Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
ishini tashlab, namozga chiqadir
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz oqiganlarini hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini orgatish niyatidagina odamlarga
- 46-bob. Olim va fozil kishilar imomlik qilishga haqliroqdirlar
ishini tashlab, namozga chiqadir
Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida ne qilur erdilar?» — deb so'radim. «Uy yumushlari birlan band bo'lur erdilar (Janob Rasululloh xotinlariga yordam bermoqlarini nazarda tutadilar), namozga chaqirilgan kezda qilayotgan ishlarini tashlab chiqar erdilar»,— dedilar». 45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o'qiganlarini hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini o'rgatish niyatidagina odamlarga namoz o'qib bergan kishi Ayyub raziyallohu anhu: «Abu Qiloba bunday degandi»,— deydilar: «Bizning mana shu masjidimizga Molik ibn Huvayris kelib: «Men o'zi namoz o'qimoqchi bo'lmasam-da, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o'qiganlarini ko'rgan bo'lsam, o'shandoq namoz o'qib berayin»,— dedilar. Men Abu Qilobadan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o'qir erkanlar?» — deb so'radim. «Mana bu shayximiz singari»,— dedi. Shayximiz (keksa odam erdilar), birinchi rak'atda sajdadan bosh ko'targanlaridan keyin, ozgina o'tirib olar erdilar». 46-bob. Olim va fozil kishilar imomlik qilishga haqliroqdirlar Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo'lib qoldilar. Kasallari kuchaygach: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko'ngli yumshoq kishidirlar, sizning o'rningizda turib imomlik qila olmag'aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga buyuringiz, Abu Bakr jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — deb qaytarib aytdilar. Oisha onamiz yana rad qildilar. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin! Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar»,— deb yana qaytarib aytdilar. Janob Rasulullohning buyruqlarini Abu Bakrga yetkazishdi. Abu Bakr Janob Rasulullohning hayotliklarida jamoat oldiga chiqib imomlik qildilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Abu Bakr o'rningizga imomlik qilsalar, yig'lab yuborg'aydirlar, odamlar qiroatlarini eshitolmay qolg'aydir, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedim. Keyin: «Abu Bakr sizning o'rningizda tursalar, yig'ilaridan qiroatlari eshitilmay qolg'aydir, imomlikni Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg'il!» —dedim Hafsaga. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Тек turg'il, sizlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar, Abu Bakrga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedilar Hafsaga». Shunda Hafsa: «Sendan hech yaxshilig' ko'rmadim-da!» — degan erkanlar Oisha onamizga. Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o'n yil ergashib yurdim, ul kishining xizmatlarini qilib, suhbatlarida birga bo'ldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldin betob yotganlarida Abu Bakr jamoatga imomlik qilardi. Dushanba kuni biz sahobalar namozda saf tortib turgan erdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xujralarining pardasini ochib, bizga qaradilar. Janob Rasululloh oyoqlarida tik turar erdilar, yuzlari xuddi kitob varag'idek oppoq, ozgin va chiroylig' erdi. Keyin, bizga tabassum qilib jilmaydilar. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko'rib, suyunganimizdan safdan chiqmoqchi bo'ldik. Abu Bakr Siddiq ersa birinchi safga kirib olmoq uchun orqasiga tisarila boshladi. Ul, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o'yladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, namozni davom ettiraveringiz, degan ma'noda bizga ishora qildilar-da, pardani yopib qo'ydilar. Ul zot shu kuni vafot etdilar». Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch kun namozga chiqa olmadilar. Namozga takbir aytildi, Abu Bakr oldinga (imomlikka) o'tdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralarining pardasini ko'tardilar. Hech qachon Janob Rasulullohning chehralarini ko'rgan kezimizdagidek suyunmagan erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga «Oldinga (imomlikka) o'tg'il!» deb ishora qildilar- da, pardani yopdilar. Keyin, vafot etgunlaricha pardani ochmoqqa darmonlari yetmadi». Hamza ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh og'ir yotganlarida, «Namozga chiqa olasizmi?»—deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Abu Bakrga aytingiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko'ngli bo'sh odamdirlar, qiroat qilsalar, yig'idan to'xtay olmag'aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. Oisha onamiz yana boyagi so'zlarini takrorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin! Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar singaridirsiz»,— dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling