Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Abdulloh bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
davrlarida Masjid un-Nabiyning devori xom g'ishtdan, shipi xurmo shoxidan,
ustunlari
ersa xurmo yog'ochidan erdi. Abu Bakr xalifalik qilgan vaqtida masjidga biror o'zgarish
kiritmadi. Xalifa Umar esa masjidning bo'yiga ham eniga ham qo'shdi. Asosiy binoni
o'zgartirmadi. Devori xom g'ishtligicha, shipi xurmo shoxidan qilinganicha qoldi, ammo
ustunlarini o'zgartirdi. Chunki ular chirigan erdi. Keyin, Usmon
raziyallohu anhu masjid
binosiga ko'p o'zgarishlar kiritdi. Masjidning devorlarini naqshli toshlar va ganch birlan
bezattirdi, ustunlarini ham naqshli toshlardan qurdirdi,
shipini ersa soj daraxti
yog'ochidan yasattirdi».
Do'stlaringiz bilan baham: