Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
yarim kechaga borib o'qidilar. Keyin, yana namoz o'qidilar. So'ng: «Odamlar allaqachon
namozlarini o'qib uxladilar, ammo sizlar o'qiymiz, deb kutgan namozingizni (ya'ni,
xuftonni) o'qimakdasizlar»,— dedilar.
25-bob. Bomdod namozining fazilati
Jarir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu
alayhi va sallamning
huzurlarida erdik, to'lin oyga qarab, «Sizlar mana shu oyni ko'rib turganingizdek
rabbingizni ko'rg'aydirsizlar. Uni ko'raman
desangiz, bir-birlaringizni ranjitmangiz!
Quyosh chiqmog'idan va botmog'idan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslik
qo'lingizdan kelsa, ularni muttasil o'qingiz!» — dedilar. So'ng: «Quyosh chiqmog'idan va
botmog'idan burun rabbingni maqtab tasbih aytg'il!» — deb qo'shib qo'ydilar».
26-bob. Bomdod o'qiladigan vaqt haqida
Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va
sallam birlan birga
saharlik qildik, keyin turib bomdod o'qidik. Men: «Saharlik birlan bomdod oralig'ida
qancha vaqt bordir?» — deb so'radim. Janob Rasululloh: «Ellik yokim oltmish oyat
o'qig'ulik fursat bordir», — dedilar».
Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Zayd ibn Sobit ikkalalari saharlik
qildilar. Saharlik qilib bo'lishgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdod o'qidilar»,—
dedi. Qatoda raziyallohu anhu: «Men Anasdan, saharlik qilib bo'lishgandan
to namozga
kirishgunlariga qadar qancha vaqt o'tdi? — deb so'radim»,— deydilar. Shunda Anas:
«Kishi allikta oyat o'qig'anchalik»,— deb jayub bergan erkan.
Sahl ibn Sa'd: «Bola-chaqam birlan saharlik qilayotgan erdim, birdan, Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam birlan bomdod namozi o'qimak lozimligi
esimga tushib
qoldi»,— deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Biz musulmon ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
birlan birga bomdod namozi o'qimak uchun chodiramizga o'ralib (masjidga) borar erdik.
So'ngra, namozni o'qib bo'lib, uyimizga qaytayotganimizda qorong'uda bizni hech kim
tanimas erdi (ya'ni, bomdod namozi o'qib bo'linganda hali kun yorishmagan bo'lardi)»,—
deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: