Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
bilan kutgan payg‘ambarning Iyso emasligini da’vo qilish maqsadida odamzod tarixidan, xususan nasroniylar 
tarixidan ming yilni qisqartirib tashlaganlar.
Majusiylarning hisob-kitoblariga qaraganda Qayumars (Odam)dan Payg‘ambarimiz (s.a.v)gacha bo‘lgan 
zamonning muddati uch ming bir yuz o‘ttiz to‘qqiz(3139) yil bo‘lib, podshoh Qayumars ayni bashariyatning 
otasi – Odam (a.s.) ekanliklari da’vo qilinadi. 
Odamzodning tarixi ko‘rib o‘tganimizdek turli toifalarda turli muddat bilan hisob-kitob qilinsa ham, tarixchi 
olimlarning ba’zilari birinchisini, ba’zilari ikkinchisini, yana ba’zilari esa uchinchisini quvvatlaydilar. To‘rtinchi 
toifalar esa: 
«Tarixchilar tilga olayotgan Qayumars nomli shaxs Odam ota emas. U kishi Jomir ibn Yofas ibn Nuh bo‘lib, 
Nuh payg‘ambar xizmatlarida uzoq vaqt bo‘lgan, Nuh (a.s.)ning duolari sharofati bilan podsholikka ega bo‘lib, 
uzoq umr ko‘rgan va podsholik uning zurriyotidan hech arimagan. Qayumars forslarning otasi bo‘lib, uning 
zurriyotidan podshohlik musulmonlar davrigacha yetib kelgan. Musulmonlar fors shaharlarini fath qilib, Kisro 
mamlakatiga kirib borganlaridan keyingina Qayumars zurriyotlari qo‘lidan podshohlik ketdi»
, (Tabariy. Tarixil-
umam val-muluk. Qohira. 1939. 1-j. 13-bet.)
– deydilar. 
Zamon kecha va kunduzning soatlaridan tashkil topgan bo‘lsa, uning harakati kecha va kunduzning 
almashinuvidan hosil bo‘lsa, ikkovidan qaysi biri oldin yaratilgan, kechami yoki kunduzmi? 
Bu savolga javob berishda ulamolar ikki toifaga bo‘linadilar. Birinchi toifa deydilar: 
«Alloh taolo kechani avval yaratgan. Chunki, qachon quyoshning nuri kelsa, kecha chekinadi. Quyosh 
botsa, olamni zulmat qoplaydi. Quyosh va oy yaratilgandan keyingina yorug‘lik paydo bo‘ldi, yorug‘liksiz 
hamma joyda qorong‘ulik hukmron, shunday ekan, avval kecha va keyin kunduz yaratilgan. Bu haqda 
Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan: 
«Kecha kunduzdan avval yaratilganmi?»,- deb so‘ralganda, Ibn Abbos: «Bilmaysizmi, Yeru osmonlar 
sochilib yotgan paytda, ularning orasida faqat zulmat bor edi. Mana shu narsa, kunduzdan avval kecha 
bo‘lganligini ko‘rsatadi»,- deb javob berdilar». (O’sha manba, 43-b.)

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling