Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko'rgan xotin haj amallarining barchasini qiladi, ammo


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

8-bob. Hayz ko'rgan xotin haj amallarining barchasini qiladi, ammo 
Ka'batullohni tavof qilmaydi
Ibrohim an-Nahoiy aytadilar: «Hayz ko'rgan xotinning Qur'on oyatlarini o'qishi 
zararsizdir». Ibn Abbos ham yuvuqsiz odamning qiroat qilmog'ini zararsiz, deb 
hisoblaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamma vaqt Allohni zikr qilar edilar. 
Ummu Atiyya: «Biz - xotinlarga, hayz ko'rgan bo'lsak ham, iyd (hayit) namoziga 
chiqmoq buyurilar edi. Erkaklar aytadigan takbir va duolarni o'qir edik, namoz o'qimas 
edik»,— deydilar.
Abu Sufyon aytadilar: «Hiraql (Rum podshosi) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 
maktublarini olib kelmoqni buyurdi, so'ng o'qib qarasa, «Bismillohir Rahmonir Rahiym, 
yo ahlal-kitob, ta'oluu ila kalimatin sava... (al-oyat)» (Bismillohir Rahmonir Rahiymi, ey 
ahlal-kitob, sizlar va bizlar uchun barobar so'zga kelinglar!» deb boshlanuvchi oyat) deb 
yozilgan ekan».
Jobir raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Oisha onamiz hayz ko'rdilar, so'ng haj 
amallarining barchasini qilaverdilar, biroq Ka'batullohni tavof qilmadilar va namoz 
o'qimadilar». Hakam aytadi: «Men yuvuqsiz holda ham «Bismilloh, Allohu akbar» deb 
hayvon so'yaverar edim». «Allohning ismi aytib so'yilmasan hayvon go'shtini 
yemangiz!» — degan Alloh taolo.
Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga hajni niyat qilib 
yo'lga chiqdik. Saraf degan joyga kelganimizda hayz ko'rib qoldim. Yig'lab o'tirganimda 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelib: «Nega yig'layapsan?»—dedilar. «Xudo 
haqqi, bu yil hajga chiqqanimdan afsuslanaman»,— dedim. Rasululloh: «Ehtimol, hayz 
ko'rib qolgandirsan?»—dedilar. «На»,— dedim. «Alloh taolo buni Odam qizlarining 
barchasining peshonasiga yozgandir, endi hajda qiladigan barcha amallarni qilaver, lekin 
to poklanguningcha Ka'batullohni tavof etmagin!» — dedilar Janob Rasululloh».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling