Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjid qurilishiga hashar qilish


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

63-bob. Masjid qurilishiga hashar qilish
Olloh taolo bunday deydi: «Mushriklarning, o'zlarini kofir erkanliklarini bila turib, Olloh 
taoloning masjidlarini obod qilmoqlari foydasizdir. Ularning barcha qilgan ishlari bekor 
ketgandir (savobi yo'qdir), ular do'zaxda (otashda) abadiy yong'aydirlar, Olloh taoloning 
masjidlarini, Ollohning birligiga, oxirat kunining haqligiga ishongan, namoz o'qiydirgan, 
zakot bergan va Ollohdan boshqa hech kimdan qo'rqmagan kishilargina obod qilg'aydir. 
Shoyad o'shalar hidoyat topgan (eng to'g'ri yo'lda yashag'an) ersalar!».
Ikrima bunday deb rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos men va o'g'illari Aliga: «Boringiz, Abu 
Sa'iddan hadis eshitingiz!» — dedilar. Biz bordik, u kishi bog'da ishlayotgan ekanlar
ridolarini olib, unga o'randilar-da, bizga hadis ayta boshladilar, to Masjid un-Nabiy binosi 
qurilishigacha gapirib berdilar, so'ng: «Biz g'ishtni bitta-bittadan ko'tarar erdik, Ammor 
esa ikkita-ikkitadan ko'tarar erdi. Shu payt Rasululloh uni ko'rib qoldilar-u, ustidagi 
changni qoqib: «Ammorning holiga yuy! Ammor ularni jannatga da'vat qilur, ular ersa 
Ammorni do'zaxga da'vat qilmoqdalar»,— dedilar. Shunda Ammor: «Fitnalar balosidan 
Ollohning o'zi asrasin meni!—deb qo'ydi»,— dedilar.
64-bob. Usta va hunarmandlardan masjid va minbarlarni tuzatishda yordam 
so'ramoq
Sahl ibn Sa'id naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Duradgor 
g'ulomig'a buyursin, menga o'rindiq yasab bersin!»—deb bir ansoriy ayolga odam 
yubordilar».
Jobir raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, sizga bir o'rindiq yasatib beraymi, chunki mening 
duradgor g'ulomim bor»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar 
istasang, mayli»,— dedilar. So'ngra u xotin o'rindiq yasatib berdi».
65-bob. Masjid qurgan kishi fazilati xususida
Usmon Zunnurayn bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
masjidlarini ta'mirlamak paytida odamlar turli g'iybat gaplarni ayta boshladilar. Usmon 
raziyallohu anhu ularga: «Sizlar gapni ko'paytirib yubordingiz, men Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning «Kimki (shu suhbatda bo'lgan Bakir. «Ollohning rizoligini istab, 
degan edi shekilli»,— deydilar) masjid qurg'aydir, Olloh taolo jannatda unga shunga 
o'xshash qasr barpo qilg'usidir, deganlarini eshitganman»,— dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling