Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
ِﺪْﻌَﺑ ْﻦِﻣ ُﻪَﻧﻮُﻓِّﺮَﺤُﻳ ﱠﻢُﺛ ِﻪﱠﻠﻟا َمﻼَآ َنﻮُﻌَﻤْﺴَﻳ ْﻢُﻬْﻨِﻣ ٌﻖﻳِﺮَﻓ َنﺎَآ ْﺪَﻗَو ْﻢُﻜَﻟ اﻮُﻨِﻣْﺆُﻳ ْنَأ َنﻮُﻌَﻤْﻄَﺘَﻓَأ
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
ِﺪْﻌَﺑ ْﻦِﻣ ُﻪَﻧﻮُﻓِّﺮَﺤُﻳ ﱠﻢُﺛ ِﻪﱠﻠﻟا َمﻼَآ َنﻮُﻌَﻤْﺴَﻳ ْﻢُﻬْﻨِﻣ ٌﻖﻳِﺮَﻓ َنﺎَآ ْﺪَﻗَو ْﻢُﻜَﻟ اﻮُﻨِﻣْﺆُﻳ ْنَأ َنﻮُﻌَﻤْﻄَﺘَﻓَأ
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ْﻢُهَو ُﻩﻮُﻠَﻘَﻋ ﺎَﻣ ) ٧٥ ( «Vaholonki, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitib, anglab olganlaridan so‘ng, bila turib, uni o‘zgartirar edilar». (Baqara, 75.) Qatoda (r.a.) aytadilar: «Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, menga nozil qilgan kitobingda «ummatlarning eng yaxshisi» haqida xabar topdim. Ular odamlarni yaxshilikka buyurar, yomonlikdan qaytarar ekanlar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh taolo dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso(a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummat haqida xabar topdimki, ular oxir zamonda yaratiladilar, ammo jannatga birinchi kiradilar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 116 Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim men kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening muqaddas kitobingni yoddan o‘qir ekanlar. Ulardan avvalgi qavmlar kitoblarini qarab o‘qir ekanlar, kitob ko‘tarilib ketgandan keyin esa uni yoddan o‘quvchilar topilmagani uchun ahkomlardan bexabar qolar ekanlar. Mazkur ummatga esa avvalgilarga berilmagan «hifz» ne’matini ato etganing uchun, ular orasidan ahkomlar yo‘qolmas ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening huzuringdan nozil qilingan birinchi kitobga ham, oxirgi kitobga ham, ya’ni barcha muqaddas kitoblarga imon keltirar ekanlar, zalolatga qarshi jihod qilar ekanlar, hattoki «g‘ilay kazzob»(Dajjol)ga ham qarshi kurashar ekanlar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, men kitobda bir ummatni topdimki, ularning biri sadaqa qilsa, ikkinchisi bu sadaqani yer va sadaqa qiluvchiga esa ajr yozilar ekan. Avvalgi ummatlarning sadaqasini Alloh dargohida qabul qilsa, osmondan olov tushib, sadaqani yeb ketar, agar qabul qilmasa, osmondan olov tushmas va sadaqani qurt-qumursqalar, vahshiy hayvonlar yer edi. Mazkur ummatning sadaqalari boylaridan olinib, kambag‘allariga berilar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin». Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir». Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ulardan biri yaxshilikni niyat qilsa, ammo amalga oshirmasa, unga bir savob, agar amalga oshirsa, unga o‘ntadan yetti yuztagacha savob yozilar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ular shafoat qilar va shafoatlari qabul qilinar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Qatoda aytadi: «Menga rivoyat qilishlaricha, Muso (a.s.) kitobdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ummatlari haqidagi yana ko‘plab marhamatlarni ko‘rib, havas qilib: «Rabbim, o‘shalarni mening ummatim qilgin!» - deb munojot qildilar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 286-287-bet.) Muso (a.s.)ning Parvardigorga qilgan munojotlari borasida ko‘plab kitoblar va tafsirlarda turli rivoyatlar kelganki, ularning rostligiga hech qanday dalil va asos yo‘qligi sababli e’tibordan chetda qolib ketgan. Ammo quyida biz keltiradigan rivoyatlar esa oyat va hadislar bilan o‘z isbotini topgan. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba minbarda turib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shunday rivoyat keltiradi: «Muso (a.s.) Parvardigordan: «Ahli jannatlarning eng past darajasi qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo shunday javob berdi: «Barcha ahli jannatlar jannatga kirib, o‘z maqomlariga ega bo‘lganlaridan keyin, bir jannatini olib kelinadi va unga: «Jannatga kir!» - deb amr etiladi. Jannati odam: «Men qaerga kiraman, avval kirganlar jannatning hamma joylarini egallab olibdilarku?!» - deydi. Alloh taolo undan: «Senga jannatdan Yerdagi podshohlar egallagan mulkchalik mulk bersam, yetadimi?» - deb so‘raydi. Jannati rozi bo‘lgach, Alloh taolo unga: «Sen rozi bo‘lgan mulkdan ikki barobarini senga berdim!» - deydi. Jannati odam rozilik bildirgach, Alloh unga yana: «Bundan tashqari ko‘ngling nimani tusasa, ko‘zing nimadan quvonsa, o‘sha narsalar ham senga!» - deydi. Muso (a.s.) Alloh taolodan: «Ahli jannatlarning eng afzali qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo Musoga: «Ularning bog‘larini men o‘z qo‘lim bilan yaratganman, ularga beriladigan ne’matning qiyosi yo‘q, dunyoda u haqda biror quloq eshitmagan, biror kishining tasavvuriga tushmagan, biror ko‘z uni ko‘rmagan» - dedi. (Termiziy. Sunan. 3198-hadis. Sahihi Muslim. 312-hadis. Mazkur hadis Ibn Hibbonning “Sahih”ida ham keltirilgan. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 287-bet.) Bu ma’no Alloh taoloning quyidagi oyati karimasida bayon etiladi: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling