Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko'rganman»,—
deganlar (tuya qibla tarafda to'siq bo'lib turgan)».
51-bob. Oldida tandir yokim o't (alanga) yohud qandaydir sig'inish manbai
turgani holda faqat Olloh taoloni nazarda tutib namoz o'qigan kishi xususida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namoz o'qiyotganimda ko'zimga do'zax
otashi
namoyon qilindi, deb aytganlar»,— deydilar Anas.
Abdulloh ibn Abbos dedilar: «Quyosh tutildi. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam
namoz o'qidilar, keyin: «Namoz o'qiyogganimda menga do'zax o'ti ko'rsatildi.
Bugungacha bundan dahshatliroq manzarani ko'rmagandurmen»,— dedilar».
52-bob. Qabristonda namoz o'qimaslik to'g'risida
Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyingizda ham namoz o'qingiz.
Uyingizni mozorga o'xshatib qo'ymangiz!— deganlar»,— deydilar.
53-bob. Odam yutgan yerlarda va azob yuborilgan joy larda namoz o'qimaslik
haqida
«Hazrat Ali Bobildagi odam yutgan yerda namoz o'qimoqni rad etdilar»,— deyiladi.
Abdulloh ibn Umar naql qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Anavi
boshiga
azob yuborilgan qavmning yeriga kirmangiz.
Mobodo kirsangiz, yig'lab kiringiz. Agar
yig'lay olmasangiz, kirmangiz. Tag'in ularning boshiga
tushgan musibat sizning ham
boshingizga tushmasin!»—deganlar».
Do'stlaringiz bilan baham: