Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- (O’sha manba, 43-b.)
www.ziyouz.com kutubxonasi
10 bilan kutgan payg‘ambarning Iyso emasligini da’vo qilish maqsadida odamzod tarixidan, xususan nasroniylar tarixidan ming yilni qisqartirib tashlaganlar. Majusiylarning hisob-kitoblariga qaraganda Qayumars (Odam)dan Payg‘ambarimiz (s.a.v)gacha bo‘lgan zamonning muddati uch ming bir yuz o‘ttiz to‘qqiz(3139) yil bo‘lib, podshoh Qayumars ayni bashariyatning otasi – Odam (a.s.) ekanliklari da’vo qilinadi. Odamzodning tarixi ko‘rib o‘tganimizdek turli toifalarda turli muddat bilan hisob-kitob qilinsa ham, tarixchi olimlarning ba’zilari birinchisini, ba’zilari ikkinchisini, yana ba’zilari esa uchinchisini quvvatlaydilar. To‘rtinchi toifalar esa: «Tarixchilar tilga olayotgan Qayumars nomli shaxs Odam ota emas. U kishi Jomir ibn Yofas ibn Nuh bo‘lib, Nuh payg‘ambar xizmatlarida uzoq vaqt bo‘lgan, Nuh (a.s.)ning duolari sharofati bilan podsholikka ega bo‘lib, uzoq umr ko‘rgan va podsholik uning zurriyotidan hech arimagan. Qayumars forslarning otasi bo‘lib, uning zurriyotidan podshohlik musulmonlar davrigacha yetib kelgan. Musulmonlar fors shaharlarini fath qilib, Kisro mamlakatiga kirib borganlaridan keyingina Qayumars zurriyotlari qo‘lidan podshohlik ketdi» , (Tabariy. Tarixil- umam val-muluk. Qohira. 1939. 1-j. 13-bet.) – deydilar. Zamon kecha va kunduzning soatlaridan tashkil topgan bo‘lsa, uning harakati kecha va kunduzning almashinuvidan hosil bo‘lsa, ikkovidan qaysi biri oldin yaratilgan, kechami yoki kunduzmi? Bu savolga javob berishda ulamolar ikki toifaga bo‘linadilar. Birinchi toifa deydilar: «Alloh taolo kechani avval yaratgan. Chunki, qachon quyoshning nuri kelsa, kecha chekinadi. Quyosh botsa, olamni zulmat qoplaydi. Quyosh va oy yaratilgandan keyingina yorug‘lik paydo bo‘ldi, yorug‘liksiz hamma joyda qorong‘ulik hukmron, shunday ekan, avval kecha va keyin kunduz yaratilgan. Bu haqda Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan: «Kecha kunduzdan avval yaratilganmi?»,- deb so‘ralganda, Ibn Abbos: «Bilmaysizmi, Yeru osmonlar sochilib yotgan paytda, ularning orasida faqat zulmat bor edi. Mana shu narsa, kunduzdan avval kecha bo‘lganligini ko‘rsatadi»,- deb javob berdilar». (O’sha manba, 43-b.) Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling