Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozxon namoz o'qiyotib yelkasiga qizchasini mindirib olsa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

106-bob. Namozxon namoz o'qiyotib yelkasiga qizchasini mindirib olsa...
Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning 
qizchasini (nabiralarini) bo'yinlariga mindirib olib namoz o'qir erdilar. Sajda qilsalar, 
tushirib qo'yar erdilar, qiyomga tursalar, ko'tarib olar erdilar» (bu — shofi'iy, hanafiy va 
hanbaliy mazhablarida farzda ham, naflda ham joiz, ammo molikiy mazhabida faqat nafl 
namozdagina mumkin hisoblanadir).
107-bob. Kishi hayz ko'rgan ayol yotgan ko'rpaga qarab namoz o'qisa, 
karohiyati bormi?
Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Mening o'rin-to'shagim Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning namoz o'qiydirgan joylari ro'parasida erdi. Ehtimol, men o'rnimda 
yotganimda kiyimlari menga tegib ketgandir».
Yana Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 
o'qir erdilar, men ersam hayz ko'rgan holimda yonginalarida uxlab yotar erdim. Sajdaga 
borsalar, kiyimlari menga tegar erdi».
108-bob. Kishi sajdaga bosh qo'yayotib: «Menga xalal beryapsan, sal 
yig'ishtirinibroq yotg'il!» — deb xotinini turtib qo'yishi mumkinmi?
Umar ibn Ali naql qiladilar: «Oisha onamiz «Namozxonning oldidan it, eshak va xotin 
kishi o'tsa, namoz buzilg'aydir, degan kishilarga qarata: «Juda ham yomon o'xshatish 
qildingiz, bizni it va eshakka teng qildingiz! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
o'qiyotganlarida u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotganim esimda. Sajda 
qilmoqchi bo'lsalar, oyog'imga turtib qo'yar erdilar, men oyog'imni yig'ib olar erdim»,— 
dedilar».
109-bob. Ayol kishining namozxon ustidagi biror ozor berib turgan narsani olib 
tashlashi
Abdulloh ibn Mas'ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'batulloh yonida 
namoz o'qiyotgan erdilar. Quraysh mushriklaridan bir to'dasi o'zlarining har doim 
yig'ilishadigan joylarida gaplashib o'tirishardi. Nogahon, ulardan biri: «Manavining 
ibodatni ko'z-ko'z qilmog'ini ko'ringiz! Qaysi biringiz falonchilarning qushxonasidan 
ichak-chavoq olib kelib, u sajdaga borganda, ikki kuragining o'rtasiga tashlay olursiz?»
— dedi. Shunda ularning eng badbaxti turib ichak-chavoq olib kelgani ketdi. Olib 
kelgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sajda qilmoqlarini poylab turib, ikki 
kuraklari o'rtasiga tashladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turib qoldilar. 
Mushriklar bir-birlariga qarab qotib-qotib kulishdi. Bir kishi buni payg'ambarimizning 
qizlari Fotimaga borib aytdi. Qizaloqlari yugurib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam sajdada turar erdilar. Fotima ichak-chavoqlarni u kishining yelkalaridan olib 
tashladi-da, mushriklarni qarg'adi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni 
tugatganlaridan so'ng: «Ilohi, Qurayshni halokatga uchratg'il!»—deb uch marta duoi bad 
qildilar. Keyin (bir oz o'ylab turgach): «Ilohi, Amr ibn Hishomni, Uqba ibn Rabi'ani, 
Shayba ibn Rabi'ani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu'itni, 
Ammora ibn Validni halok qilg'il»,— deb nomma-nom aytdilar. Ollohga qasam ichib 
ayturmenki, ularning hammasini Badr jangida o'lib yotganini ko'rdim, ularni sudrab olib 
borib suvsiz quduqqa tashladilar». «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Quduqqa tashlanganlarni oxiratda la'natlag'aysan!» deb Ollohga iltijo qildilar»,— 
deydilar Abdulloh raziyallohu anhu.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling