Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


aytmoqdaki, u yarqiroq, sariq rangli sigir bo‘lib, ko‘rganlarni shod etur». Ular dedilar: «Rabbingdan


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet244/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

aytmoqdaki, u yarqiroq, sariq rangli sigir bo‘lib, ko‘rganlarni shod etur». Ular dedilar: «Rabbingdan 
duo qilib so‘ra, uning qanaqaligini bayon qilsin, zero, bizga sigirlar bir-biriga o‘xshash tuyuldi. Xudo 
xohlasa biz, albatta, to‘g‘ri yo‘lni topuvchilarmiz». (Muso) aytdi: «U aytmoqdaki, u shunday sigirki, yer 
haydashga ham, ekinlarni sug‘orishga ham o‘rgatilmagan bo‘lib, nuqsonsiz, unda (sarg‘ish rangidan 
boshqa) rang yo‘q». Ular: «Endi haqiqatni keltirding» - deb uni (o‘sha sifatlarga ega sigirni zo‘rg‘a topib) 
so‘ydilar, vaholonki, (bu ishni) qila olmasliklariga sal qolgan edi». (Baqara, 68-71.)
 
 
Isroil avlodlari sigirni so‘yishga so‘yib, endi bu yog‘iga nima qilishni bilmay turganlarida, Alloh taolo bu 
yog‘ini ham o‘rgatdi, ya’ni sigirning bir parchasini kesib olib, u bilan jasadni urishlari lozimligini ham vahiy qildi. 
Bu parcha et sigirning qaysi a’zosi ekanligi haqida ulamolardan «bir parcha go‘shti», «dumg‘azasi», «dumi», 
«ikki kuragining orasidagi payi» degan turli fikrlar rivoyat qilingan. 
و
 َنﻮُﻤُﺘْﻜَﺗ ْﻢُﺘْﻨُآ ﺎَﻣ ٌجِﺮْﺨُﻣ ُﻪﱠﻠﻟاَو ﺎَﻬﻴِﻓ ْﻢُﺗْأَراﱠدﺎَﻓ ﺎًﺴْﻔَﻧ ْﻢُﺘْﻠَﺘَﻗ ْذِإَ
)
٧٢
(
 ﺎَﻬِﻀْﻌَﺒِﺑ ُﻩﻮُﺑِﺮْﺿا ﺎَﻨْﻠُﻘَﻓ
ْﻟا ُﻪﱠﻠﻟا ﻲِﻴْﺤُﻳ َﻚِﻟَﺬَآ
 َنﻮُﻠِﻘْﻌَﺗ ْﻢُﻜﱠﻠَﻌَﻟ ِﻪِﺗﺎَﻳﺁ ْﻢُﻜﻳِﺮُﻳَو ﻰَﺗْﻮَﻤ
)
٧٣
(
 
«Eslang, bir insonni o‘ldirib qo‘yib, shu mojaro sababli janjallashib qolgan edingizlar, holbuki, Alloh 
sizlar yashirgan narsalarni (sirlarni) yuzaga chiqaruvchidir. Dedik: «Uni (o‘ldirilgan odamni) uning 
(so‘yilgan sigirning) bir bo‘lagi bilan uringlar». Alloh o‘liklarni (xuddi) shu kabi (osongina) tiriltiradi...» 
(Baqara, 72-73.)
 
 
Alloh taolo «Kahf» surasida Muso (a.s.) bilan Xizr (a.s.) o‘rtalarida sodir bo‘lgan voqeaning xabarini beradi. 
Imom Buxoriy «Sahih»ida rivoyat qilingan hadisda Sa’id ibn Jubayr aytadilar: «Biz Ibn Abbos (r.a.)ning 
uylarida u kishi bilan suhbatda o‘tirgan edik. Ibn Abbos (r.a.) bizga: «So‘ranglar!» - deb xitob qildilar. Men Ibn 
Abbosga: «Jonim sizga fido bo‘lsin! Menda bir savol bor. Kufada Navf degan bir qissachining rivoyat qilishicha
Xizr (a.s.)ga yo‘liqib, u kishidan ilm o‘rgangan odam Muso payg‘ambar emas, balki, boshqa Muso ekan, shu 
gap to‘g‘rimi?» - deb savol berdim. Ibn Abbos darhol: «Allohning dushmani yolg‘on aytibdi. Menga Ubay ibn 
Ka’bning rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Allohning rasuli Muso (a.s.) bir kuni 
jamoa oldida shunday zikrlar qildilarki, o‘tirganlarning dillari erib, ko‘zlaridan yoshlar quyildi. Ularning biri Muso 
(a.s.)ga mehri tovlab, muhabbati oshib ketganidan: «Ey Allohning rasuli, bu dunyoda sizdan bilimdonroq odam 
ham bormi?» - deganda, Muso (a.s.): «Yo‘q!» - deb javob berdilar. 
Alloh taolo Muso (a.s.)ning «Mendan Alloh biluvchiroqdir!» - deyish o‘rniga g‘ururlanib ketganlaridan norozi bo‘ldi va 
Muso (a.s.)ga itob qilib: «Ey Muso, bu dunyoda sendan ham biluvchiroq odam bor!» - dedi. Muso (a.s.): «Rabbim, u odam 
qaerda?» - deb so‘radilar. Alloh taolo: «Sen qidirgan odam «Majma’ul bahrayn» (Ikki dengiz qo‘shilgan joy)
da dedi. Muso 
(a.s.) o‘sha ilmli zot bilan uchrashish va undan ilm o‘rganishga Allohdan ijozat oldilar». (Ushbu hadis Imom Buxoriy va 
Imom Muslimning “Sahih”larida hamda Imom Termiziyning “Sunan”larida keltirilgan.)
Sufyonning rivoyat qilishlaricha, Muso (a.s.) o‘z shogirdlari Yusha’ ibn Nun bilan «Majma’ul bahrayn» tomon 
yo‘lga tushdilar. Yusha’ safarda iste’mol qilish uchun savatda qovurilgan baliq ham ko‘tarib olgan edilar. 
Ikkovlari dengiz sohilidagi bir xarsang tosh yonida to‘xtadilar. Muso (a.s.) boshlarini xarsangga qo‘yib uyquga 
ketdilar. Xarsang toshning yonida «hayot bulog‘i» bor bo‘lib, uning suvidan qovurilgan baliqqa sachradi va 
baliq shu onda tirilib, dengizda ajoyib iz qoldirib suzib ketdi.  

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling