19-bob. Muazzin azon aytayotganda boshini u yoq, bu yoqqa qaratadirmi yo
gavdasini u yoq, bu yoqqa o'giradirmi?
«Bilol azon aytayotganda ikki barmog'ini ikki qulog'iga tiqdi, Ibn Umar ersa ikki
barmog'ini qulog'iga tiqmas erdi», deb zikr qilinadir. Ibrohim: «Tahoratsiz azon
aytmoqning zarari yo'qdir»,— deydilar. Ato: «Azon aytmoq uchun tahorat olmoq ham
farz, ham sunnatdir»,— deganlar. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
hamma vaqt ham Ollohning zikrini qilaverar erdilar»,— deydilar,
Avn ibn Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Mening otam bir kuni Bilolning azon aytayotib
boshini u yoqdan bu yoqqa burayotganini ko'rgan erkanlar».
20-bob. Kishi: «Namoz vaqti o'tib ketibdir»,— desa bo'ladirmi?
Ibn Sirin: «Namoz vaqti o'tib ketibdir»,— demoqni makruh sanab, «Buning o'rniga,
namozga yetolmay qolibmiz, desin»,— deydilar. Imom Buxoriy ersa Ibn Sirikning so'zini
rad qilib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning so'zlari («Namoz o'tib ketibdir»)
to'g'ri»,—deydilar.
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari bunday degan janlar: «Bir vaqt biz Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o'qiyotgan erdik, birdan odamlarning shovqin-
suroni eshitildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qib bo'lganlaridan
so'ng: «Sizlarga ne bo'ldi?» — dedilar. «Namozga shoshildik»,—deyishdi. Rasululloh:
«Namozga kelganda undoq qilmangiz, tinchlikka rioya qilingiz. Namozning qay yeriga
yetib kelsangiz, o'sha joyidan qo'shilib o'qiyveringiz, qanchasi o'tib ketgan ersa, keyin
o'zingiz to'ldirib o'qib olingiz!» — dedilar».
21-bob. Kishi namozga hovliqmay, viqor birlan kelsin!
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga qachon yetib kelsangiz, kelgan
joyidan davom ettiraveringiz, qolganini keyin to'ldirib o'qib olingiz!»—deganlar»,—
deydilar Qatoda raziyallohu anhu.
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar takbir
aytilganini eshitsangiz, hovliqmay, viqor birlan namozga kelingiz. Namozga qachon yetib
kelsangiz, kelgan joyidan jamoatga qo'shilib o'qiyveringiz, qolganini to'ldirib o'qib
olg'aysizlar»,— deganlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |