva-sabzavot va yem-xashak ekinlarini 
ko‘paytirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishining umumiy hajmini hamda agrar sektorning eksport salohiyatini 
oshirishga imkon beradi. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling