Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


buzg‘unchilikni avj oldirishidan qo‘rqmoqdaman». Muso aytdi: «Men Rabbim va Rabbingiz bo‘lgan


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet213/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

buzg‘unchilikni avj oldirishidan qo‘rqmoqdaman». Muso aytdi: «Men Rabbim va Rabbingiz bo‘lgan 
Allohdan Hisob kuniga imon keltirmaydigan barcha mutakabbirlarning yomonligidan panoh berishini 
so‘rayman. (Shunda) Fir’avn zodagonlaridan bo‘lgan, o‘zining imonini yashirib yuradigan bir mo‘min 
kishi dedi: «Bir kishini, «Mening Rabbim Allohdir», - degani uchun o‘ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga 
Rabbingiz tomonidan hujjatlarni keltirgandir. Agar u yolg‘onchi bo‘lsa, yolg‘oni - o‘ziga! Bordiyu 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
rostgo‘y bo‘lsa, u holda sizlarga u va’da qilayotgan azoblardan ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta, Alloh 
haddan oshuvchi va yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas. Ey qavmim, bugun-ku hukmronlik sizlarniki
shu yerda g‘olibsizlar. Endi agar, bizlarga Allohning azobi kelsa, kim bizlarga yordam berur?! Fir’avn 
aytdi: «Men sizlarga faqat o‘zim ra’y qilayotgan narsani (Musoni o‘ldirishni) ko‘rsatayapman va men 
sizlarni faqat to‘g‘ri yo‘lga yetaklayman». (G’ofir, 26-29.)
 
 
Mufassirlarning aytishlaricha, imonini yashirgan, Fir’avnning fikriga qarshi chiqib, unga e’tiroz bildirgan va 
qavmini Allohning azobi tushib qolishidan ogohlantirgan kishi Fir’avnning amakivachchasi edi. 
Ibn Abbos aytadilar: «Qibt qabilasidan faqat ikki kishi imon keltirgan bo‘lib, biri shu kishi, ikkinchisi 
Fir’avnning xotini Osiya binti Mazohim edi». 
Mazkur mo‘min kishining ismini ad-Doruqutniy «Sham’on», Ibn Jarir esa «Xayr» deb keltirganlar. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Jihodning eng afzali zolim sulton huzurida rost so‘zlashdir». 
«Imonli kishi»ning Fir’avn huzuridagi jur’atli so‘zi Allohning payg‘ambarini himoyasi uchun aytilgani tufayli darajalarning 
eng yuqorisiga loyiqdir. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 249-bet.)
 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling