Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang!
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang! (Shunda unga aytildi): «Oyog‘ing bilan ostingdagi
yerni tepgin!» U Allohning amrini bajargan edi, o‘sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So‘ng unga aytildi: «Mana shu muzdek ichiladigan va cho‘miladigan suvdir. (Qachonki Ayyub u suvda cho‘milib, so‘ng undan ichgach uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi)». (Sod, 41-42.) Ayyub (a.s.)ning xotinlari yolg‘iz Rahimagina bu uzoq muddatli sinov paytida eriga vafo qilib, sadoqat bilan xizmat qildi, ham erining, ham Allohning roziligini topdi. Ayyub (a.s.)ning kasallari shu darajada og‘ir ediki, go‘shtlari chirib, to‘kilib ketgan, faqat suyaklari va paylarigina qolgan edi. Ayyubning xotinlari qum olib kelar va qoq suyakning ostiga to‘shardi. Rahimaning eriga juda rahmi kelganidan, bir kuni: «Rabbingizga duo qilsangiz, sizga o‘zi shifo berardi» - dedi. Shunda Ayyub (a.s.): «Axir yetmish yil ne’matda va farovonlikda yashadim. Alloh uchun men ham yetmish yil azob cheksam, bu juda oz-ku!» - dedilar. Buni eshitgan Rahima biroz og‘ringan bo‘lsa-da, erining xizmatida astoydil davom etdi. Ahli kitoblarning rivoyat qilishicha, odamlar Ayyubni shahardan tashqariga axlatxonaga chiqarib tashlashdi. Chunki, u yara-chaqaning ko‘pligi va og‘irligidan sasib ketgan edi. Hamma undan yuz o‘girgan, faqat xotini Rahimagina avvalgi yaxshi kunlarini qadrlab, eriga vafo va sadoqat bilan xizmat qilardi. Molining va xizmatkorlarining hisobiga yetib bo‘lmaydigan Ayyub shunday qashshoqlashib ketdiki, Rahima birovlarning uyida xizmatkorlik qilib, topgan puliga Ayyub (a.s.) uchun taom sotib olardi. Nihoyat odamlar, erining kasalini yuqtirib qo‘yadi, deyishib Rahimani ishga ham aytmay qo‘yishdi, undan ham hazar qiladigan bo‘lishdi. Nochor qolgan vafodor xotin bir o‘rim sochini tagidan qirqdirib boylardan birining qiziga sotdi va puliga Ayyub uchun yegulik taomlar oldi. Ayyub (a.s.) taomni nari surib, buni qaerdan olganini so‘radi. Rahima, bu taomni odamlarning uyida ishlab topgan pulga olganligini aytdi. Ertasi kuni ham uni hech kim ishga aytmadi. Nochorlikdan ikkinchi o‘rim sochini ham qirqtirib, bir boyning qiziga sotdi va puliga Ayyub uchun taom sotib oldi. Ayyub (a.s.) bugun ham taomni yemasdan surib qo‘ydilar va uni qaerdan olganini xotinlaridan so‘radilar. Rahima, eriga taomni bemalol yeyishini, qaerdan olganini esa albatta tushuntirishini qasam ichib aytdi va ro‘molini olib, boshini ochib ko‘rsatdi. Ana shundagina Ayyub (a.s.): «Parvardigorim, menga musibat yetishdi. O’zing rahmlilarning rahmlirog‘isan» - deb duo qildilar. Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr aytadi: «Ayyub (a.s.)ning ikki yaqin birodarlari bor edi. Boshqalar yuz o‘girib ketgan bo‘lsa ham, ikkovi kelib, Ayyubdan xabar olib turishardi. Bir kuni kelishib, Ayyubning yaqiniga borolmasdan, uzoqdan salomlashishdi-da, keyin o‘zaro gaplashishib, biri ikkinchisiga dedi: «Agar Alloh taolo Ayyubni yaxshilar qatoriga qo‘shganda, uni bunchalik og‘ir kasalga mubtalo qilmasdi» - dedi. Bu gap Ayyubning quloqlariga yetib, qattiq ranjidilar va Allohning huzuriga iltijo qildilar: «Ey, parvardigor, men biror odamning ochligini bila turib, o‘zim to‘q yotmaganimni bilsang, meni tasdiq etgin!». Osmondan uni tasdiqlagan ovoz keldi va bu ovozni ikki birodari ham eshitdi. «Ey, parvardigorim, muhtoj-yalang‘och odamni bilganim holda, o‘zim ikkita kiyim kiymaganimni bilsang, meni tasdiq etgin!». Osmondan tasdiq ovozi keldi va bu ovozni ikkovi ham eshitdi. Keyin Ayyub: «Ey parvardigorim, sening aziz zotingdan najot so‘rayman, agar mendan bu baloni aritmas ekansan, men boshimni abadiy ko‘tarmayman!» - dedilar va sajdaga bosh qo‘ydilar. Alloh taolo barcha dardlaridan xalos qildi». Anas ibn Molik (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Allohning payg‘ambari Ayyubning sinovi o‘n sakkiz yil davom etdi. Ayyubning yaqinlari ham, uzoq tanishlari ham undan yuz o‘girishdi. Faqat doim Ayyubning yoniga chopadigan ikki qadrdonlarigina kelib-ketib, xabar olib yurishardi. Ularning biri ikkinchisiga dedi: «Bilasanmi, nima uchun o‘n sakkiz yildan buyon Alloh Ayyubga najot bermayapti, chunki u kechirilmaydigan katta gunoh qilib qo‘ygan, shuning uchun Alloh unga rahm qilmayapti» - dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling