Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

IYMON KITOBI 
1-bob. Iymon kitobi.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:"Islom 5 dalil asosiga 
qurilgan.(Islomdan murod iymon demakdir). Iymon so'zda ham ,amalda ham bo'lmog'i 
kerak. Iymon kuchaygaydir va susaygaydir".
Dalili: Olloh taolo Qur'oni Karimda:"Iymonlarini yanada ziyoda qilsinlar, deb ularga 
hidoyatimizni ziyoda qildik" va "Olloh taolo hidoyat topgan kishilarning hidoyatini ziyoda 
qildi va ularga taqvo ato etdi",-deb aytgan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning 
"Ollohni deb yaxshi ko'rish va Ollohni deb yomon ko'rish iymondandir." Degan so'zlari 
ham iymonning mustahkamlanishi yoki susayishini anglatadi.
Halifa Umar ibn Abdulaziz Adiy ibn Adiyga bunday deb yozgan:"Albatta, iymonning ham 
o'z farz va amallari,muayyan chegaralari,bajarilishi lozim bo'lgan sunnatlari 
mavjuddir.Demak, kimki bularga to'liq amal qilsa, iymoni mukammal bo'lgaydir,kimki 
yetarli rioya qilmasa, iymoni sust bo'lgaydir.Agar umrim uzoq bo'lsa,sizlarga bilib 
olishlaringiz uchun bular haqida birma-bir bayon qilarman,basharti vafot etsam, 
suhbatingizga mushtoqligim yo'q".
Sahoba Maoz:"Kel, biz bilan biroz o'tir, oymon haqida suhbatlashaylik!"-deganlar.
Ibn Umar aytganlar:"Banda ko'ngliga kelgan har bir gunoh xavfi bor narsani tark 
etmaguncha taqvo haqiqatiga yeta olmaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va 
sallam:"Islom 5 dalildan iborat",-deganlar:
1.Kalimai shahodat(aytmoq);
2.Namoz o'qimoq;
3.Zakot bermoq;
4.Haj qilmoq(imkoni bo'lsa);
5.Ramazon ro'zasini tutmoq".
2-bob. Iymon shartlari.
Olloh taolo aytadi:'Yaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa va G'arbga qaratgan 
kishilar emas, balki Olloh taologa, uning farishtalriga, oxirat kuniga,kitoblariga, 
payg'ambarlariga ishongan, yaxshi ko'rgan mol-mulkini qarindoshlarga,musofiru 
tilamchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda 5 vaqt namozni vaqtida o'qigan va 
zakot bergan, Olloh bilan o'zi o'rtasidagi va bandalar o'rtasidagi ahdiga vafo 
qilgan,yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan 
kishilardir.Mana shunday sifatga ega bo'lganlar diniga sodiq odamlar bo'lib, kufr hamda 
yaramas xulqlardan o'zlarini ehtiyotlagaydirlar va o'zlariga yetuk insoniy fazilatlarni 
mujassam qilgaydirlar". Iymonning mukammal bo'lmog'ining uch sharti:
— to'g'ri e'tiqodli bo'lmoq;
— kishilar bilan yahshi munosabatda bo'lmoq;
— kishi o'z ustida ishlamog'i va o'zini ibodat va itoatga chiniqtirmog'i. Kimki bularni to'la 
o'zlashtirsa, iymonni mukammal bo'lgaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam iymon 
to'g'risida so'ralganda,yuqoridagi oyati karimani o'qigan edilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:
Iymon daraxt yanlig' 60dan ortiq shohga egadir.Gunoh qilmoqqa Olloh va bandalardan 
uyalmak o'sha shohlardan bittasidir".
3-bob. Birovga zarari tegmagan kishi musulmondir.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: "Qo'li bilan va tili bilan o'zgalarga ozor 
bermagan kishi musulmondir.Olloh taola man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo 
yo'lida jihod qilgan kishidir".

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling