Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻤِﺑ ًءاَﺰَﺟ ٍﻦُﻴْﻋَأ ِةﱠﺮُﻗ ْﻦِﻣ ْﻢُﻬَﻟ َﻲِﻔْﺧُأ ﺎَﻣ ٌﺲْﻔَﻧ ُﻢَﻠْﻌَﺗ ﻼَﻓ


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet241/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

 َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻤِﺑ ًءاَﺰَﺟ ٍﻦُﻴْﻋَأ ِةﱠﺮُﻗ ْﻦِﻣ ْﻢُﻬَﻟ َﻲِﻔْﺧُأ ﺎَﻣ ٌﺲْﻔَﻧ ُﻢَﻠْﻌَﺗ ﻼَﻓ
)
١٧
(
 
«Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matlarini) 
hech kim bilmas». (Sajda, 17.)
 
Abu Hurayra (r.a.) rivoyatlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Muso (a.s.) munojot paytida Rabbilaridan 
yetti narsani so‘radilar. Ularning oltitasi o‘zlari uchun edi, yettinchisini esa Muso (a.s.) yaxshi ko‘rmas edilar.
Muso dedilar: - Rabbim, qaysi bandang taqvoli roqdir?
Alloh taolo dedi: - Meni doim eslab yuradigan va unutmaydigan bandam. 
Muso dedilar: - Qaysi bandang eng to‘g‘ri yo‘lda? 
Alloh dedi: - Hidoyatga ergashgani. 
Muso dedilar: - Qaysi bandangning hukmi o‘tkirroq? 
Alloh dedi: - Odamlarga xuddi o‘ziga hukm qilayotgandek hukm qilgani. 
Muso dedilar: - Qaysi bandang biluvchiroq? 
Alloh dedi: - Ilmga to‘ymaydigan va odamlarning ilmini o‘z ilmi bilan jamlaydigani. 
Muso dedilar: - Qaysi bandang azizroq? 
Alloh dedi: - Qodir bo‘la turib kechirgani. 
Muso dedilar: - Qaysi bandang boyroq? 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
Alloh dedi: - Berilganiga shukr qilgani. 
Muso dedilar: - Qaysi bandang faqirroq? 
Alloh dedi: - Nuqson sohibi. 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Isroil avlodlari Muso (a.s.)dan: «Rabbingiz uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Muso (a.s.) 
ularni: «Bunday deyishga Allohdan qo‘rqinglar!» - deb ularni qaytargan edilar. Munojot paytida Muso (a.s.)ga Alloh dedi: 
«Ey Muso, qavmingiz sizdan: «Alloh ham uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Siz qo‘lingizga ikki oynani olib, kechasi tik 
turing!» - deb amr etdi. Muso (a.s.)ni kechaning uchdan bir qismi o‘tganda mudroq bosdi va qo‘llaridagi oynalar tizzalariga 
tushdi. Muso (a.s.) darhol hushyor tortib, oynalarni mahkam ushladilar. Tong otishga kelganda qattiq uyqu eltdi va 
qo‘llaridan oynalar tushib ketib chil-chil sindi. Alloh taolo Muso (a.s.)ga xitob qilib: «Ey Muso, agar men uxlasam Yer va 
osmonlar shunday halokatga uchraydi» - dedi. (Ibn Abu Hotam. Tafsirul Qur’on. Oyat al-Kursi tafsirida.)
 
 
Muso (a.s.) qavmlariga Tavrotni keltirganlaridan keyin, undagi ahkomlarga amal qilishni buyurdilar. Isroil 
avlodlari Muso (a.s.)ga e’tiroz bildirishib: «Tavrotdagi barcha hukmlarni bizga sharhlab tushuntirib bering, agar 
bizga ma’qul kelsa, biz ularni qabul etamiz va amal qilamiz» - dedilar. Muso (a.s.) ularga bir necha marta 
murojaat qilsalar ham, ular o‘z so‘zlaridan qaytmadilar. Alloh taolo farishtalarga buyurdi va ular katta tog‘ni 
ko‘tarishib Muso (a.s.)ning qavmlari ustiga kelishdi. Tog‘ qavm ustida qora bulutdek soya solib turdi. 
Farishtalar qavmga xitob qilib: «Agar Tavrotda bor hukmlarni to‘laligicha qabul qilmasalaringiz, boshlaringizga 
mana shu tog‘ni tashlab yuboramiz» - deyishdi. Qavm Tavrotni qabul qildilar, sajda qilishga buyurilgan edilar
tog‘ning boshlariga tushib ketishidan xavf qilishib, bir yuzlarini yerga qo‘yib, ikkinchisini osmonga qilib, 
ko‘zlarining qiri bilan tog‘ni kuzatgan holda sajda qildilar. 
Ular doim aytib yuradilarki, Bizlar uchun eng ulug‘ sajda boshimizdan Allohning azobi ko‘tarilgan kundagi 
sajdadir. 
Ulamolardan Abu Bakr ibn Abdulloh aytadilar: «Allohning farishtalari tog‘ni ko‘tarib, Isroil avlodlari qavmiga 
tahdid qilib, keyin azob ko‘tarilganda, Yer yuzidagi jamiki tog‘lar, toshlar va daraxtlar silkinib ketdilar. 
Yahudiylarning birortasi huzurida Tavrot tilovat qilinsa, darhol uni qaltiroq bosishi va boshini ko‘tarib osmonga 
qarashi ana shu dahshatli kundan odat bo‘lib qolgan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 290-
bet.)

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling