Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Safardan qaytgach, o'qiladigan namoz


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

59-bob. Safardan qaytgach, o'qiladigan namoz
Ka'b ibn Molik aytadilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan kelsalar, 
eng avvalo masjidga kirib namoz o'qir edilar».
Jobir ibn Abdulloh naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning xuzurlariga 
keldim, u kishi masjidda erkanlar. Nazarimda choshgoh vaqti erdi. Shunda Misvar: 
«Rasululloh menga: «Safardan qaytibdursen (shukronasiga) ikki rak'at namoz o'qib 
olg'il!» — dedilar. Keyin, menda qarzlari bor edi, qarzlarimni ham berdilar, yana unga 
qo'shib hadya pul ham berdilar»,— dedi».
60-bob. Kimki masjidga kirsa, ikki rak'at namoz o'qisin!
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz masjidga kirg'aydirsiz, ikki rak'at 
namoz o'qimay, o'tirmangiz!— deganlar»,— deydilar Abu Qatoda.
61-bob. Masjidda tahorat sindirish to'g'risida
Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Qaysi biringaz namoz o'qisangiz, farishtalar siz uchun istig'for aytib turg'aydirlar, 
shundoq erkan (namoz vaqtida masjidda) tahoratingizni sindirmangiz! Farishtalar: «Bu 
kishining gunohlarini kechirg'il, ilohi, bu kishiga rahm qilg'il! — deb turg'aydirlar»,— 
deganlar».
62-bob. Masjid un-Nabiyning binosi
Abu Sa'd naql qiladilar: «Rasulullohning masjidlari shipi xurmo shoxidan erdi. Hazrat 
Umar (xalifalik davrida) masjid binosini tuzatmakni buyurdilar. Ustaga: «Odamlarni 
yomg'irdan asrag'il, lekin masjidni qizartirib. sargaytirib bo'yamag'il, odamlarning 
xayolini buzmasin!»— dedilar. Anas: «(Keyinchalik) odamlar masjid binosi birlan 
faxrlanib yurg'aydirlar-u, lekin kam ta'mir qilg'aydirlar»,— dedilar. Ibn Abbos esa: 
«Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, yahudiy va nasorolar ibodatxonalarini 
bezaganidek, sizlar ham masjidlarni bezaydirsizlar»,— dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Abdulloh bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
davrlarida Masjid un-Nabiyning devori xom g'ishtdan, shipi xurmo shoxidan, ustunlari 
ersa xurmo yog'ochidan erdi. Abu Bakr xalifalik qilgan vaqtida masjidga biror o'zgarish 
kiritmadi. Xalifa Umar esa masjidning bo'yiga ham eniga ham qo'shdi. Asosiy binoni 
o'zgartirmadi. Devori xom g'ishtligicha, shipi xurmo shoxidan qilinganicha qoldi, ammo 
ustunlarini o'zgartirdi. Chunki ular chirigan erdi. Keyin, Usmon raziyallohu anhu masjid 
binosiga ko'p o'zgarishlar kiritdi. Masjidning devorlarini naqshli toshlar va ganch birlan 
bezattirdi, ustunlarini ham naqshli toshlardan qurdirdi, shipini ersa soj daraxti 
yog'ochidan yasattirdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling