Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
29-bob. Jamoat birlan namoz o'qishning vojibligi
Hasan Basriyni
onalari mehribonchilik qilib, xufton namozini jamoat birlan o'qimak
uchun masjidga borishdan qaytaribdirlar, shunda ul kishi itoat qilmabdirlar.
Abu Hurayra naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Olloh taolo haqqi-
hurmati, odamlarga «O'tin yig'ingiz!» deb buyursamu o'tin yig'salar, keyin, «Namoz
o'qingiz!» desamu bir kishi azon aytsa,
ikkinchisi imomlik qilsa, so'ngra namozga
kelmagan kishilarning uylariga borib, ustilaridan o't yoqib yuborsam! Ollohga qasamyod
qilib ayturmenkim, jamoat birlan namoz o'qimoqqa kelmagan o'sha
kishilarning birontasi
bu yerga (masjidga) kelganda pishirilgan yog'li go'sht yokim kalla-pocha yemoqni bilsa
erdi, albatta xuftonga kelgan bo'lur erdi»,— dedilar».
30-bob. Jamoat birlan namoz o'qimoqning fazilati
Asvad ibn Yazid o'z jamoatlari birlan namoz o'qimoqqa ulgurmay qolsalar, boshqa
masjidga borar erdilar. Anas namoz o'qib bo'linganda
masjidga keldilar, so'ng azon va
takbir aytib, (boshqa) jamoat birlan namoz o'qidilar.
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat
birlan o'qilgan namoz savobi yolg'iz o'qilgan namoz savobidan 27 marta ortiqdir»,—
ded ilar».
Abu Sa'id al-Xudriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Jamoat birlan o'qilgan
namoz savobi yolg'iz o'qilgan namoz savobidan 25 marta ortiqdir»,— deganlarini
eshitgan erkanlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday
deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Kishining jamoat birlan o'qigan
namozining savobi
uyida yolg'iz o'qigan namozi va bozorda o'qigan namozining savobidan 25 barobar ortiq
bo'lg'aydir. Bunga kishi yaxshilab tahorat olib, uyidan masjidga faqat namoz
o'qiydirman, degan niyatda chiqsagina erishmog'i mumkindir.
Shu niyatda bosgan har
bir qadamini ko'tarib ulgurmasidan Olloh taolo uning martabasini bir daraja ko'targ'aydir
va bitta gunohidan kechg'aydir. Namoz o'qiyotganida ersa maloikalar uning tepasida:
«Ilohi, bul bandangni yar'laqag'aysen, bul bandangga rahm qilg'aysen!» — deb iltijo
qilib turishg'aydir. Qaysi biringiz namoz o'qiydirman, deb kutib turgan ersangiz, namoz
o'qiyotgan hisobida bo'lg'aydirsiz»!
Do'stlaringiz bilan baham: