Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Namoz o'qimoqqa bay'at qilmoq xususida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
2-bob. Namoz o'qimoqqa bay'at qilmoq xususida
Jarir ibn Abdulloh: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o'qimoq, zakot bermoq va (bu haqda) har bir musulmonga nasihat qilmoqqa bay'at qildim»,— deydilar. 3-bob. Namozning (gunohlar uchun) kafforat ekanligi haqida Shaqiq raziyallohu anhu Huzayfa raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Umar raziyallohu anhuning huzurlarida o'tirgan erdik. «Qaysi biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna to'g'risida aytgan so'zlarini eslab qolgandirsiz?» — dedilar. «Men, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy qandoq aytgan bo'lsalar, shundoqligicha eslab qolgandirman»,— dedim. «Qani, aytg'ilchi!» — dedilar. Men: «Odamning o'z ayoli, mol-dunyosi, bolalari va qo'shnisidan sodir bo'ladirg'an fitnalarga namoz, ro'za, sadaqa hamda amr va ta'qiqqa rioya qilmoq kafforat erur»,— dedim. U kishi: «Yo'q, men buni ermas, balkim, dengiz to'lqinlari yanglig' bosib keladirgan fitnani nazarda tutgan erdim»,— dedilar. «Yo Amir al- mo"minin, siz bundan qo'rqmasangiz ham bo'lur, chunkim siz birlan o'sha fitna o'rtasinda bir yopiq eshik g'ov bo'lib turibdir»,— dedim. Hazrat Umar: «O'shal eshik sindirilg'aymidir yokim ochilg'aymidir?» — dedilar. «Sindirilg'aydir», — dedim. Hazrat Umar: «Demak, keyin mutlaqo yopilmas erkan»,— dedilar. Biz: «Hazrat Umar qaysi eshik nazarda tutilganini angladilarmi?» — deb Huzayfadan so'radik. Ul kishi: «Ha, ertangi kundan oldin tun bo'lmog'ini bilganlaridek yaxshi bilg'aydirlar, men ul kishiga Janob Rasulullohning hadislarini to'la-to'kis (bexato) aytib bergandirman» — dedilar. Keyin, biz Huzayfadan boshqa so'ramakka botinmay, Masruqqa: «Sen so'rag'il-chi!»— dedik. Masruq so'ragan erdi, ul kishi: «O'shal eshik Hazrat Umarning o'zlaridir»,— dedilar». Ibn Mas'ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir xotindan qiblaning qaysi tomonda erkanlig'ini surishtirib turgan erdi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam kelib, unga qiblani ko'rsatib qo'ydilar. Shunda Olloh taolo: «Ertadan kechgacha va tunning bir qismida namoz o'qig'il, darhaqiqat yaxshilig' yomonlig'ni mahv etg'usidir!»— degan oyati karimasini nozil qildi. Boyagi kishi: «Yo Rasululloh, bu menga taalluqlimidir?»—dedi. Janob Rasululloh «Barcha ummatlarimg'a taalluqlidir»,—dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling