Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Masjidda ayol kishining (agar uning boshqa boshpanasi bo'lmasa)
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 58-bob. Masjidda kishilarning uxlamogi togrisida
57-bob. Masjidda ayol kishining (agar uning boshqa boshpanasi bo'lmasa)
yashamog'i va uxlamog'i to'g'risida Oisha onamiz quyidagicha naql qiladilar: «Arab qavmlaridan birining yosh zanjiya (negr qiz) joriyasini ozod qildilar. U ozod qilganlar birlan birga qoldi. O'sha zanjiya qiz: «Bir kuni men qabiladagi yosh kelinchaklardan biri birlan o'ynagani chiqdim. Kelinchakning qizil taqinchog'i bor erdi», — debdi. Oisha onamiz aytadilar: «Kelinchak tanqinchog'ini bir joyga qo'yibdir, shu payt bir kush uchib kelib, taqinchoqni go'sht deb o'ylab olyb qochibdir». «Taqinchoqni qidirishdi, hech topa olmadilar, keyin menga sen olding, deb tuhmat qildilar-da, hamma yog'imni tinta boshladilar (Oisha onamiz aytadilar: Hatto uning oldini ham qarab ko'ribdilar»). Ollohga qasam ichib ayturmenkim, men ular birlan birga turibman-u, birdan qush uchib o'tib, munchoqni yerga tashladi. Munchoq shundoqqina ularning oldiga tushdi. «Mana o'sha sizlar menga olding, deb tuhmat qilayotgan narsa, (vaholanki) men bu gunohdan uzoqdirman, dedim» — debdi zanjiya qiz. Oisha onamiz aytadilar: «Zanjiya qiz Rasululloh huzurlariga kelib, islomga kirdi. Uning masjidda chodiri (yoki bir boshpanasi) bo'lib, mening oldimga kelib turar erdi. Men u birlan suhbatlashib o'tirar erdim. «Taqinchoq voqeasi sodir bo'lgan kun rabbimizning ajoyibotlaridandir. U meni kufr olamidan qutqardi», — deb qo'yardi. Bir, kuni men: «Senga ne bo'lgan o'zi, qachon qarasa, men birlan o'tirganingda taqinchoq to'g'risida bayt aytasan?» — deganimda, u mazkur qissani aytib bergan erdi». 58-bob. Masjidda kishilarning uxlamog'i to'g'risida Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Aql qabilasidan bir jamoa kishilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, ular Masjid un-Nabiy supasida yashab turgandi. Abdurrahmon ibn Abu Bakr: «Supada yashovchi kishilar faqirlar erdi», — deydi». «Abdulloh ibn Umar bo'ydoqlik vaqtlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarida yotib qolar erdi», — deydilar Nofi' raziyallohu anhu. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Sahl ibn Sa'd naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimaning uyiga keldilar. (Kuyovlari) Alini uydan topmadilar. Shunda Fotimaga: «Amakivachchang (ya'ni, ering) qaerdadir?» — dedilar. «O'rtamizdan bir narsa o'tgan erdi, mendan g'azablanib, chiqib ketdi, namozdan keyin qaylula ham qilgani yo'q (kunduzi mizg'igani ham yo'q)»,— dedi Fotima. Shunda Rasululloh yonlaridagi kishiga: «Qaragal, u qaerda erkan»,— dedilar. Kishi kelib: «Yo Rasululloh, u masjidda yotibdir»,— dedi. Rasululloh masjidga keldilar. Ali esa masjidda ridolari yelkadan tushib ketgan, yelkalariga tufroq tekkan holda yotgan erkanlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Alining yelkalaridagi tufroqni qoqib turib: «Turg'il yigit, turg'il tufroq yigit!» — dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu riyuyat qiladilar: «Ahli supalardan (masjidda yotib yuruvchilardan) biror yetmish nafarini ko'rdim, birortasining ridosi yo'q, yo bir parcha lungi yokim ko'ylakni (kichikligidan) bo'yniga osib olgan, ba'zisiniki boldirgacha, ayrimlariniki to'piqqacha ham yetmaydir. «Avratim ko'rinib qolmasin»,— deb doim qo'li birlan kiyimini ushlab yuradir». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling