Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet170/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

Abu Ishoq! Ketmadingmi?» 
- dedilar. Men: «Yo‘q! Ey Allohning rasuli, siz birinchi duo haqida gapirayotgan 
edingiz. A’robiy kelib, sizni faromush qildi» - dedim. Rasululloh (s.a.v.):
«Bu duo Zun-Nunning duosi bo‘lib, qaysi bir musulmon kishi shuni o‘qib duo qilsa, shubhasiz uning 
duosi ijobat bo‘ladi va tilagi beriladi» 
- dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira, 220-bet)
Yunus (a.s.) haqlaridagi biror manbada, u kishining umrlari qancha bo‘lgani aytilmagan. 
3-BOB 
Ommaviy halokatga hukm etilgan 
boshqa ummatlar 
Alloh taolo Baniy Isroilga Muso (a.s.)ni payg‘ambar qilib yuborgunicha va Musoga Tavrotni nozil qilgunicha
yuqorida aytib o‘tilgan Nuh, Od, Samud, Lut va Shuayb (a.s.)larning qavmlaridan tashqari yana bir necha 
qavm ommaviy jazoga uchragan va halok etilgan edi. Bu haqda Qur’oni karim shunday xabar beradi: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
 ًﺔَﻤْﺣَرَو ىًﺪُهَو ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ َﺮِﺋﺎَﺼَﺑ ﻰَﻟوﻷا َنوُﺮُﻘْﻟا ﺎَﻨْﻜَﻠْهَأ ﺎَﻣ ِﺪْﻌَﺑ ْﻦِﻣ َبﺎَﺘِﻜْﻟا ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻨْﻴَﺗﺁ ْﺪَﻘَﻟَو
 َنوُﺮﱠآَﺬَﺘَﻳ ْﻢُﻬﱠﻠَﻌَﻟ
)
٤٣
(
 
«Biz avvalgi avlodlarni (kofirliklari sababli) halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur
hidoyat va rahmat bo‘lgan Kitob ato etdik. Shoyad, ular eslatma olsalar!» (Qasos, 43.) 
Ibn Jarirning rivoyatiga qaraganda, Abu Sa’id al-Xudriy (r.a.) aytadi: «Alloh taolo Tavrot nozil bo‘lganidan keyin 
Yer yuzida biror qavmni osmondan yo Yerdan bo‘lgan ommaviy halokat bilan jazolamagan. Illo bir qishloq ahlini 
maymunga aylantirgan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 210-bet.)
Oyati karimaning mazmuni va rivoyat qilingan hadis dalolat qiladiki, qadimgi qavmlarning barchasiga (Nomlari 
sanab o‘tilgan payg‘ambarlarning ummatlaridan boshqa qavmlar.)
bo‘lgan ommaviy halokat Muso (a.s.)ning 
payg‘ambarliklaridan oldin sodir bo‘lgan. Ulardan biri «Ashobur-Rassi» qavmidir. 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling