Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 Ibn Kasir aytadilar: «Ismoil (a.s.)ning avval uylangan va otalari Ibrohim «o‘zgartirishga» buyurgan xotinlari Ammora binti Sa’d ibn Usoma ibn Akiyl al-amoliqiy edi. Keyingi uylangan, otalari Ibrohim (a.s.)ga manzur bo‘lib, «avaylab saqlashga» buyurgan xotinlari esa As- Sayyida binti Mazoz ibn Amr al-jurhumiy edi. As-Sayyida Ishoq (a.s.)ga o‘n ikkita o‘g‘il tug‘ib berdi. Ularning ismlarini Muhammad ibn Ishoq quyidagicha bayon etganlar: Nobit, Qaydor, Azyal, Miysho, Masma’, Mosh, Davso, Arar, Yatur, Nabash, Taymo va Qayzamon». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 169-bet.) Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilni ko‘rgani yana keldilar. Bu safargi kelishlari Allohning yana bir buyrug‘ini ado etish, Makkada uning Baytini bino qilish uchun edi. Ota-bola sog‘inch alangasini zamzam bulog‘i yonidagi bir daraxt tagida mahkam quchoqlashib, uzoq suhbatlashib pasaytirganlaridan so‘ng Ota O’g‘liga bir sirni oshkor qilib dedilar: «Alloh menga, ey o‘g‘lim, shu tepalikka bir uy qurishimni buyurdi». Ismoil otasining gaplariga: «Ey, otajon, Alloh buyurgan muborak ishni kechiktirmasdan boshlang, men sizga bu ulug‘ ishda yordamchingiz bo‘laman» - dedi. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Ka’bani qurishni Ibrohim (a.s.)ga buyurgandan keyin, Ibrohim (a.s.) Makkaga keldilar. Ismoilni qidirib, zamzam yonida kamon o‘qlarini o‘tkirlayotganini ko‘rdilar. Ota-bola uchrashganlaridan keyin, Ibrohim (a.s.) o‘g‘illariga: «Ey, Ismoil, Robbim menga uning uchun uy qurishimni buyurdi», - dedilar. Ismoil otasiga: «Ey, otajon, unda Robbingizga itoat qiling va buyrug‘ini bajaring!» - dedi. Ibrohim (a.s.): «Ey o‘g‘ilcham, Alloh bu ishda sening yordam berishingni ham aytdi» - dedilar. Ismoil darhol otasiga qulluq qilib: «Unday bo‘lsa, albatta yordam beraman» - dedi. Alloh taolo qurilajak binoning asosiga ishora qildi. Ba’zilar, shamol ilon qiyofasida kelib, to‘rt burchakli shakl hosil qildi, deydilar. Ba’zilar, bulut soyasi bilan Ka’baning joyini ko‘rsatdi, deydilar. Uchinchi toifa esa, Ka’baning qadimgi Odam (a.s.) qurgan o‘rnini ochib, o‘sha eski binoning poydevori ustiga ko‘tarildi, deydilar. Ota-bola Allohning uyi-Ka’ba qurilishini boshladilar. Ibrohim binoni qurdilar, Ismoil otalariga tosh olib berib turdilar. Bu haqda Alloh taolo shunday xabar beradi: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling