Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidda qarzdordan pulini qistamoq va berasan, deb turib olmoqning


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

71-bob. Masjidda qarzdordan pulini qistamoq va berasan, deb turib olmoqning 
hukmi
Ka'b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan qarzini qistadi. Ikkovlari janjallashib baqir-chaqir 
qilishganini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida turib eshitdilar. Hujralarining 
pardasini ochib: «Ey, Ka'b!» — dedilar. «Labbayka, yo Rasululloh! » — dedi. 
«Qarzingning yarmini kechg'il!» — dedilar yoki shu ma'noda ishora qildilar. Ka'b: «Xo'p, 
kechdim»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi»va sallam Ibn Abu Hidradga: «Turg'il, 
qarzingni to'lag'il!»—dedilar.
72-bob. Masjidga tushgan latta-putta, xas-cho'p va boshqa tashlandiq 
narsalarni yig'ishtirmoq hamda masjidni supurmoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu naql qiladilar: «Bir qop-qora kishi (yoki qop-qora xotin) 
masjidni supurib yurar erdi. Bir kuni u vafot etib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam uni so'raganlarida, «Vafot etdi»,— deyishdi. Rasululloh: «Meni chaqirmabsizlar- 
da, unga janoza o'qig'ay erdim. Qabrini ko'rsatingiz»,— debdilar. So'ng, qabriga borib, 
janoza o'qibdilar».
73-bob. Kayf qiladirgan ichimliklar sotishni masjidda taqiqlash
Oisha onamiz quyidagi hadisni aytdilar: «Sudxo'rlik harom, deb aytilgan surai Baqara 
oyatlari nozil bo'lganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib ularni 
o'qib berdilar, so'ng ichimlik sotmakni man'qildilar».
74-bob. Masjidga xizmat qilish
Ibn Abbos bu xususda Bibi Maryamning «Surai oli Imron» dagi «Ilohi, qornimdagi 
homilamni senga nazr etdim, u faqat masjidga xizmat qilg'usidir» degan so'zlarini 
keltiradilar.
Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xotinmi yoki erkakmi, bir odam masjidda 
xizmat qilib yurar erdi»,— dedilar Abu Hurayra. Abu Rofi': «Nazarimda, o'sha xotin kishi 
erdi»,— dedilar. So'ngra, Abu Hurayra o'sha masjidga xizmat qilg'uvchi odam vafot 
etgandan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning xususida nimalar deganlarini 
va uning qabriga borib janoza o'qiganlarini aytdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling