Taqrizchi: A. Rizayev, texnika fanlari doktori, professor.
ISBN 978-9943-5674-9-8
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019.
V. 0‘ SIMLIKLARNIHIMOYALASH
MASHINALARI
0‘simlik zararkunandalari va kasalliklari hamda begona o‘tlar ekinlarning hosildorligini kamaytirib, hosil sifatini pasaytirib dehqonchilikka katta zarar keltiradi. Shu sababli, ekinlarni himoyalashda mahalliy sharoit uchun mos boMgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashishni ular keltiradigan iqtisodiy zarar joiz bo‘lgan me’yordan oshgan- dagina amalga oshirish imfqul bo ‘ladi.
- §. 0‘simliklarni himoyalash usullari
Amalda o‘simliklarni himoyalash uchun ishlatiladigan usullardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: agrotexnik, fizik, mexanik, biologik, kimyoviy.
Agrotexnik usul eng arzon va bezarar bodib, u ekinlarni almashlab ekish, tuproqqa mahalliy sharoitga moslangan texnolo- giya bo‘yicha ishlov berish, qulay muddatlarda ekish, kasallikka va zararkunandalarga chidamli navlami seleksiya qilish hamda boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu usuldan foydalanganda, ekinlarning tez va sogdom rivojlanishi uchun kerakli bodgan, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar, zararkunanda va begona o‘tlar uchun esa eng noqulay sharoitlar yaratiladi.
Fizik usulda zararkunanda va kasalliklarga qirg‘in kelti- radigan ultratovush, yuqori chastotali toklar, yuqori va past harorat, radioaktiv moddalar, ionlashtiradigan nurlar, mikrouzunlikdagi radiotoMqinlar va boshqalardan foydalaniladi.
Mexanik usulda zararkunandalarga qarshi turli to‘siqlar, tuzoq va qopqon, yopishqoq yelimlardan foydalanish ko‘zda tutiladi.
297
Do'stlaringiz bilan baham: |