Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Oyog‘ing bilan ostingdagi yerni tepgin! «Mana shu muzdek ichiladigan va cho‘miladigan suvdir»
www.ziyouz.com kutubxonasi
77 Sherigi bu gapni sir saqlay olmasdan, Ayyubga aytib qo‘ydi. Ayyub (a.s.) qattiq iztirobga tushdilar va: «Nima deyapsan?! Alloh biladi, men bir kuni ikki kishining janjallashayotganini eshitdim. Ular tinmay Allohning nomini tilga olishardi. Men ularga, Allohning nomini faqat haq bo‘lsanggina tilga ol, deb tanbeh bergan edim. Keyin uyga kelib, qilgan ishimga pushaymon yedim va kafforat berdim. Bundan boshqa xato qilganimni bilmayman» - dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul- anbiyo. Qohira. 205-bet.) Ayyub (a.s.) agar hojatga chiqmoqchi bo‘lsalar, Rahimaning yetagida chiqar edilar. Bir kuni zarur bo‘lib, xotinlarini chaqirdilar, ammo u kelavermadi. Alloh taolo shu onda Ayyub (a.s.)ga vahiy yuborib: «Oyog‘ing bilan ostingdagi yerni tepgin! «Mana shu muzdek ichiladigan va cho‘miladigan suvdir» - deb xitob qildi. Ayyub (a.s.) ichkiyu tashqi kasalliklaridan shifo topib, avvalgidan ham sog‘lomroq va go‘zalroq insonga aylandilar. Birozdan so‘ng Ayyub (a.s.)ning xotinlari kelsa, nihoyatda xushro‘y va sog‘lom bir kishi o‘tiribdi. Undan shu yerda yotgan kasal mubtalo erining qayoqqa ketganini so‘radi: «Baraka toping! Shu yerda yotgan mubtalo payg‘ambarni ko‘rmadingizmi? Allohga qasamki, siz erimning sog‘lik vaqtidagi qiyofasiga juda o‘xshar ekansiz!» Ayyub (a.s.): «Men Ayyubning o‘ziman» - dedilar. Ibn Abbos (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Ayyub (a.s.)ga jannat libosidan kiydirdi. U kishi o‘rinlaridan turib bir chekkaga borib o‘tirdilar. Rahima kelib, o‘z erini tanimadi va: «Ey, Allohning bandasi, shu yerda yotgan kasal qayoqqa ketdi? Uni itlar yoki bo‘rilar tortib ketmadimikin?!». Ayyub (a.s.) xotinlariga: «Ey, sho‘ring qurg‘ur, men axir Ayyubning o‘ziman-ku!» - dedilar. Xotin taajjublanib: «Ey, Allohning bandasi, siz meni masxara qilyapsizmi?» - dedi. Ayyub (a.s.) takroran: «Axir men Ayyubman-ku! Alloh menga asli jasadimni qaytarib berdi» - dedilar. Ibn Abbos aytadilarki, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ga sog‘lik bilan birga mol- dunyolarini, avlodlarini va a’yonlarini ikki barobar qilib qaytarib berdi. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytdilar: «Alloh taolo Ayyub (a.s.)ga shifo bergandan keyin, osmondan tilla chigirtkalarni yomg‘ir qilib yog‘dirdi. Ayyub (a.s.) ulardan birini olib liboslariga taqib oldilar. Alloh taolo u kishiga: «Ey, Ayyub! Dunyoga haliyam to‘ymadingmi?» - deb xitob qildi. Ayyub (a.s.): «Ey Robbim, sening rahmatingga kim to‘yibdi?!» - dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 206-bet.) Ayyub (a.s.)ga yetgan kasalliklar va og‘riqlar ahli kitoblar tomonidan haddan ortiq bo‘rttirib ko‘rsatilgani ba’zi mufassirlarning ta’nasiga va inkoriga sabab bo‘lgan. Masalan: ustoz Ahmad Mustafo Al-Marog‘iy o‘zining «Tafsirul-Marog‘iy» kitobida shunday deydi: «Ayyub (a.s.)ga yetgan kasallikning odamlar nafrat qiladigan va uni shahardan tashqariga, axlatxonaga chiqarib tashlaydigan darajada bo‘lishi, undan barcha yaqinlar yuz o‘girishib, faqat xotini Rahimagina uning oziq-ovqatidan xabar olib turishi to‘g‘risidagi rivoyatlar yolg‘on isroiliy rivoyatlardan bo‘lib, bu rivoyatlarning barchasini yolg‘on deb e’tiqod qilish vojibdir. Chunki, mazkur rivoyatlarning rostligini quvvatlovchi sahih sanadlar mavjud emas. Buning ustiga Allohning payg‘ambarlari bunchalik darajada hamma jirkanadigan va axlatxonaga chiqarib tashlanadigan kasalliklarga mubtalo bo‘lishi mumkin emas. Agar shunday bo‘lsa, payg‘ambar o‘z ummatiga aralasholmay qoladi va shariat hukmlarini ularga yetkazolmay qoladi». (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 209-bet.) Ammo biz ahli kitoblarning rivoyatlarigagina emas, balki Ayyub (a.s.) haqlarida qissa qilingan Qur’oni karim oyatlariga e’tibor qilsak, ustoz Marog‘iyning ta’nalari o‘rinsiz ekanligining guvohi bo‘lamiz. Chunki, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning jismlariga qattiq zarar yetganini, unga uzoq muddat sabr qilib, keyin alam jonlaridan o‘tgandan keyin, Allohga iltijo qilganlarini, Alloh bu iltijoli duoni mustajob qilib, Ayyub (a.s.)ga oyoqlari ostidan shifobaxsh suv chiqarib berganini va undan ichib, cho‘milganlaridan keyin jismlaridan dard-alam chiqib ketganini hikoya qilib beradi. Bir kun Ayyub (a.s.)ning xotinlari ko‘chada bir tabibni uchratib qoldi. Uni Ayyub (a.s.)ni davolatish uchun uyga boshlab keldi. Tabibning odam qiyofasidagi iblis ekanini payqab qolib, Ayyub (a.s.) uni boshlab kelgan xotinlariga g‘azab qildilar va: «Eson-omon tuzalsam, seni yuz darra uraman!» - deb qasam ichdilar. Ba’zi olimlarning fikricha, Rahima eridan so‘ramasdan soch o‘rimlarini sotgani uchun, Ayyub (a.s.) uni yuz darra urishga qasam ichgan edilar. Muhammad Jodul Mavloning «Qur’on qissalari» kitobida buning sababi quyidagicha keltirilgan. (Rivoyat qisqartirib berildi.) «Ayyub (a.s.)ning fazilatlari farishtalar o‘rtasida maqtab zikr qilindi. Ular aytardilar: «Bugunki kunda Yer yuzida Ayyubdan boshqa yaxshiroq odam yo‘q. U e’tiqodli mo‘min, seribodat muttaqiydir. Uning rizqini ham Alloh taolo kengaytirib berib qo‘ygan, umrini uzoq qilgan. Uning molidan boyu kambag‘al bahramand, kecha- kunduz Allohga uning ne’matlari uchun shukr etib, ibodat qiladi». Farishtalarning bunday maqtovidan Iblisning hasadi qo‘zg‘adi va Ayyubni yo‘ldan urib, amallarini botil qilishni istadi. Avval Ayyubning qalbiga vasvasa bilan fitna solishga urindi. Buning uddasidan chiqa olmagach, Allohning yaqiniga borib, unga ig‘vo qila boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling