Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 As-Sadiydan rivoyat qilinishicha, Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilni sog‘indilar. Soradan ijozat so‘rab, buroqqa minib Makkaga yo‘l oldilar. Bu vaqtda Hojar olamdan o‘tgan, Ismoil (a.s.) esa Jurhum qabilasidan Ibrohimga manzur bo‘lgan xotinga uylangan edilar. (Tarixi Tabariy, 1-j. 216-bet.) Ibrohim (a.s.)ning vafotlari haqida As-Sadiy shunday rivoyat qiladi: «Ibrohim (a.s.) Allohdan o‘zlari so‘ramagunlaricha Azroilni yubormaslikni tilab duo qilgan edilar. O’zlari juda saxovatli kishi edilar. Bir kuni odamlarni mehmon qilib turganlarida, uzoqdan bir keksa kishining issiqda qiynalib kelayotganini ko‘rdilar. Uning oldiga darhol eshaklarini yuborib, unga o‘tirg‘izib olib keldilar. Keksa kishi yetib kelgandan keyin uning oldiga ham taom qo‘ydilar. Mehmon juda keksaligidan luqmani yeyish uchun qo‘li bilan og‘ziga emas, balki ko‘ziga, qulog‘iga olib borib, keyin og‘zini zo‘rg‘a topdi va unga luqmani tashladi. Ovqat oshqozoniga tushishi bilan, to‘xtamasdan orqasidan chiqib ketdi. Buni ko‘rgan Ibrohim (a.s.) keksa kishidan: «Bu nima qiliq?» - deb so‘radilar. Mehmon: «Uzr, qarilik-da!» - dedi. Yoshini so‘ragan edilar, Ibrohim (a.s.) ning yoshlaridan ikki yosh kattaligini aytdi. «Mendan bor-yo‘g‘i ikki yosh katta ekansiz, men ham sizning yoshingizga borganimda shunday ahvolga tushamanmi?» - dedilar va Allohga iltijo qilib: «Ey, Alloh! Mana shu odamning holi boshimga kelmasdan turib mening ruhimni qabz qilgin!» - dedilar. Kelgan keksa mehmon o‘lim farishtasi edi, shu ondayoq o‘rnidan turib, Ibrohim (a.s.)ni qabzi ruh qildi. Ibrohim (a.s.) vafot etganlarida, yoshlari ikki yuz yoshda edilar. Ba’zi rivoyatlarda, bir yuz yetmish besh yil yashaganlari aytiladi. Ibrohim (a.s.) xotinlari Sora dafn etilgan Falastindagi Madinatul-Xalil (Hibrun)(Ba’zi rivoyatlarda Jayrun) shahariga dafn etildilar. Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling