Microsoft Word p offer For Platform Edit docx


Download 126.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana21.04.2023
Hajmi126.95 Kb.
#1368209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
oferta




“NAJOT TA’LIM MARKAZI” MChJning najottalim.uz online o‘quv platformasining 
jismoniy shaxslarga yo‘llagan 
OMMAVIY OFERTASI 
 
Ommaviy oferta saytga joylangan sana 13-iyun, 2022-yil. 
I. UMUMIY QOIDALAR 
1.1. O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli, 
72-a uy manzili bo‘yicha joylashgan “NAJOT TA’LIM MARKAZI” MChJ (XATB «Xalk 
banki” hisob raqami № 20208000400908346001, MFO 00828, STIR 305672632, Davlat 
guvohnomasi raqami № 625423), bunday keyin “Platforma” deb yuritiladi; ushbu ommaviy 
ofertani akseptlovchi jismoniy shaxslarga (kelgusida “foydalanuvchi”) ushbu ofertada aks 
etgan shartlar asosida o‘quv materiallarni onlayn taqdim etish xizmatlarini (bundan keyin 
“onlayn o‘quv kursi” yoki “xizmatlar” deb yuritiladi) taqdim etadi. 
1.2. Ushbu ommaviy oferta zamonaviy kasblarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv 
materiallarini onlayn taqdim etish xizmati bo‘yicha tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Bundan 
keyin matn bo‘yicha shartnoma (ushbu shartnoma) va oferta (ushbu oferta) atamalari bir xil 
ahamiyatga ega. 
1.3. Ommaviy oferta shartlari, shartnoma tomonlari rioya qilishlari kerak bo‘lgan 
boshqa talablar onlayn o‘quv kursining qoidalari hisoblanadi. 
1.4. najottalim.uz saytida foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida internetda 
https://najottalim.uz/oferta.pdf manzilida joylashgan ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan 
(aksept) vaqtdan boshlab shartnoma kuchga kirgan hisoblanadi. 
II. FOYDALANILGAN ATAMALAR IZOHI 
2.1. najottalim.uz onlayn o‘quv platformasida xizmat ko‘rsatish uchun tuzilgan mazkur 
shartnomada qo‘llangan atamalar quyidagicha tushuniladi: 
Shartnoma – najottalim.uz onlayn o‘quv platformasida xizmat ko‘rsatiluvchi amaldagi 
ushbu ommaviy oferta tushuniladi. Oferta matni internetdagi https://najottalim.uz/oferta.pdf 
manzilida joylashtirilgan. 

Download 126.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling