Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Uylarda (masjid) maxsus namoz o'qiydirgan joy qilib olish
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
46-bob. Uylarda (masjid) maxsus namoz o'qiydirgan joy qilib olish
Barro ibn Ozib o'z hoshtasidagi masjidida jamoat bilan namoz o'qidi. Mahmud ibn ar-Rabi' rivoyat qiladilar: «Utbon — Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning, Badr urushida birga qatnashgan ansoriy sahobalaridandir. U Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh, ko'zim xiralashib qoldi. Men o'z qavmimning imomiman. Yomg'ir yog'ganda mening uyim birlan qavmim o'rtasidagi vodiyda suv to'planib, ularning masjidiga borib namoz o'qib bera olmayotirman. Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, sizdan iltijo qilg'ayman, menikiga borib, uyimda namoz o'qisangiz, men o'sha joyni o'zimga namozgoh qilib olsam!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Inshoolloh, shunday qilg'aydurman»,— dedilar. Utbon aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va Abu Bakr Siddiq erta bilan quyosh bir oz ko'tarilgach, keldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirishga ruxsat so'radilar. Ularni hovliga taklif qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirgach, o'tirmasdan: «Uyingning qay yerida namoz o'qib bermog'imni istaydursen?» — dedilar. Men uyimning bir tomonini Rasulullohga ko'rsatdim. Ul zot o'sha yerda namozga takbiri tahrima aytdilar. Biz orqalarida saf turib, u kishiga iqtido qildik, ikki rak'at namoz o'qib, keyin salom berdilar. Biz Rasulullohni, u kishi uchun tayyorlangan «xazira» degan taomni yeb keting, deb qo'ymadik. Mahallamdagilar (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelibdilar, deb) ketma-ket uyimga kirib kelishdi. Ulardan biri: «Molik ibn Duxshin qani?» — dedi. Kimdir: «U munofiq, Olloh va uning Rasulini yaxshi ko'rmaydir»,— dedi. Shunda Rasululloh: «Undoq demangiz, u Ollohning rizolig'ini tilab, «Lo iloha illallohu Muhammadun Rasululloh»,— deganku, bilmaydursizmi?» — dedilar. Kimdir: «Olloh va uning Rasuli yaxshiroq bilg'aydir»,— dedi. Yana kimdir: «Biz uning munofiqlarga yondoshayotganini, ularning yonini olayotganini ko'rayotirmiz»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohning rizolig'ini istab, «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh»,— degan kishiga Olloh do'zax o'tini harom ayladi»,— dedilar. Ibn Shihob az- Zuhriy: «Keyin ushbu hadisni al-Husayn ibn Muhammaddan so'radim. U Baniy Solim qabilasining nufuzli kishilaridan biri bo'lib, mazkur hadisni tasdiqlaydir»,— deydilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling