Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidni yo'l chekkasiga, odamlarga xalal bermaydigan qilib qurmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

86-bob. Masjidni yo'l chekkasiga, odamlarga xalal bermaydigan qilib qurmoq
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha onamiz rivoyat qiladilar: 
«Aqlimni tanibmankim, ota-onamning dindor, taqvodor ekanliklarini bilurman, o'sha 
kezlari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biznikiga kelmagan kunlari 
bo'lmas erdi, ertayu-kech biznikida erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
«Abu Bakr hovlilari sahniga masjid qurmoqni ko'pdan niyat qilib yurar edilar, oxiri 
qurdilar ham. Keyin, unda namoz va Qur'on o'qiy boshladilar,— deydilar Urva ibn 
Zubayr,— yo'ldan o'tib ketayotgan mushrik xotinlar va ularning bolalari u kishining 
qarshilarida to'xtab, qiziqib qarashar erdi. Abu Bakr Qur'on o'qiyotganda ko'z yoshlarini 
to'xtata olmaydirgan yig'loq kishi erdilar. Bu Quraysh qabilasiga mansub mushrik 
a'yonlarni xavotirga sola boshlabdi» (chunki ular bola-chaqalarining islom diniga kirib 
ketishidan cho'chishardi).
87-bob. Bozordagi masjidda namoz o'qimoq
Ibn Avn darvozasi berkitib qo'yiladigan hovlidagi Masjidda namoz o'qidi.
Abu Xurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Jamoat birlan o'qilgan namozning savobi uyda 
o'qilgan namozning savobidan 25 marta ortiqdir, chunkim qaysi biringiz bo'lmangiz, 
yaxshilab tahorat olib namoz o'qiydirman, degan niyatda masjidg'a ravona bo'lsan-giz, 
masjidga yetib kelguningizcha bosgan har bir qadamin-giz uchun Olloh taolo 
mavqeingizni bir daraja ko'targ'ai-dir va bir gunohingizni kechirg'aydir. Kishi masjidga 
kirgach, unga namoz o'qiyotgan kishiga tegadirgan savob tekkusidir. Namoz o'qib 
turganida, agar tahoratini sindi-rib ozor bermag'aydir, maloikalar tepasida turib: «Ilohi, 
bu bandangni kechirg'il, unga rahm qilg'il!» deb salavot aytib turishg'aydir».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling