Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Muso (a.s.) bilan sodir bo‘lgan


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet242/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

 
4.3. Muso (a.s.) bilan sodir bo‘lgan 
boshqa voqe’alar 
Alloh taolo Qur’oni karimning «Baqara» surasida Isroil avlodlari va Muso (a.s.) o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan tarixiy 
sigir voqeasini bayon etadi. 
Ibn Abbos, Ubayda as-Salmoniy, Abul Oliya, Mujohid, as-Sadiy va boshqa mujtahid mufassir ulamolarning 
rivoyat qilishlaricha, Isroil avlodlari orasida bir keksa kishi bo‘lib, mol-dunyosi behisob, ammo farzandi yo‘q edi. 
Uning kambag‘al jiyanlari meros ilinjida boy amakining o‘limini sabrsizlik bilan kutardilar. Ulardan biri qotillikka 
qo‘l urdi, o‘z amakisini o‘ldirdi va jasadini odamlar yig‘ilib turadigan joyga yashirincha olib borib tashladi. 
Ertalab yig‘ilgan olomon bir-birlaridan gumon qilishga va janjallashishga o‘tdilar. Qulay fursatni g‘animat bilgan 
qotil jiyan odamlar oldiga kelib, dod-voy qilib, yig‘ilganlarni ayblay boshladi. Mojaro kuchaydi. Aqlli kishilardan 
biri: «Katta ko‘chada mojaro qilmasdan Allohning payg‘ambari Muso (a.s.)ning huzuriga boringlar, muammoni 
u hal qilib, qotilni aniqlab beradi» - dedi. Hammadan oldin Muso (a.s.)ning huzurlarida qotil jiyan paydo bo‘ldi 
va shikoyat qildi. Muso (a.s.): «Muammo to‘g‘ri hal bo‘lishi uchun qotillik haqida biror narsani bilgan odam Alloh 
roziligi yo‘lida guvohlikka kelsin» - dedilar. Hech kim guvohlikka kelmaganidan so‘ng, bu muammoni hal 
qilishni Allohning o‘zidan so‘rab iltijo qildilar. Alloh taolo bir sigir so‘yilishi lozimligini aytdi. Muso (a.s.) qavmga 
Allohning buyrug‘ini yetkazganlarida, ular: «Ey Muso, bizni mazax qilyapsizmi?» - deb ajablandilar.
َﺑ اﻮُﺤَﺑْﺬَﺗ ْنَأ ْﻢُآُﺮُﻣْﺄَﻳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ ﻰَﺳﻮُﻣ َلﺎَﻗ ْذِإَو
 ُذﻮُﻋَأ َلﺎَﻗ اًوُﺰُه ﺎَﻧُﺬِﺨﱠﺘَﺗَأ اﻮُﻟﺎَﻗ ًةَﺮَﻘ
 َﻦﻴِﻠِهﺎَﺠْﻟا َﻦِﻣ َنﻮُآَأ ْنَأ ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ
)
٦٧
(
 
«Eslang, Muso o‘z qavmiga: «Alloh sizlarga (bir) sigir so‘yishlikni buyurdi», - deganida, ular: «bizni istehzoga 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling