Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


َنﻮُﻠَﻬْﺠَﺗ ٌمْﻮَﻗ ْﻢُﺘْﻧَأ ْﻞَﺑ ِءﺎَﺴِّﻨﻟا ِنوُد ْﻦِﻣ ًةَﻮْﻬَﺷ َلﺎَﺟِّﺮﻟا َنﻮُﺗْﺄَﺘَﻟ ْﻢُﻜﱠﻨِﺋَأ


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

 َنﻮُﻠَﻬْﺠَﺗ ٌمْﻮَﻗ ْﻢُﺘْﻧَأ ْﻞَﺑ ِءﺎَﺴِّﻨﻟا ِنوُد ْﻦِﻣ ًةَﻮْﻬَﺷ َلﺎَﺟِّﺮﻟا َنﻮُﺗْﺄَﺘَﻟ ْﻢُﻜﱠﻨِﺋَأ
)
٥٥
(
 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
«Sizlar xotinlaringizni qo‘yib, shahvatni erkaklarga keltirasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsizlar!». 
(Naml, 55.)
Uchinchi oyati karimada Alloh taolo Lut qavmini «johil qavm» deb atadi. Bu oyatning ma’nosidagi johillik 
ilmning ziddi bo‘lgan jahl emas, balki pastkashlik va tubanlik bo‘lib, bu illat sohibi toshbo‘ronga loyiqdir. Hozirgi 
yoshlarning tarbiyasi izdan chiqib, aroqxo‘rlik, giyohvandlik, fohishalik illatlari kuchayib turgan, odamlar orasida 
halol va harom chegarasi loqaydlik bilan buzilayotgan bir paytda, g‘arb mamlakatlarida Lut qavmi mubtalo 
bo‘lgan tubanlik kasali ham avj olmoqda. Alloh taolo bu illatga mubtalo bo‘lganlarning jazosi toshbo‘ron 
ekanligini bayon etib turganda, kutilmagan balo jamiyat ustiga yog‘ilib qolishning oldini olish uchun, farzandlar
yoshlar tarbiyasi ustida qattiq ish olib borish kerak bo‘ladi. Bu ishda o‘tgan payg‘ambarlar va qavmlarning 
tarixini o‘rganish katta ahamiyatga egadir. 
2Bachchavozlik illati inson salomatligiga zarardir. Bachchavozlik jamiyatning axloqiy buzilishiga katta 
ta’sir ko‘rsatish bilan birga, har bir odamning sog‘ligiga ham futur yetkazadi. Chunki, zinokorlik bilan yuqishi 
mumkin bo‘lgan yaramas tanosil kasalliklari va SPID bachchavozlik bilan ham yuqadi. Bachchavozlikning eng 
yomon asorati erkak kishini xunasaga aylantirib qo‘yishidir. Shuning uchun ham Alloh taolo inson salomatligi 
uchun juda katta zarari bo‘lgan bu manfur illatdan uzoq bo‘lishni buyurgan. 
3. Bachchavozlarni Alloh qattiq jazolaydi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida Lut (a.s.)ning qavmlarini 
qilgan ayblari uchun qattiq jazoladi va Saddum shahari ichidagi bor narsasi bilan yer qa’riga kirib ketdi: 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling