Ona tili majburiy 10 talik I guruh 1-savol: Quyidagi berilgan gapda fe'lning vazifa shakllari nechta?


Download 10.32 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi10.32 Kb.
#1698153
Bog'liq
Ona tili majburiy 10 talik I guruh


Ona tili majburiy 10 talik I guruh
1-savol: Quyidagi berilgan gapda fe'lning vazifa shakllari nechta? Sobiq dengizchi R.Seldstrem gazetalarda "dengiz kasalligidan" qutulishning bezarar,arzon va oson yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yoʻgʻi uch kronaning evaziga bahridan kechishga rozi boʻlganlarning barchasiga yuborishga vaʼda qilgan.
A)7 ta B)6 ta C)8 ta D)9 ta
2-savol: Oʻtimli fe'llar qaysi oʻrinda berilgan?
A) quvontirmoq, yozmoq, almashmoq. B)ko'rsatmoq, jiringlamoq, koʻrmoq.
C) oʻqimoq,qaramoq, uxlamoq. D)ichmoq, tanishmoq, yurmoq
3-savol: Gaplashildi fe'lida qanday nisbat qoʻshimchalari qoʻllangan?
A) birgalik va majhul. B)birgalik va o'zlik. C)majhul. D)aniq va birgalik.
4-savol: Qaysi gaplarda ismlarning lug’aviy shakli qo’llangan ?
1) “Shirinoymi bu , eson-omonmisan ?”—xursand bo’lib ancha naridan qichqirdi Anorxon 2) Boychechak Qo’zivoyning qo’liga tegishi bilan Ilontepa tomon yugurdi 3) To’kib ko’z yoshlarin armonda ketmish , Necha Furqatlar-u Bobur Vatan deb 4) Qishloqda Aykadan chiroyli kuchukcha yo’q 5) Qo’zichoqlar boshlarini xurjundan chiqarib jim yotardi
A) 1,2,4 B) 1,2,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4,5
5-savol: Bir asosdan tarkib topmagan otlar qanday ataladi ?
A) sodda otlar B) sodda tub otlar C) sodda yasama otlar D) qo’shma otlar
6-savol: Bu qo’shiqda na iztirob bor , na azob , unda yashamoq ishtiyoqi , pok muhabbat , bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi . Ushbu gapda nechta tafakkur bilan idrok qilinadigan ot qo’llangan ?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
7-savol: Qaysi gapda nisbatan ko’proq shaxs oti qo’llangan ?
A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek
B) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abdullatif qirq yigiti bilan ovga chiqdi
C)Dehqonchilik sirini professorlar o’rgatgan emas bizga. Paxtakorning o’z kitobi bor . Bu kitob uning ko’kragida
D) Men o’qimay turib ham , boshimda shu qalpoqcham bor ekan , albatta, agronom ham , injener ham , artist ham, shoir ham bo’la olaman.
8-savol: Soʻz yasovchi qoʻshimcha qaysi soʻz tarkibida mavjud emas? A)Yuzlab B)haftalab C) Koʻplab D)tonnalab
9-savol: Asosi tor unlilardan iborat boʻlgan sodda yasama soʻzni aniqlang. A)ochqich B)unum C)erkinlik D)turtkila
10-savol: Tarkibi faqat til undoshlaridan iborat soʻzni aniqlang.
A)hamyon B) gulruxsor C)kafangado D) alvido
Download 10.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling