Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Alloh taolo Shuaro surasida Shuayb (a.s.)ning qavmini bulutdan chiqqan olov bilan halok qilganini, A’rof 
surasida zilzila bilan halok etganini, Hud surasida esa qattiq ovoz bilan halok etganini bayon qiladi. Allohning 
azobini takror va turlicha bo‘lganiga qaraganda, Madyan aholisi bilan al-Ayka aholisi Shuayb payg‘ambar qilib 
yuborilgan ikki qavm deyish mumkin. 
Hofiz ibn Asokir «Shuayb payg‘ambarning tarjimasi»da Abdulloh ibn Amrdan shunday rivoyat keltiradi: «Albatta, 
Madyan qavmi bilan al-Ayka Ashoblari ikki qavm-ummat bo‘lib, ularga Shuayb (a.s.) payg‘ambar etib yuborilganlar». (Ibn 
Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 165-bet.)
Ulamolar ushbu hadis roviysi Abdulloh ibn Amrning ishonchsizligini aytib o‘tganlar. 
Ibn Kasir «Qisasul-Anbiyo» kitobida shunday yozadi: «Alloh taolo al-Ayka Ashoblari ustida qilingan mazammatlar: 
masalan savdodagi xiyonat, tosh-tarozudan urib qolishlarni Madyan qavmi ustida ham qilgan, ya’ni ikkovining gustohligi 
va xatolari bir xil bayon etilgan. Shunga ko‘ra, Madyan aholisi va al-Ayka Ashoblari bir qavm-ummat bo‘lib, ular turlicha 
azoblar bilan halok etilgan». (O’sha manba, 166-bet.)
Bunday fikr Muhammad Jodul-Mavloning «Qisasul-Qur’on» kitobida ham bayon etilgan: 
«Alloh taolo Shuaybning duosini qabul etdi va qavmini qattiq issiq bilan azobladi. Issiq shu qadar kuchli 
ediki, ularning chanqog‘ini suv qondirolmasdi, haroratni soyalar to‘solmasdi. Ular bunday dahshatli issiqdan 
qochib, shaharni tashlab chiqdilar. Lekin ular Allohning qazosidan qochib, yana uning qazosiga yo‘liqqanlarini 
bilmas edilar. Osmonda soyabondek turgan qora bulut soyasiga oftob tig‘idan saqlanish uchun bordilar. 
Hammalari yig‘ilgandan so‘ng, qora bulutdan yashin chaqnadi, qattiq gulduragan ovoz ularni sarosimaga soldi 
va xushlarini oldi. Oyoqlari ostida esa Yer silkinib, zilzila bo‘ldi. Qattiq xavf va dahshatga tushgan qavm jonsiz 
tanalarga aylandilar. 
Shuayb (a.s.) ularning holiga achindilar, qalblari o‘rtandi. Lekin ularning zalolatdan qaytmaganlarini eslab:

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling