Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- اًﺮﻴِﺒْﺘَﺗ ﺎَﻧْﺮﱠﺒَﺗ ) ٣٩ ( «Od, Samud
- oldin Nuh qavmi, «quduq egalari», Samud
3.1. «ASHABUR-RASSI»
(Quduq egalari) «Quduq egalari» qavmi haqida Qur’oni karimning ikki surasida oyatlar nozil bo‘lgan. Biri «Furqon» surasida: اًﺮﻴِﺜَآ َﻚِﻟَذ َﻦْﻴَﺑ ﺎًﻧوُﺮُﻗَو ِّسﱠﺮﻟا َبﺎَﺤْﺻَأَو َدﻮُﻤَﺛَو اًدﺎَﻋَو ) ٣٨ ( ﻼُآَو َلﺎَﺜْﻣﻷا ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺑَﺮَﺿ ﻼُآَو اًﺮﻴِﺒْﺘَﺗ ﺎَﻧْﺮﱠﺒَﺗ ) ٣٩ ( «Od, Samud (qabilalarini) va «quduq egalarini»(Har ikki oyatning tarjimasida “Quduq egalari”ni Shayx Abdulaziz Mansur «Shuayb qavmi» deb izoh bergan. Bu izohda biroz chalkashlik bor.(muallif)) hamda shu oradagi ko‘p avlodlarni (eslang). Barchalariga masallar keltirdik va (gap kor qilmagach), barchalarini butunlay yo‘q qilib yubordik». (Furqon, 38-39.) Ikkinchisi Qof surasida: ُدﻮُﻤَﺛَو ِّسﱠﺮﻟا ُبﺎَﺤْﺻَأَو ٍحﻮُﻧ ُمْﻮَﻗ ْﻢُﻬَﻠْﺒَﻗ ْﺖَﺑﱠﺬَآ ) ١٢ ( ٍطﻮُﻟ ُناَﻮْﺧِإَو ُنْﻮَﻋْﺮِﻓَو ٌدﺎَﻋَو ) ١٣ ( ِﺪﻴِﻋَو ﱠﻖَﺤَﻓ َﻞُﺳﱡﺮﻟا َبﱠﺬَآ ﱞﻞُآ ٍﻊﱠﺒُﺗ ُمْﻮَﻗَو ِﺔَﻜْﻳﻷا ُبﺎَﺤْﺻَأَو ) ١٤ ( «Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi, «quduq egalari», Samud (qabilasi) inkor qilgan edilar. Shuningdek, Od (qabilasi), Fir’avn (qavmi), Lutning og‘a-inilari, daraxtzor egalari (Shuayb qavmi) va Tubba’ qavmi ham. Ularning barchalari payg‘ambarlarni inkor etishgach, mening va’dam (azobim ularga) muqarrar bo‘ldi». (Qof, 12-14.) mazmunidagi oyatlardir. Bu oyatlarning mazmuniga qaraganda, boshqa qavmlar qatori «Quduq egalari» qavmi ham ommaviy jazo bilan halok etilganlar. Ibn Jarir at-Tabariyning aytishicha, «Quduq egalari» qavmi «Buruj» surasida aytilgan «olovli choh» («Olovli choh» Payg‘ambarimizdan oldin o‘tgan ummatlar ichida zolim podshoh buyrug‘i 6ilan imonli kishilarga qattiq azob berilgani, axiri ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o‘zlari qulagani, choh ichidagi olov mo‘‘minlarni emas, balki ularning o‘zlarini kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda. (Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001 y. 590-bet.) egalaridir. «Olovli choh» voqe’asi Ibn Ishoq va ba’zi olimlarning fikricha, Iso (a.s.)dan keyin sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, ikki oyatning mazmuni ham Ibn Jarirning fikrini rad etadi. Ibn Abbos (r.a.)ning fikricha, «Quduq egalari» Samud qabilasi yashagan qishloqlardan birining aholisidir. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 210-bet.) Mufassirlardan Ikrima aytadi: «Quduq egalari» Yosin Ashoblari bo‘lib, ular Falaj(Falavja Furot daryosi sohilidagi qadimiy qishloq.(Al-Munjid) shahrida yashaganlar. Mufassirlardan Qatodaning fikricha, Falaj Yamoma qishloqlaridan biridir. Abu Hotim Ibn Abbosdan rivoyat qilishicha, «Quduq egalari» Ozarbayjondagi bir quduq voqeasida ishtirok etgan kishilardir. (Tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 318-319-bet.) Ikrimaning fikricha, Payg‘ambarlar dafn etilgan bir quduqning nomidir. Al-Hofiz «al-Kabir» kitobida, Abul-Qosim ibn Asokir «Tarix» kitobining avvalida shunday rivoyat keltiradi: «Ashobur-Rassi (Quduq egalari) Hazur degan makonda yashar edilar. Alloh taolo ularga Hanzala ibn Safvon ismli kishini payg‘ambar etib yubordi. Qavm Allohning payg‘ambarini inkor va takzib qildilar. Od qabilasining asoschisi bo‘lgan Od ibn Avs ibn Eram ibn Som ibn Nuh ham shu makonda yashar edilar. Od o‘z avlodlarini olib Rassdan chiqib ketdi va Ahqof nomli joyga joylashishdi. Rassda qolgan va payg‘ambarni takzib qilgan qavm esa ommatan halok etildi. Odning Jibrun ibn Sa’d ismli nabirasi o‘z odamlari bilan Damashq shahri o‘rniga joylashdi va shahar barpo etib, uni Damashq deb nomladi. Alloh taolo ularga Hud (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi. Ular ham payg‘ambarga imon keltirmay halokatga uchradilar. Bu rivoyatdan chiqadigan xulosa shuki, «Ashobur-Rassi» halokati Od qavmi halokatidan uzoq muddatlar avval sodir bo‘lgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 210-bet.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling