Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Biror zarurat sababli masjidga tuya birlan kirish haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 80-bob. Masjidga uyidan darcha va yol ochmoq
78-bob. Biror zarurat sababli masjidga tuya birlan kirish haqida
Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'batullohni tuyada tavof qildilar»,— deydilar. Ummu Salama quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men Rasulullohga tobim yo'qlig'idan shikoyat qildim. Rasululloh: «Odamlarga ergashib tuyada tavof qilaverg'il!» — dedilar. Men tuyada tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam esa, Ka'batulloh yonida «At-Тиг» surasini zam qilib namoz o'qir edilar». 79-bob. Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ikki kishi Janob Rasulullohning huzurlaridan qorong'i kechada chiqdilar. Ularning yo'lini bir nur chiroq kabi yoritib borar erdi. O'sha chiroqqa o'xshagan nur to ikkalalarining yo'llari ajralmaguncha birga bordi, keyin ikkiga bo'linib, ularning har birini uylarigacha kuzatib qo'ydi». 80-bob. Masjidga uyidan darcha va yo'l ochmoq Abu Sa'id rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutbada va'z aytib: «Olloh taolo bandasiga bu dunyoni yokim o'zining huzuridagi oxiratni tanlamak imkonini berdi, bandasi Olloh huzuridagisini tanladi»,— dedilar. Shunda Abu Bakr yig'ladilar. Men o'zimga o'zim: «Bu mo'ysafid nega yig'layotir erkan, Olloh bandasiga: «Bu dunyoni yokim oxiratni tanlag'il!» — desa, bandasi Olloh huzuridagi oxiratni tanlasa, shunga ham yig'laydirmi?» — dedim. Keyin bilsam, o'sha banda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy ekanlar. Buni bizga Abu Bakr aytdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey, Abu Bakr, yig'lamangiz! Siz molini ham, ezgu so'zini ham mendan ayamagan eng yaxshi odamdirsiz! Agar Ollohdan boshqa yana ummatlarimdan biror kishini ham o'zimga xalil (eng yaqin do'st) tutmog'imga ijozat bo'lg'ay erdi, Abu Bakrni do'st tutar erdim. Ammo bu mumkin emasdir. Islom birodarligi va islom do'stlig'igina mumkindir. Uydan masjidga qaratib ochilgan darchalarning birortasi ham qoldirilmay, urib tashlansin! Faqat Abu Bakrning darchasigina qolsa, basdir!»—dedilar». Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldingi kasallik paytlarida boshlarini mato birlan boglab chiqdilar, Minbarga o'tirib, Ollohga hamdu sano aytdilar. So'ng: «Abu Bakrdan ko'ra ko'proq molu jonini menga fido qilgan inson yo'q! Agar odamlar orasidan o'zimga xalil (eng yaqin do'st)tutadirg'an bo'lsam, Abu Bakrni tutar erdim. Lekin Ollohnigina eng yaqin do'st tutmoq mumkindir. Shu boisdan insonlarga islom do'stligi afzalroqdir. Masjid ichidagi Abu Bakrning darchasidan boshqa barcha darchalarni urib tashlangiz!» — dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling