Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Havo bulut bo'lgan kuni namozni ertaroq o'qimoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

33-bob. Havo bulut bo'lgan kuni namozni ertaroq o'qimoq haqida
Abu Mulayh rivoyat qiladirlar: «Havo bulut bo'lgan kuni Burayda birlan birga erdik. Ul: 
«Namozni ertaroq o'qingiz! Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Asr namozini o'qimagan 
kishi go'yokim biror ishi barbod bo'lg'an kishi yanglig'dir!»—deganlar»,— deb aytdi».
34-bob. Azon vaqti o'tgan bo'lsa ham azon aytilgani to'g'risida
Abu Qatoda otalaridan naql qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga kechasi yo'lga chiqdik. Yo'lda uchragan qavmlardan biri: «Yo Rasululloh, bizga bir 
mehmon bo'lib ketsangiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uxlab qolib, namozga 
turolmay qolg'aysizlarmi, deb qo'rqg'aymen»,— dedilar. Shunda Bilol: «Men sizlarni 
uyg'otib qo'yurmen»,—dedi. Mehmondorchilikdan keyin uyquga yotishdi, Bilol tuyasiga 
yastanib uxlab qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uyg'otganlarida oftob yuzidan 
niqobini olgan erdi. Janob Rasululloh: «Ey Bilol! Qani aytganingni qilganing?» — dedilar. 
Bilol: «Uyqu meni yengib qo'yibdir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo istagan 
vaqtida joningizni olib, istagan vaqtida sizga jon ato etg'aydir, ey Bilol, turg'il, azon 
aytib, odamlarni namozga chaqirg'il!»—dedilar. Keyin, turib tahorat qildilar. Quyosh 
ko'tarilib, kun yorishib ketganda namoz o'qidilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
35-bob. Vaqt o'tgan bo'lishiga qaramasdan odamlar birlan jamoat bo'lib namoz 
o'qimoq xususida
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Xandaq kuni quyosh botgach, Umar ibn Xattob 
kelib, Quraysh kofirlarini so'ka boshladilar, so'ng: «Yo Rasululloh, quyosh botay deb 
turganda zo'rg'a asr o'qib ulgurdim»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Xudo haqqi, namoz 
o'qimabsen»,— dedilar. Keyin, Bathonga jo'nadik, yetib boruach, tahorat oldilar, biz ham 
tahorat oldik. So'ng, quyosh botgach, asr o'qidilar, undan keyin shorn o'qidilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling