Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet161/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

2.16. YUNUS (A.S.) 
Yunus (a.s.) qissalari Qur’oni karimda to‘rt suraning to‘rt oyatida zikr etilgan.
Yunus (a.s.)ning qavmlari, garchi hukm amalga oshmay qolgan va ularning tavbalari Allohning huzurida qabul etilgan 
bo‘lsada, tarixan ommaviy halokatga hukm etilgan qavmlar sirasiga kiradi. Yunus (Uning nisbati Ibn Mattodir. Ba’zi 
oliimlarning so‘ziga qaraganda Matto onasining ismi. Ahli kitoblar Yunusni Yunon ibn Umtoy deb ataydilar)
(a.s.)ning 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
nasablari Yusufning ukasi Binyomin avlodlariga bog‘lanadi. 
Shom mamlakatining Mavsil qishloqlaridan biri bo‘lgan Naynavoda istiqomat qiluvchi qavm sanamlarga 
ibodat qilardilar. Alloh taolo bu butparast xalqni Haq diniga da’vat etish uchun Yunus (a.s.)ni payg‘ambar etib 
yubordi. Yunus (a.s.) juda ko‘p nasihatlar qilgan bo‘lsalar ham, qavmga Alloh hidoyat nasib etmadi, imonga 
kelmadilar, butlaridan yuz o‘girmadilar. 
Yunus (a.s.) ularga, agar imon keltirmasalar, bir necha kundan keyin ularga Allohning azobi kelishini 
aytadilar. Ular shunda ham imonga kelmaydilar. Yunus (a.s.) qavmdan g‘azablanadilar va yo‘llarida duch 
kelgan dengiz sohilida bir kemaga minib, ulardan uzoqlashadilar.
Yunus (a.s.) kemaga mingan kunlari Naynavo shahri ustidagi osmon qoraydi, shaharni dahshatli quyuq 
tuman qopladi. Hamma Yunus (a.s.) aytgan dahshatli azobning kelishi haq ekanligini angladi, ularning 
qalblariga o‘lim vahimasi tushib, biz ham Od, Samud, Lut qavmlariga o‘xshab Allohning umumiy azobiga 
duchor bo‘lib, yer bilan yakson bo‘lib, yer yuzidan butunlay nomimiz o‘chib ketmasa edi, do‘zax azobiga giriftor 
bo‘lmasak edi, deb Yunus (a.s.)ni ko‘p qidirdilar, Allohga ko‘p iltijo qildilar. Alloh taolo ularning tavbasini qabul 
qildi, ularga shafqat qildi va muayyan azobdan xalos qildi. 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling