Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

22-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir
Abu Barza raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftondan oldin 
uxlamakni va xuftondan keyin so'zlashib o'ltirmakni makruh der erdilar»,— deydilar.
23-bob. Xuftondan oldin charchab uxlab qolgan kishi xususida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
xuftonga imomlik qilmaklari lozim erdi, (uxlab qolib) hadeganda chiqavermadilar.
Shunda Hazrat Umar: «Xotinlaru bolalar uxlab qoldi»,— deb ovoz qilib u kishini 
chaqirdilar. Janob Rasululloh chiqib: «Yer yuzida sizlardan boshqa hech kim xufton 
o'qiydirmen, deb muntazir bo'lib o'ltirgani yo'qdir»,— dedilar. O'sha vaqtlarda 
Madinadan boshqa hech qaerda namoz o'qilmas erdi. Xuftonni shafaq yo'qolgandan 
boshlab, tunning birinchi qismining uchdan biri oralig'ida o'qishar erdi».
Abdulloh ibn Umar raziyalohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam tunlardan birida xufton vaqtida band bo'lib qolib, unga bir oz kechikdilar, hatto 
biz u kishini kutib masjidda uxlab qoldik, bir uyg'onib, keyin yana uxlab qoldik va yana 
uyg'ondik, shundan keyingina Janob Rasululloh bizning oldimizga chiqdilar, so'ng bizga 
qarab: «Yer yuzida hech kim xufton o'qiydirmen, deb muntazir bo'lib o'tirgani yo'qdir»,
— dedilar». Ibn Umarning o'zlari, uyqu g'oliblik qilib, xuftonni qazo qilib qo'ymakdan 
qo'rqmasalar, undan oldin yokim undan keyin mizg'ib olaverar erdilar.
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida 
xuftonga kechikdilar, hatto odamlar uxlab qoldilar, uyg'onib, yana bir uxlab turdilar. 
Shunda Umar ibn Xattob turib, «Namoz!» deb ovoz qildilar. Ato va ibn Abbos: «Shundan 
keyin Janob Rasululloh ikki qo'llari boshlarida, sochlaridan suv tomgancha chiqib 
keldilar-da, «Agar ummatimga mashaqqat bo'lmog'ini xohlaganimda, xuftonni shu tariqa 
o'qimoqni buyurar erdim, dedilar», — deb aytishdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling