Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

2.3. IDRIS (a.s.) 
Shis (a.s.)dan keyin odamlar Allohni qo‘yib, har xil butlar va sanamlarga sig‘ina boshladilar. Qobilning 
avlodlari bo‘lgan bu adashgan qavmga chin e’tiqodni singdirish, yolg‘iz Allohning o‘ziga ibodat qilishni o‘rgatish 
uchun Odam (a.s.)dan 1140 yil keyin dunyoga kelgan Idris (a.s.) payg‘ambar qilib yuborildilar.
Idris (a.s.)ning payg‘ambarliklari haqida ushbu oyati karimalarda xabar beriladi:
 َﻦﻳِﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ ﱞﻞُآ ِﻞْﻔِﻜْﻟا اَذَو َﺲﻳِرْدِإَو َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإَو
)
٨٥
(
 
«Ismoil, Idris va Zul-kiflni eslang! Barchalari sabr qiluvchilardandir».(Anbiyo, 85.)
 
 ﺎًّﻴِﺒَﻧ ﺎًﻘﻳِّﺪِﺻ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ َﺲﻳِرْدِإ ِبﺎَﺘِﻜْﻟا ﻲِﻓ ْﺮُآْذاَو
)
٥٦
(
 ﺎًّﻴِﻠَﻋ ﺎًﻧﺎَﻜَﻣ ُﻩﺎَﻨْﻌَﻓَرَو
)
٥٧
(
 
«Yana ushbu kitobda Idris qissasini yod eting! Darhaqiqat, u sadoqatli payg‘ambar edi. Biz uni 
yuksak maqomga ko‘tardik».(Maryam, 56-57.)
 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Idris (a.s.)ning tug‘ilgan joylari xususida ulamolar turli fikrlar aytganlar. Ba’zilarining so‘zlariga qaraganda
Idris Misrda tug‘ilganlar. Misrliklar u kishini «Hirmus al-haromisa» deb nomlaganlar. Yunonchasiga Armis, 
ibroniychada Xanux, arabcha Axnux, Allohning kalomida esa Idris deyiladi
.(Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al 
Qur’anil Karim. 56-bet.)
Ulamolarning yana bir guruhlari shunday deydilar: «Idris (a.s.) Bobilda tug‘ilganlar, shu yerda o‘sganlar. 
Dastlabki ilmni Shis ibn Odamdan o‘rganganlar va xalqni Odam(a.s.) va Shis (a.s.)ning shari’atlariga da’vat 
qilganlar. Idris (a.s.)ga kam odam itoat qildi, ularni olib Misrga keldilar. Misrda o‘zlariga tushirilgan o‘ttiz 
sahifalik shari’at dasturi bilan qavmni butparastlikdan qaytardilar, to‘g‘ri yo‘lga chaqirdilar. Qobilning avlodlari 
esa Allohning payg‘ambarini pisand qilmay, har xil yomonliklardan zavqlandilar. Idris (a.s.) ular bilan jang 
qilishga buyurildilar. Ularning ustidan g‘olib kelib, haq dinni ular orasiga yoydilar.
Idris (a.s.) zamonlariga qadar odamlar hayvonlar terisidan kiyim kiyishar edi. Idris (a.s.) esa matodan 
birinchi bo‘lib kiyim tikkan tikuvchi bo‘ldilar. Hayvonlarning yungidan bo‘lgan matoni ayollar qo‘l bilan to‘qir 
edilar. 
Qalam bilan birinchi marta yozuv yozgan, birinchi marta tosh-tarozu ishlatgan ham Idris (a.s.)dirlar. 
Idris (a.s.) o‘simliklardan dori tayyorlab, turli kasalliklarni davolar edilar. 
Dunyoviy ilm bilan diniy ilmni shogirdlariga qo‘shib o‘rgatgan birinchi muallim ham Idris (a.s.)dirlar. 
Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Menga Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Ey Abu Zar, mursal payg‘ambarlarning 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling