Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Ibn Kasir aytadilar: «Ismoil (a.s.)ning avval uylangan va otalari Ibrohim «o‘zgartirishga» buyurgan xotinlari 
Ammora binti Sa’d ibn Usoma ibn Akiyl al-amoliqiy edi. 
Keyingi uylangan, otalari Ibrohim (a.s.)ga manzur bo‘lib, «avaylab saqlashga» buyurgan xotinlari esa As-
Sayyida binti Mazoz ibn Amr al-jurhumiy edi. As-Sayyida Ishoq (a.s.)ga o‘n ikkita o‘g‘il tug‘ib berdi. Ularning 
ismlarini Muhammad ibn Ishoq quyidagicha bayon etganlar: Nobit, Qaydor, Azyal, Miysho, Masma’, Mosh, 
Davso, Arar, Yatur, Nabash, Taymo va Qayzamon». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 169-bet.)
 
 
Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilni ko‘rgani yana keldilar. Bu safargi kelishlari Allohning yana bir buyrug‘ini ado 
etish, Makkada uning Baytini bino qilish uchun edi. Ota-bola sog‘inch alangasini zamzam bulog‘i yonidagi bir 
daraxt tagida mahkam quchoqlashib, uzoq suhbatlashib pasaytirganlaridan so‘ng Ota O’g‘liga bir sirni oshkor 
qilib dedilar: «Alloh menga, ey o‘g‘lim, shu tepalikka bir uy qurishimni buyurdi». 
Ismoil otasining gaplariga: «Ey, otajon, Alloh buyurgan muborak ishni kechiktirmasdan boshlang, men sizga 
bu ulug‘ ishda yordamchingiz bo‘laman» - dedi. 
Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Ka’bani qurishni Ibrohim (a.s.)ga buyurgandan keyin, Ibrohim 
(a.s.) Makkaga keldilar. Ismoilni qidirib, zamzam yonida kamon o‘qlarini o‘tkirlayotganini ko‘rdilar. Ota-bola 
uchrashganlaridan keyin, Ibrohim (a.s.) o‘g‘illariga: «Ey, Ismoil, Robbim menga uning uchun uy qurishimni 
buyurdi», - dedilar. Ismoil otasiga: «Ey, otajon, unda Robbingizga itoat qiling va buyrug‘ini bajaring!» - dedi. 
Ibrohim (a.s.): «Ey o‘g‘ilcham, Alloh bu ishda sening yordam berishingni ham aytdi» - dedilar. Ismoil darhol 
otasiga qulluq qilib: «Unday bo‘lsa, albatta yordam beraman» - dedi. 
Alloh taolo qurilajak binoning asosiga ishora qildi. Ba’zilar, shamol ilon qiyofasida kelib, to‘rt burchakli shakl 
hosil qildi, deydilar. Ba’zilar, bulut soyasi bilan Ka’baning joyini ko‘rsatdi, deydilar. Uchinchi toifa esa
Ka’baning qadimgi Odam (a.s.) qurgan o‘rnini ochib, o‘sha eski binoning poydevori ustiga ko‘tarildi, deydilar.
Ota-bola Allohning uyi-Ka’ba qurilishini boshladilar. Ibrohim binoni qurdilar, Ismoil otalariga tosh olib berib 
turdilar. Bu haqda Alloh taolo shunday xabar beradi:  

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling