Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet247/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

 
«U (Xizr) aytdi: «Aniqki, sen men bilan birga (ilm muammolariga) sabr qila olmaysan. (Zotan) o‘zing 
egallab xabardor bo‘lmagan narsaga qanday sabr qilursan?!» Xizr (a.s.) dedilar: «Ey Muso, Alloh taolo 
menga shunday ilmni bildirganki, uni sen bila olmaysan. Alloh taolo senga shunday ilmni bildirganki, 
uni men bila olmayman». (Muso) dedi: «Inshaalloh, sen mening sabrli ekanimni ko‘rursan. Men biror 
ishda senga itoatsizlik qilmasman». U (Xizr) aytdi: «Bas, agar menga ergashsang, to o‘zim senga 
aytmagunimcha, biror narsa haqida mendan so‘ramagin!» Xizr (a.s.) va Muso (a.s.) ikkovlari dengiz 
sohili bo‘ylab yo‘lga tushdilar va kema to‘xtab turgan joyga yetdilar. Kemachi bilan gaplashib, ikkovlari 
kemaga chiqqan edilar, Xizr (a.s.)ni tanib qolgan kemachi haq olmasdan aytgan joylariga olib borib 
qo‘yishga va’da berdi. «Bas, ikkisi yo‘lga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizr kemani) 
teshib qo‘ydi. (Muso) aytdi: «Odamlarni g‘arq qilish uchun uni teshdingmi?! Juda nojo‘ya ish qilding-
ku!» U (Xizr) dedi: «Men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmaydi, demaganmidim?!» (Muso) 
aytdi: «Unutganim uchun meni ayblamagin va bu ishim sababli meni mashaqqatga duchor ham 
qilmagin». (Kahf, 67-73.)
 
 
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shunday dedilar: «Musoning avvalgi xatosi, ya’ni sabrsizlik qilishi 
unutish sababidan edi»
. Shuning uchun Xizr uzr-ma’zurni qabul qildilar. Shu onda bir chumchuq kemaning 
yoniga asta qo‘nib, dengiz suvidan tumshug‘i bilan bir qatra olib yuta boshladi. Xizr (a.s.) Muso (a.s.)ga 
chumchuqni ko‘rsatib: «Alloh taoloning ilmi oldida, uning sizga va menga o‘rgatgan ilmi dengizdan olingan 
chumchuqning tumshug‘idagi qatra miqdorichadir». 
Ikkovlari sohil bo‘ylab yurishda davom etdilar va yo‘lda o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan bir bolani uchratdilar. 
Xizr (a.s.) bolaning boshidan ushlab, uni uzib oldilar. Alloh aytadi:

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling