Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
18-bob. Shomni xufton deb atashlarini makruh qilgan kishi haqida
Abdulloh al-Maziniy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Badaviylarning
shorn deb atalmish namozingizni boshqa nom birlan atamoqlariga yo'l qo'ymangiz.
Badaviylar shomni xufton deb atamoqdalar», — deb aytdilar».
19-bob. Asho' va atama bayoni hamda ikkalasini «Bemalol ishlatsa bo'lg'aydir»
degan kishi haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Asho' (xufton) va fajr (bomdod)
namozlari munofiqlarga og'ir kelib qoldi. Shunda Janob Rasululloh: «Atama (xufton) va
fajr (bomdod) namozlarida nechuk savob borlig'ini bilishsa erdi!»—dedilar.
Abu Abdulloh: «Asho' (xufton)
deb ataydirmi, atama (xufton) deb ataydirmi, kishining
o'z ixtiyoridadir, masalan, Olloh taolo: «Kimki asho'din (xuftondin) keyin...» deb
aytadir»,— deydilar. Abu Muso: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va
sallam birlan navbatma-
navbat asho'ga imomlik qilur erdik. Bu safar ham bizning navbatimiz erdi, ittifoqo, u
kishi asho'ga imomlik qilg'aymen, deb salla o'rab chiqdilar»,— deydilar.
Ibn Abbos va
Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho'ga salla o'rab chiqdilar»,—
deydilar. Ba'zilar Oisha onamizdan naql qilib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam atamaga
(xuftonga) salla o'rab chiqdilar»,— deyishadi. Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu
alayhi va sallam asho' o'qir erdilar»,— deydilar. Abu Barza: «Nabiy sallallohu
alayhi va
sallam asho'ni kechiktirib o'qir erdilar»,— deydilar. Anas: «Nabiy sallallohu alayhi va
sallam asho'ni juda kech o'qidilar»,— deydilar. Ibn Umar, Abu Ayyub va Ibn Abbos:
«Nabiy sallalloxu alayhi va sallam shorn va asho' o'qidilar»,— deyishadi.
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam odamlar atama deb ataydirgan asho' (xufton)
namozini biz birlan birga
o'qidilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga yuzlanib: «Bilib qo'yingiz, mana shul kechadan
roppa-rosa yuz yil o'tgach, yer yuzida hozir mavjud bo'lgan odamlardan birortasi ham
qolmag'aydir»,— dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: