Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozi bomdodni jamoat birlan o'qimoqning fazilati


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

31-bob. Namozi bomdodni jamoat birlan o'qimoqning fazilati
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi 
hadisni eshitganman»,— deydilar: «Har biringizning jamoat birlan o'qigan 
namozingizning savobi yolgaz o'qigan namozingiz savobidan 25 marta ortiq bo'lg'aydir. 
Tungi farishtalar birlan kunduzgi farishtalarning barchasi namozi bomdodga kelib 
jamuljam bo'lishg'aydir». Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, «Inna 
qur'on-al-fajri kona mashxudan (namozi bomdodda qilingan qiroat farushtalar ham 
qatnashsa arziydirgan qiroat bo'ldi)» — degan oyati karimani o'qingiz»,— deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Abdulloh ibn Umar: «Jamoat namozi 27 marta ortiqdir»,— deganlar.
Ummu Dardo' rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo' oldimga g'azablanib kirib keldilar. «Nechun 
g'azablanmakdasiz?» — dedim. «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Muhammad 
ummatining jamoat birlan namoz o'qimogidan bo'lak biror savoblik ishi qolmadi»,— 
dedilar».
Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Namozdan eng ko'p 
savob oladirgan odam masjiddan eng uzoqda turadirgan odamdir, chunki ul ko'p yurib, 
ko'proq aziyat chekib kelg'aydir. Jamoat birlan namoz o'qimakni kutayotgan kishiga 
tegadirgan savob, o'zi namozini o'qib, yotib olgan odamga tegadirgan savobdan behad 
ortiqdir»,— deganlar».
32-bob. Peshin namoziga ertaroq bormoqning fazilati
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan 
edilar»,— deb rivoyat qiladirlar: «Bir kuni bir kishi ko'chada ketayotgan erdi. Yo'lda 
yotgan tikanni ko'rib, chetga olib tashladi. Olloh taolo uning qilmishidan rozi bo'ldi va 
uning gunohlarinr} kechirdi.
Beshta sababdin o'lgan kishilar shahid bo'ladirlar: vabodan o'lganlar, qorin og'rigi birlan 
o'lganlar, g'arq bo'lib o'lganlar, biror narsaning tagida qolib o'lganlar va Olloh taolo 
yo'lida jihod qilib o'lganlar.
Odamlar azon aytmoq va namozda birinchi safda turmoqning nechog'liq savobli erkanini 
bilganlarida, hech ilojini topmasalar, chek tashlab o'z niyatlariga erishgan bo'lur erdilar.
Namozga ertaroq bormakning qandoq savobi borlig'ini bilganlarida, masjidga qarab kim 
o'zarga yugurgan bo'lur erdilar, xufton birlan bomdod namozining sayubini bilganlarida, 
masjidga emaklab bo'lsa ham borur erdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling