Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
Odam (a.s.) qissasi
Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi turli shakllarda tushuntirib berilgan . (Baqara, 30-38.) Ba’zi islom olimlarining fikrlariga ko‘ra, Qur’oni karimda zikr etilgan «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Demakki, «Odam (a.s.) qissasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir inson mohiyatiga oid ibratli hikoyadir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabiat quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir. (Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai Mubashshara. 1-t. Toshkent. 1995. 20-bet.) Odam (a.s.) qissasining to‘la tafsiloti turli kitoblarda, jumladan, o‘zbek tilida bosilib chiqqan «Qisasi Rabg‘uziy»( Rabg‘uziy)da mavjud. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 13 Ulug‘ sahobalardan Abu Zar (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: «Payg‘ambarlarning eng avvali kim?» - deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v): «Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal inson qilib yaratdi»(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet) . Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?»-deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v): «Albatta, Odam birinchi bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar» - deb javob berdilar».(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet) Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish (ibodat) yozilgan edi. Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan. (O’sha manba va sahifa.) Odam (a.s.)ning farzandlari otalari keltirgan shari’atni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar. Odam (a.s.) ming yil umr ko‘rdilar(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 105-bet.) . Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib(Seylon) dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays tog‘idagi g‘orda, deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Bayt ul-Muqaddasga dafn etilganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 14-bet.) Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling