Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

AZON (AYTISH) KITOBI
1-bob. Azon aytishning boshlanishi (tarixi) va Olloh taoloning: «Agar namozga 
azon aytgaydirsiz, mushriklar masxara qilg'aydirlar, chunkim alar Ollohga 
qilinadirg'on ibodatga aqli yetmaydirg'on qavmdir» hamda «namozg'a azon 
aytilsa, jum'a kunidan boshlab aytilsin!» — degan kalomi sharifi
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «(Janob Rasululloh) odamlarni namozga 
chaqirmoq uchun (avval) o't yoqmoq, zang chalmoq lozimligini aytdilar, so'ng yahudiy 
va nasorolarning ibodatga qanday da'vat qilganliklari eslariga tushib, Bilolga azon 
jumlalarini ikki martadan, takbir jumlalarini ersa bir martadan aytmakni buyurdilar».
Ibn Umar aytar erdilar: «Musulmonlar Madinaga kelganlarida bir yerga to'planishib, 
namoz vaqtini belgilab olishur erdilar. Namozga azon aytishmas erdilar. Bir kuni 
namozga chaqirmoq to'g'risida so'zlashib qoldilar. Ba'zilar: «Nasorolar zang chalgani 
kabi zang chalingiz!» — desa, ba'zilar: «Yahudiylar shubbur (karnay) chalgani singari bir 
narsa chalaylik!» — deyishdi. Shunda Hazrat Umar: «Namozga chaqirmoqqa bir kishini 
yubormaysizlarmi?» — dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Bilol, 
turg'il o'rningdan, namozga chaqirg'il!» — deb aytdilar».
2-bob. Azon jumlalari ikki marta-ikki martadan aytiladir
Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azonning jumlalarini juft-juft qilib, takbirni toq qilib, 
«Qad qomat-is-salot» ni ersa ikki marta aytmak buyurildi»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Odamlar to'plangach, namoz vaqti bo'lganligini biror narsa 
birlan ma'lum qilmak kerakligi haqida so'zlashdilar. Avval, o't yoqmak yokim zang 
chalmak kerak, deyishdi. Shunda Bilolga azonni juft kilib, takbirni ersa toq qilib aytmak 
buyurildi»,— deydilar.
3-bob. Takbir toq, «Qad qomat-is-salot» juftdir
Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azon so'zlarini juft-juft qilib, takbir so'zlarini ersa toq 
aytmak buyurildi»,— deydilar. Ismoil: «Ushbuni Ayyubga aytgan erdim, «Lekin, Qad 
qomat-is-salot» juft aytiladir» — dedi»,— deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling