Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari
Download 499.88 Kb.
|
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy usulda
- Agrotexnik talablar.
- - §. Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari
Biologik usulda zararkunanda, begona o‘tlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashda ularning tabiiy dushmanlari (kushandalari, mikroorganizm, antibiotik) dan foydalaniladi. Bu usul samarali bodishi va atrof-muhitga salbiy ta’sir kohsatmasligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Undan, ayniqsa, aholi yashaydigan joylarning yaqiniga ekilgan ekinlarga, asosan, g‘o‘zaga tushgan zararkunandalarga qarshi kurashishda ekologiyaga zarar yetkazmasdan samarali foydalanilmoqda. Shu maqsadda, turli entomofaglardan (trixogramma, baqaloq kana, brakon, yetti dog‘li xonqizi qo‘ng‘izi, oltinko‘z. . . ) keng foydalanilmoqda. Mikrobiologik preparatlar (dendrobatsillin, bitoksibatsillin, lepidotsid), jinsiy feromonli tuzoqlar kabi vositalar ham yaxshi natija bermoqda. Kimyoviy usulda begona o‘tlar, zararkunanda va o‘simlikda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm va zamburugdarga qarshi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu usul eng samarali bodib, ammo atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bor. Kimyoviy usul universal bodib, o‘simlik va daraxtlarga keng kodamda ishlov berish imkoniyatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha keng tarqalgan. Ekinzorlarni himoya qilishda kimyoviy usul bilan bir vaqtda boshqa bezarar va samarali usullarni muvofiqlashtirib foydalanilsa ma’qul bodadi. Agrotexnik talablar. Zararkunanda va kasalliklarga uchra- gan ekinlarga zahar kimyoviy moddalar bilan o‘z vaqtida ishlov berilsa, uning samarasi kutilganday bodadi. Eritma, suspenziya va emulsiyalardagi kimyoviy moddaning miqdori tayinlanganga nisbatan ±5% farq qilishi joizdir. Urugdarga zaharli moddalar bilan ishlov berishda ular shikastlanmasligi, bir xil konsentratsiyada zaharlanishi kerak. Ekinlarni purkash va changlatishda dori moddasi tayinlangan me’yorda va bir tekis tarqatilishi talab qilinadi. Mashinaning ishlov berish kengligi bo‘yicha dori tarqalishining notekisligi ±30%, paykal uzunligi bo‘yicha notekisligi ±25% bodishi joizdir. Dorilash dozasi (changlatish va purkashda) berilgan miqdordan ±15% farq qilishi mumkin. Purkash vaqtida shamolning tezligi 5 m/s dan, changlatishda 3 m/s dan ko‘p bodmasligi kerak. Havo harorati 298 23°С dan oshmasligi lozim. Yog‘ingarchilikdan oldin va yomg‘ir vaqtida kimyoviy moddalar bilan ishlov berish tavsiya etilmaydi. Ishlov berilganidan so‘ng 24 soat ichida yomg‘ir yog‘sa, uni takrorlash kerak. 0‘simliklarning gullash davrida kimyoviy dorilar bilan ishlov berilmaydi. - §. Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari Download 499.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling